O’zbekiston respublikasi oliy va innovatsion ta’lim vazirligi


Xonlikning boshqaruv tizimi, mansab va unvonlari


Download 247.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana16.06.2023
Hajmi247.11 Kb.
#1513362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Xonlikning boshqaruv tizimi, mansab va unvonlari. O‘zbeklarning ming 
qabilasi (urug‘i) boshliqlaridan biri Shohruhbiy asos solgan Qo‘qon xonligidagi 
davlat boshqaruv tizimi o‘rta asrlarda Movarounnahrda hukm surgan musulmon 
davlatlari boshqaruv tizimidan farq qilmas edi. Xonlikda Buxoro amirligida bo‘lgani 
kabi Amir Temur davrida shakllangan hamda Shayboniylar davrida qisman islohot 
qilgan davlat boshqaruvi va tizimi mavjud bo‘lgan. Xonlikda eng oliy va markaziy 
unvon xon unvoni bo‘lib, uning hukumati cheklanmagan. Farmon berish va uning 
bajarilishini nazorat etish salohiyatlari xonning qo‘lida bo‘lgan.
11
Xonlikning ming qabilasidan bo‘lgan hokimlar turli yillarda Shahrisabz
Urgut, Mog‘iyon, Urmitan viloyatlari va bekliklarida ham hukm surganlar. Olimxon 
davrigacha (1798y.) ming urug‘i boshliqlari XIX asrning boshlarida biy unvoni bilan 
hokimiyatni boshqarganlar. Olimxon 1805 yilda o‘zini rasman xon deb e’lon qildi. 
Xon unvoni bilan hokimiyatni boshqargan Umarxon (1810-1822yy.) 1818 yilda 
o‘zini “amir ul-muslimin” deb e’lon qildi. 1822 yilda Muhammad Alixon ham xon 
unvoni bilan taxga o‘tirgan
12

Xon avlodlari xonzoda, amirzoda, mirzoda, shahzoda, to‘ra deb atalganlar. 
Xonlikdagi davlat nizomi mutlaq yakka hokimlik bo‘lib, xonning o‘zi 
cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lsa-da, ma’lum tarixiy davrlarda uning salohiyati 
va hokimiyati cheklanib, saroy amaldorlari hamda qo‘shin boshliqlarining xonga 
ta’siri kuchli bo‘lgan. Bunga Musulmonqulining mingboshi va otaliq bo‘lgan 
davrini (Xudoyorxon davrida, 1844-1852yy.) yoki Aliqulining amirlashkarlik va 
vazirlik davrini (Sulton Sayidxon, 1863-1865 yy.) misol qilib keltirish mumkin. Bu 
holat xonning siyosiy kuch qudrati ma’lum iqtisodiy asoslarga hamda ma’lum 
ijtimoiy guruhlar faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan deyishga asos bo‘ladi.Mamlakatda xon 
eng katta va yirik mulkdor bo‘lib, xonlik hududidagi barcha boyliklarga, yer, suv, 
qo‘riq yerlar, ko‘l-u anhorlarga egalik qilgan. Ulardan keladigan zakot, xiroj, 
tanobona va boshqa soliqlar shaklidagi daromadlar xon xazinasini muntazam 
11
Ahmedov B.R.O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari. Toshkent. 2001 yil. 
12
Bohodir Eshov, O‘zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi, Toshkent-2012 


ravishda to‘ldirib turgan. Xon va uning qarindoshlari, saroy ahli va ma’muriyat, 
qo‘shinlar va qo‘shin boshliqlari asosan soliqlar hisobidan rag‘batlantirilgan.
13
Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, xon saroyida mingboshi boshchilik qiladigan 
Kengash tuzilgan bo‘lib, bu kengash saroydagi davlat ahamiyatiga molik muhim 
ishlarni ko‘rib chiqqan. Dasturxonchi, risolachi va boshqa muhim amaldorlar a’zo 
bo‘lgan ushbu kengash davlat boshqaruvida muhim ahamiyatga ega edi. 
Qo‘qon xonligida unvonlar va mansablar ular ijrochilarining vazifalari hamda
martabalariga qarab harbiy, harbiy-ma’muriy, saroy unvon va mansablari hamda 
ma’muriy vazifalari, diniy mansab va unvonlar hamda diniy qozixona amallariga 
bo‘linar edi .Xon saroyida quyidagi harbiy mansab va unvonlar joriy etilgan: 
Amir ul-umaro – amirlar amiri. Xon tomonidan keng vakolatlar berilgan 
(davlatdagi muhim ishlar, amaldorlarni amalga qo‘yish va olish, davlatdagi ichki 
tartibni saqlash, saroydagi tartib – intizom kabilar) shaxs bo‘lib, xondan keyingi eng 
yuqori mansab hisoblangan; 

Download 247.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling