O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Download 0.82 Mb.
bet49/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Tayanch so’z va iboralar.
Qorin tifi, ichburug, virusli gepatit, etiologiya, epidemiologiya, klinik manzarasi, profilaktikasi, davrlar yashirin,boshlang’ich, avj olish, yengil, o'rta og'ir, og’ir formalar, mikrob, sporalar, ifloslangan oziq -ovqat, sabzavot mevalari,suv orqali yuqishi ,bakteriya tashuvchilik kasallikning surunkali kechishi,emlash qoidalari.
Savollar.
1.Ichburug’ kasalligi deb nimaga aytiladi?
2.Ichak yuqumli kasalliklari deb nimaga aytiladi?
3.Qorin tifi qanday kasallik ?
4.Bakteriya tashuvchilik deb nimaga aytiladi?
5.Virusli gepatitning qanday turlari bor?
6.Ichak yuqumli kasallklarini qanday oldi olinadi?


Mavzu: Bolalar infeksiasi
Reja:
1. Difteriya (bo’g'ma), etiologiyasi,epidemiologiyasi, klinik manzarasi, bemorlarni parvarish qilish,
profilaktikasi.
2. Ko’kyo’tal, etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinik manzarasi, profilaktikasi.
3. Qizamiq, suvchechak,etiologiyasi, epidemiologiyasi, bemorlarni parvarish qilish, profilaktikasi.
4. Epidemik parotit (tepki), etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinik manzarasi, davolash, profilaktikasi.
5.Poliomielit (shol), etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinik manzarasi, profilaktikasi.
Difteriya (bo’g'ma).
Difteriya (bo’g’ma) o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, kasallik qo’zgatuvchisi kirgan sohada fibrinoz yallig’lanishining kelib chiqishi va organizmning umumiy intoksikasivasi bilan xarakterlanadi.Bo’g’ma kasalligi o’tmishda juda og'ir kechgan va ko'pgina asoratlarga olib kelgan va organizmning umumiy zaharlanishi tufayli fojiali tugagan. Mamlakatimizda kasallikka qarshi faol emlash joriy qo'lingandan keyin, so’nggi yillar ichida bo’g'ma kasalligi deyarli yakka-yakka uchraydigan bo'lib qoldi.
Etiologiyasi. Kasallikning qo’zgatuvchisi bo’g’ma tayoqchasi bo'lib, fakultativ anaerob mikroblar guruhiga kiradi, uni 1881-1883 yillarda Klebs va Lyoffler aniqlashgan. Bo’g'ma tayoqchasining asosiy xususiyati uni ekzotoksin ishlab chiqarish bo'lib, bu xususivatiga qarab toksigen va toksigen bo’lmagan guruhlarga bo'linadi Difteriya tayoqchasi past haroratga chidamli 120 C da 7 kun davomida tirik saqlanadi, ammo yuqori haroratqa 30 C ichida halok bo'ladi. Bo’g’ma tayoqchasi bemorning ro’zgor buyumlarida, o’yinchoqlarida uzoq vaqt saqlanishi mumkin. lekin zararsizlantiruvchi moddalar ta'sirida tezda halok bo'ladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling