O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’ rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt farmatsеvtika instituti farmatsеvtik kimyo kafеdrasi


Download 72.48 Kb.
Pdf просмотр
bet1/13
Sana13.10.2018
Hajmi72.48 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

 

O’ZBЕKISTON  RЕSPUBLIKASI 
OLIY VA O’ RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI 
 
TOSHKЕNT FARMATSЕVTIKA INSTITUTI 
 
FARMATSЕVTIK KIMYO KAFЕDRASI 
 
 
 
 
    STANDARTLASH VA   
SЕRITIFIKATLASH  
 
 
O’ Q U V –U S L U B I Y    M A J M U A 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkеnt -2016 

Pharmaceutical chemistry chair 
Standartlash va sertifikatlashtirish 

Mazkur o’quv-uslubiy majmua Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining 
2016 yil 6 aprеlidagi 137-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan o’quv rеja va 
dastur asosida tayyorlandi. 
 
 
 
 
 
 
Tuzuvchilar: D.T.Gaibnazarova- farmatsevtik kimyo kafedra dotsenti 
                       M.O.Mirdavidova- farmatsevtik kimyo kafedra assistenti      
                       N.T.Zaripova- farmatsevtik kimyo kafedra assistenti     
 
 
 
 
 
 
Taqrizchi: Toksikologik , biologik va organik kimyo   kafеdrasi           f.f.n. 
Z.O.Usmonalievna 
 
Fanning  o’quv  uslubiy  majmua  farmatsiya  soha  uslubiy  kengashida  muhokama 
etilgan  va  foydalanishga  tavsiya  qilingan    (2016  yil    15    iyundagi  11  -sonli 
bayonnoma).  
Farmatsiya  soha  uslubiy  kengashining  raisi:f.f.d.,  prof.    _______  Tojiyev 
M.A. 
 
 
 
O’quv  -uslubiy  majmua    Toshkеnt  farmatsеvtika  institutining  Ilmiy-usulik  
kеngashining 2016  yil __________dagi ___-sonli Qarori bilan tasdiqqa  tavsiya 
qilingan. 
 
 

Pharmaceutical chemistry chair 
Standartlash va sertifikatlashtirish 

 
MUNDARIJA 
Kirish 
I.
 
Sillabus_______________________________________________6 
II.
 
Ishchi dastur___________________________________________7 
III.
 
Fanni 
o’itishda 
foydalaniladigan 
intrеfaol 
ta'lim 
mеtodlari_______________________________________________28 
IV.
 
Nazariy matеriallar______________________________________29 
Mavzu1
: O’zbekiston Respublikasida dori vositalarining sifatini nazorat qilish 
tizimi___________________________________________________31 
Mavzu 
2
:Standartlash 
bo’yicha 
jarayonlarni 
normativ-huquqiy 
tamoyillari_______________________________________________42 
Mavzu 3
:Standart namunalar va ularning dori vositalarini sifatini baholashda 
qo’llanilishi______________________________________________46 
Mavzu 4
:Dori vositalarini qalbakilashtirish_____________________48 
Mavzu  5
:Dori  vositalarini  standartlash  va  sifat  nazoratini  boshqarish 
tizimining huquqiy asoslari__________________________________50 
Mavzu  6
:Dori  vositalarining  sifatini  nazorat  qilish  va  standartlashda 
metrologiyaning roli_______________________________________52 
Mavzu  7
:Dori  vositalarining  tahlilida  uchraydigan  xatoliklar  va  ularning 
xususiyatlari______________________________________________55 
Mavzu  8
:Dori  vositalari  va  dori  shakllari  sifatini  baholashning  umumiy 
metodikalari_______________________________________________58 
Mavzu 9
:Dori vositalarini standartlashning amaliy tamoyillari (in’ektsiya dori 
turlari misolida)____________________________________________59 
Mavzu 
10
:Biofarmatsiya 
va 
farmakokinetikada 
farmatsevtik 
tahlil_____________________________________________________61 
Mavzu  11
:Standart  operatsion  jarayonlar  (SOJ)  ning  dori  vositalarini  
standartlashdagi ahamiyati____________________________________63 
Mavzu  12
:Standart  operatsion  tizimlarning  sifat  kursatkichlarini  aniklashda 
qo’llanilishi_______________________________________________64 
Mavzu 
13
:O’zbekiston 
Respublikasida 
sertifikatlashtirish 
tizimi____________________________________________________67 

Pharmaceutical chemistry chair 
Standartlash va sertifikatlashtirish 

Mavzu 
14
:Dori 
vositalarini 
sertifikatlashtirishning 
amaliy 
tamoyillari________________________________________________71 
Mavzu 
15
:Nazorat 
tahlil 
laboratoriyalari 
(markazlarining) 
attestatsiyasi_______________________________________________74 
Mavzu  16
:Nazorat  tahlil  laboratoriyalari  (markazlarining)  akkreditatsiyasi  
_________________________________________________________76 
V.
 
Amaliy mashqulot matеriallari …………………………………79 
VI.
 
Kеyslar banki……………………………………………………90 
VII.
 
Mustaqil ta'lim mavzulari…………….…………………………95 
VIII.
 
Glossariy……………………………………………………..…96 
IX.
 
Adabiyotlar  ro’yxati…………………………..………………100 
X.
 
Testlar……………………………………………………………….. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Pharmaceutical chemistry chair 
Standartlash va sertifikatlashtirish 

KIRISH 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  belgilab  bergan  vazifalari  asosida 
mazkur  soha  yuzasidan  xorijiy  oliy  o‘quv  yurtlarining  dasturlari  o‘rganildi  va 
tahlil  etildi.  Tahlil  natijalari  asosida  ishchi  dasturga  o‘zgartirishlar  kiritildi. 
Mazkur  o‘quv-uslubiy  majmuasi  OO‘MTV  ning  2013  yil  2  avgustdagi  278  – 
sonli “Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari-ning davlat ta’lim standartlari 
asosida  fanlar  bo‘yicha  o‘quv  dasturlarini  ishlab  chiqish  va  tatbiq  etish  tartibi” 
togrisidagi buyrug‘ida keltirilgan talablari va 2011 yilda tasdiqlangan namunaviy 
dastur  asosida  qayta  ishlab  chiqildi.  Shu  talablar  asosida  yangi  adabiyotlardan 
ma‘lumotlar  kiritildi  (Quality  assurance  of  pharmaceuticals  :  a  compendium  of 
guidelines  and  related  materials.Vol.  2,  Good  manufacturing  practices  and 
inspection. – 2nd ed. 2010 y.). 
Dori  vositalarini  nomenklaturasining  ortib  borishi,  dori  ishlab 
chiqaruvchi  korxonalar  sonining  ko’payishi,  ayni  bir  xil  dori  preparatining 
bir  necha  o’nlab  sotuv  nomlari  bilan  generik  xolatda  ishlab  chiqarilishi  va 
respublikamiz xududiga kiritilishi, shuningdek, dorivor o’simliklarga bo’lgan 
ehtiyoji tobora ortib borishi axolini sifatli ko’zlangan biologik samaraga ega 
bo’lgan  dori  vositalari  bilan  ta’minlashga  o’ta  extiyotkorlik  bilan 
yondoshishini  taqozo  etadi.  Buning  uchun  dori  vositalari  va  dorivor 
o’simliklar  xom  ashyosi  xavfsizligi  va  sifatini  oshirish  muammolarini 
echimini topish talab etiladi.  
Fanni  o’rganish  jarayonida  dori  moddalarining  kimyoviy  tuzilishi  va 
stereoximiyasini  o’rganishda  qo’llaniladigan  zamonaviy  fizikoviy  kimyoviy 
usullarga jumladan, potentsiometrik, amperiometrik, polyariometrik usullar, 
absorbtsion 
usullardan 
fotokolorimetrik 
spektrofotometrik, 
IK 
spektroskopik  radioto’lqini  chastotasida  olinadigan  spektrlardan  yadro 
magnit  rezonansi,  elektron  paramagnit  rezonansi,  YAMR- 
13
S,  shuningdek, 
termik taxlil usullariga keng o’rin berilgan. Dori vositalarining sifati ularning 
olinish  usullariga,  saqlanish  sharoitiga  va  fizikoviy-keimyoviy  xossalariga 
bog’liq  bo’lganligi  sababli  ularning  sifat  standartlari,  sifat  standartlarining 
ko’rsatkichlarini aniqlashda qo’llaniladigan fizikoviy kimyoviy usullar xaqida 
xam batafsil nazariy bilim va amaliy ko’nikmalar beriladi.  
Sertifikatlash  va  standartlash  fani  farmatsiya  fanlari  orasida  etakchi 
o’rinlardan birini egallab, uning predmeti-dori vositalarining sifatini nazorat 
qilib,  tibbiy  maqsadlarda  ishlatish  uchun  yarokliligini  belgilashning 
zamonaviy  usullari haqida  aniq  bilim  berish  va  ko’nikmalar  hosil  qilishdan 
iboratdir. 
                                             
 
 

Pharmaceutical chemistry chair 
Standartlash va sertifikatlashtirish 

I. SILLABUS 
Fanning  qisqacha tavsifi 
OTMning nomi va 
joylashgan 
manzili: 
Toshkеnt Farmatsеvtika 
Instituti 
Oybеk  k o’chasi, 45 
Kafеdra: 
Farmatsеvtik kimyo 
Farmatsiya fakultеti 
tarkibida 
Ta'lim sohasi va 
yo’nalishi: 
5720500– 
“Farmatsiya”  
Farmatsiya (Sifat, Sеrtifikatsiya Va 
Standartizatsiya) 
Fanni (kursni) 
olib boradigan 
o’qituvchi t o’q 
risida ma'lumot:  
f.f.n., dotsеnt 
Gaibnazarova 
Dilfuza 
Toxirovna 
 
е-mail: 
 
avn1960@mail.ru 
 
Dars vaqti va joyi:  1-bino 59,64 
auditoriya 
Kursning 
davomiyligi 
3.09.2014-
20.01.2015 
Individual grafik 
asosida ishlash 
vaqti:  
 
Dushanba-shanba kunlari 9:00 dan 15:00 gacha 
Fanga ajratilgan  
soatlar 
Auditoriya soatlari 
Mustaqil 
ta'lim: 
70 
Ma'ruza  34  Laboratoriy
a mashuloti 
6

 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 

Pharmaceutical chemistry chair 
Standartlash va sertifikatlashtirish 

II. ISHCHI DASTUR
 
Kirish 
O’zbekiston  Respublikasining  «Ta'lim  to’g’risida»gi  qonuni  va  «Kadrlar 
tayyorlash  milliy  dasturi»ga  muvofiq  yuqori  darajada  ma'naviy  va  ahloqiy 
sifatlarga  ega  bo’lgan  malakali  kadrlarni  tayyorlash  uchun  zamon  talablariga 
javob  beradigan,  ilmiy  asoslangan,  xalq  manfaatlariga  javob  beruvchi  dasturni 
ishlab chiqishni taqozo etmoqda. 
Standartlash  va  sertifikatlash  fani  farmatsiya  fanlari  orasida  zamonaviy, 
yangi  fanlardan  biri  bo’lib,  nafaqat  dori  vositalarini  sifatini  nazorat  qilishning 
xalqaro, zamonaviy usullarini, balki dori vositalari ishlab chiqarish bilan bog’liq 
bo’lgan barcha aspektlarini tashkillashtirish va nazorat qilish  kabi muammolarni 
o’z ichiga oladi.  
Mazkur  ishchi  o‘quv  dasturi  OO‘MTV  ning  2013  yil  2  avgustdagi  278  – 
sonli “Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining davlat ta’lim standartlari 
asosida  fanlar  bo‘yicha  o‘quv  dasturlarini  ishlab  chiqish  va  tatbiq  etish  tartibi” 
togrisidagi buyrug‘ida keltirilgan talablari va 2011 yilda tasdiqlangan namunaviy 
dastur    hamda  xorijiy  adabiyotlar  asosida  qayta  ishlab  chiqildi.  Jumladan,  Dori 
vositalari sifat standartlari tuzish talablari ( MН : FM, VFM, KFM), Standartlash 
bo’yicha  jarayonlarni  normativ-huquqiy  tamoyillari,  Standart  namunalar  va 
ularning  dori  vositalarini  sifatini  baholashda  qo’llanilishi    (Undergraduate 
Instrumental Analysis, Seventh Edition, James W. Robinson, 2014).  
Fanning maqsad va vazifalari  
Ushbu  modеrnizatsiya  qilingan  fan  dasturi  Oliy  va  O’rta  Maxsus  ta’lim 
Vazirligining  2008  yil  30  maydagi  “Fan  dasturlarini  modеrnizatsiya  qilishni 
tashkil  etish  to’grisida”gi  160-sonli  buyrugida  bеlgilangan  vazifalarni  amalga 
oshirish  maqsadida,  “Fanlarning  o’quv  dasturlarini  modеrnizatsiya  qilish 
bo’yicha  yuriqnoma”  va  “Fanlar  bo’yicha  o’quv  dasturlarini  yaratish 
tartibi”asosida ishlab chiqilgan.Dasturda farmatsiya yonalishi talabalarining dori 
vositalarini standarlash va sertifikatsiyalash soxasida ishlab chiqiladigan mе'yoriy 
xujjatlar,  ularni  tuzish,  qayd  qilish  xamda  O’zbеkiston  Rеspublikasining  kirib 
kеlayotgan  va  ishlab  chiqariladigan  dori  vositalariga  va  tibbiyot  tеxnika 
vositalariga  sеrtifikatsiyalash  tizimi  va  aniq  maqsadga  yo’naltirilgan 
muammolarni  hal  etish  masalalariga  e'tibor  qaratilgan.  Ushbu  dastur  ana  shu 
fanning nazariy va amaliy tamoillarini qamrab olgan. Fanni o’qitishdan maqsad – 
mutaxassislarni  dori  vositalarini  standarlash  va  sertifikatsiyalash    soxasidagi 
ilmiy    tadqiqot  usullari,  ularning  nazariy  asoslari,  ma'lum  maqsadga 
yo’naltirilgan  tadqiqot  usulini  tanlay  bilish    va  muammo  еchimini  izlashda 
foydalanish  uchun  bilim,  ko’nikma  va  malakalarni  shakillantirishdir.  Dori 
vositalarini standarlash va sertifikatsiyalash  farmatsеvtika korxonalarida  faoliyat 
yurituvchi  farmatsеvt-tahlilchilarning  еtarli  bilim,  ko’nikma  va  malakaga  ega 
bo’lishlarini,  hamda  dori  vositasi  sifatini  nazorat  qila  olishlarini  taqazo  etadi.   
Fanni  o’qitish  xorijiy  rivojlangan  davlatlarning  oxirgi  yangiliklariga  asoslangan 
xolda, zamon talablaridan kеlib chiqib xolda yondashildi.   

Pharmaceutical chemistry chair 
Standartlash va sertifikatlashtirish 

Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar 
Talabalar  “Sifat,  sertifikatsiya  va  standartizatsiya”  fanini  о’rganish  jarayonida 
quyidagilarni bajara olishi lozim: 
 
-
 
standartlash va sertifikatlashtirish maqsadlari;     
-
 
standartlash va sertifikatlashtirish jarayonini tashkil etish; 
-
 
standart namunalar  sifatiga qo’yilgan talablar; 
-
 
O’zbekiston  Respublikasida  ishlab  chiqarilgan  va  kirib  kelayotgan  dori 
vositalarini sertifikatlashtirishning Milliy tizimi; 
-
 
sertifikatlashtirish uchun dori vositalaridan namunalar olish; 
-
 
bir  turdagi  mahsulotlarni  sertifikatlashtirishning  akkreditatsiya-lash 
tashkilotlari;  
-
 
tayyor dori vositalarni standartlash talablari; 
-
 
yangi ishlab chiqarilgan dori vositalarini standartlash; 
-
 
dorixonada ishlab chiqilgan dori vositalarni standartlash; 
-
 
majburiy  va  o’z  xoxishiga  binoan  o’tkaziladigan  sertifikatlashtirish 
tadbirlarini; 
-
 
majburiy  sertifikatlashtirishdan  o’tadigan  farmatsevtik  mahsulot-larni 
ishlab chiqaruvchi korxonalarning majburiyatlari;  
-
 
import  va  eksport  uchun  mo’ljallangan  farmatsevtik  mahsulotlarning 
majburiy  sertifikatlashtirish talablari; 
-
 
majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya qilishni davlat nazorati;  
-
 
 sertifikatlarni rasmiylashtirishni  
O’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi 
““Sifat,  sertifikatsiya  va  standartizatsiya”  fani  ixtisoslik  fani  hisoblanib,  9- 
semestrda  o’qitiladi.  Dasturni  amalga  oshirish  o’quv  rejasida  rejalashtirilgan 
matematik,  tabiiy,  kimyoviy  va  tibbiy  (oliy  matematika,  fizika,  mikrobiologiya, 
gigiyena, farmakognoziya, farmatsevtik kimyo, dori turlari texnologiyasi, tayyor 
dori  turlari  texnologiyasi,  farmatsevtika  ishini  tashkil  qilish,  farmatsevtikada 
dolzarb  muammolar,  yig’indi  preparatlar  texnologiyasi,  toksikologik  kimyo, 
farmatsiya  iqtisodiyoti  va  x.k.)  fanlaridan  yetarli  bilim  va  ko’nikmalarga  ega 
bo’lishligi talab etiladi.  
 
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogiк texnologiyalar 
 
Mazkur fanni o’qitish jarayonida ta'limning zamonaviy usullari pеdagogik va 
axborot-kommunikatsiya  tеxnologiyalari  qo’llanilib, dеyarli  barcha  ma'ruzalarda 
zamonaviy  kompyutеr  tеxnologiyalari  yordamida  prеzеntatsion  va  elеktron-
didaktik  tеxnologiyalaridan,  laboratoriya  darslarida  esa  aqliy  xujum,  guruhli 
fikrlash,  kichik  guruhlar    musobaqalari,  klastеr,  davra  suxbati  kabi  pеdagogik 
tеxnologiyalarni qo’llash nazarida tutiladi.  
Shaxsga  yo’naltirilgan  ta’lim.  Bu  ta’lim  o’z  mohiyatiga  ko’ra  ta’lim 
jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu 
esa  ta’limni  loyihalashtirilayotganda,  albatta,  ma’lum  bir  ta’lim  oluvchining 

Pharmaceutical chemistry chair 
Standartlash va sertifikatlashtirish 

shaxsini  emas,  avvalo,  kelgusidagi  mutaxassislik  faoliyati  bilan  bog’liq  o’qish 
maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.  
Tizimli  yondoshuv.  Ta’lim  texnologiyasi  tizimning  barcha  belgilarini  o’zida 
mujassam  etmog’i  lozim:  jarayonning  mantiqiyligi,  uning  barcha  bo’g’inlarini 
o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi. 
Faoliyatga  yo’naltirilgan  yondoshuv.  Shaxsning  jarayonli  sifatlarini 
shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, 
o’quv  jarayonida  uning  barcha  qobiliyati  va  imkoniyatlari,  tashabbuskorligini 
ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.  
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini 
bildiradi.  Uning  natijasida  shaxsning  o’z-o’zini  faollashtirishi  va  o’z-o’zini 
ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.  
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish.  Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va 
ta’lim  oluvchi  faoliyat  mazmunini  shakllantirishda  va  erishilgan  natijalarni 
baholashda  birgalikda  ishlashni  joriy  etishga  e’tiborni  qaratish  zarurligini 
bildiradi.  
Muammoli  ta’lim.  Ta’lim  mazmunini  muammoli  tarzda  taqdim  qilish  orqali 
ta’lim  oluvchi  faoliyatini  aktivlashtirish  usullaridan  biri.  Bunda  ilmiy  bilimni 
ob’ektiv  qarama-qarshiligi  va  uni  hal  etish  usullarini,      dialektik  mushohadani 
shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni 
mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi. 
Axborotni  taqdim  qilishning  zamonaviy  vositalari  va  usullarini  qo’llash  - 
yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash. 
O’qitishning  usullari  va  texnikasi.  Ma’ruza  (kirish,  mavzuga  oid,  vizuallash), 
muammoli  ta’lim,  keys-stadi,  pinbord,  paradoks  va  loyihalash  usullari,  amaliy 
ishlar.  
O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro 
o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.  
O’qitish  vositalari:  o’qitishning  an’anaviy  shakllari  (darslik,  ma’ruza  matni) 
bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari. 
Kommunikatsiya  usullari:  tinglovchilar  bilan  operativ  teskari  aloqaga 
asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar. 
Teskari  aloqa  usullari  va  vositalari:  kuzatish,  blits-so’rov,  oraliq  va  joriy  va 
yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.  
Boshqarish  usullari  va  vositalari:  o’quv  mashg’uloti  bosqichlarini  belgilab 
beruvchi  texnologik  karta  ko’rinishidagi  o’quv  mashg’ulotlarini  rejalashtirish, 
qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, 
nafaqat  auditoriya  mashg’ulotlari,  balki  auditoriyadan  tashqari  mustaqil 
ishlarning nazorati.  
Monitoring  va  baholash:  o’quv  mashg’ulotida  ham  butun  kurs  davomida  ham 
o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari 
yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.  
Fanni  o’qitish  jarayonida  kompyuter  texnologiyasidan,  elektron  jadvallar 
dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo’yicha talabalar bilimini baholash 
test  asosida  va  kompyuter  yordamida  bajariladi.  “Internet”  tarmog’idagi  rasmiy 

Pharmaceutical chemistry chair 
Standartlash va sertifikatlashtirish 
10 
ma’lumotlardan  foydalaniladi,  tarqatma  materiallardan  tayyorlanadi,  test  tizimi 
hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi. 
 
«Sifat,  sertifikatsiya  va  standartizatsiya  »  fanidan  mashqulotlarning 
mavzular va soatlar boyicha taqsimlanishi: 
т /р  Mavzular nomi 
Jami soat 
Ma'ruza 
Amaliy 
mashqulot 
Mustaqil 
ta'lim  
 

O’zbekiston 
Respublikasida 
dori 
vositalarining 
sifatini 
nazorat qilish tizimi 
10 




Standartlash  bo’yicha 
jarayonlarni 
normativ-
huquqiy tamoyillari 
10 




Standart  namunalar  va 
ularning  dori  vositalarini 
sifatini 
baholashda 
qo’llanilishi 
10 




Dori 
vositalarini 
qalbakilashtirish 
10 




Dori 
vositalarini 
standartlash 
va 
sifat 
nazoratini 
boshqarish 
tizimining huquqiy asoslari 
10 




Dori 
vositalarining 
sifatini  nazorat  qilish  va 
standartlashda 
metrologiyaning roli 
10 




Dori 
vositalarining 
tahlilida 
uchraydigan 
xatoliklar 
va 
ularning 
xususiyatlari 
10 




Dori  vositalari  va  dori 
shakllari 
sifatini 
baholashning 
umumiy 
metodikalari 
10 




Dori 
vositalarini 
standartlashning 
amaliy 
tamoyillari  (in’ektsiya  dori 
turlari misolida) 
10 



10 
Biofarmatsiya 
va 
farmakokinetikada 
farmatsevtik tahlil 
10 



11 
Standart 
operatsion 
10 




Pharmaceutical chemistry chair 
Standartlash va sertifikatlashtirish 
11 
jarayonlar  (SOJ)  ning  dori 
vositalarini  
standartlashdagi ahamiyati 
12 
Standart 
operatsion 
tizimlarning 
sifat 
kursatkichlarini  aniklashda 
qo’llanilishi 
10 



13 
O’zbekiston 
Respublikasida 
sertifikatlashtirish tizimi 
10 



14 
Dori 
vositalarini 
sertifikatlashtirishning 
amaliy tamoyillari 
10 



15 
Nazorat 
tahlil 
laboratoriyalari 
(markazlarining) 
attestatsiyasi 
10 



16 
Nazorat 
tahlil 
laboratoriyalari 
(markazlarining) 
akkreditatsiyasi   
11 



 
Jami: 
161 
32 
64 
65 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling