O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta – maxsus ta’lim vazirligi
Download 105.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq6 Kompyuter haqid
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: Kompyuter haqida umumiy ma’lumot. Kompyuterlarni sinflash.
- Dasturlash “ kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanmasi
- Kompyuterlarni sinflash.
- Shaxsiy kompyuterlar ( PC – Personal Computer ) Bloknot ( noutbook ) kompyuterlar Super kompyuterlar
- Katta kompyuterlar
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta – maxsus ta’lim vazirligi. Chirchiq Sanoat kasb – hunar kolleji. Fan: Informatika. Mavzu: Kompyuter haqida umumiy ma’lumot. Bajardi:_______________. Tekshirdi:_____________. Chirchiq – 2008 Reja: Kompyuter haqida umumiy ma’lumot. Kompyuterlarni sinflash. Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi. Texnika xavfsizligi. Foydalanilgan adabiyotlar: “Dasturlash “ kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanmasi Mualliflar: P. Karimov, S. Irisqulov, A. Isaboyev. Kompyuter haqida umumiy ma’lumot. Kompyuter – inglizcha so’z bo’lib, u hisoblovchi demakdir. U hozirda faqat hisoblovchi bo’lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi.Shunga qaramasdan, hozirda uning eski nomi – kompyuter saqlanib qolgan.Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avvalo shuni aytish lozimki, ko’pchilikning tushunchasida go’yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor xolos. Kompyuterlarni sinflash. Kompyuterlarni xotirasining hajmi, 1 sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad to’rida tasvirlashishiga qarab 5 guruhga bo’lish mumkin : Super kompyuterlar ( Super Computer ) Katta kompyuterlar ( Manframe Computer) Mini kompyuterlar ( Minicomputer ) Shaxsiy kompyuterlar ( PC – Personal Computer ) Bloknot ( noutbook ) kompyuterlar Super kompyuterlar ( TOP 500 kompyuterlar ) – juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo’ljallangan .
Katta kompyuterlar – fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechish uchun mo’ljallangan.Bularga misol sifatida AQSh ning CRAY,IBM390,4300,IBM ES/9000,Fransiyaning Borrous 6000,Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterlarini va boshqalarni misol qilish mumkin. Minikompyuterlar hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan katta kompyuterlardan kamida 1 pog’ona pastdir.Bunday kompyuter turkumiga PDP – 11 ,VAX,SUN,IBM 4381,Hewlett Packard firmasining kompyuterlarini kiritish mumkin. Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar,muassasalar,oliy o’quv yurtlarida keng tarqalgan.( IBM – PC,Pentium – 1,2,3,4 ). Bugungi kunda P – 4 keng qo’llanilmoqda. Noutbook kompyuterlari hajmi ancha ixcham bo’lib,ammo bajaradigan amallar soni,xotira hajmi Shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko’tarilib bormoqda.Bunga IBM,Compaq,Acer,Toshiba va boshqa firmalarini misol qilish mumkin. Download 105.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling