O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim
Download 242.69 Kb.
|
Нинг ўзгаришига олиб келади , ћаво оќими йўналишининг таъсири х-hozir.org
2.7. Tom yopmalari
2.7.1. Tom yopmalari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar Binoning tepa qismini yopib turuvchi konstruktiv elementlar tom yopmasi deb ataladi. Tom yopmasi chordoqli, chordoqsiz, katta proletli tekis va fazoviy (katta oraliqqa ega bo‘lgan) turlarga bo‘linadi. Tomlar binolarni atmosfera yog‘ingarchiliklaridan saqlashdan tashqari qishda xona ichida temperaturani bir me’yorda saqlab turish, yozda esa uni quyosh ta’sirida qizib ketishdan saqlash vazifasini ham bajaradi. Tomlar yopib turuvchi (o‘rovchi) qismdan va ulardan tushadigan yuklarni (doimiy va muvaqqat) ko‘tarib turuvchi konstruksiyalardan iborat bo‘ladi. Tomlar quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak. Ular o‘ziga tushadigan doimiy (xususiy og‘irligi) va muvaqqat yuklarni (qor, shamol va ishlatilish davrida tushadigan boshqa yuklar) ko‘tarib tura oladigan bo‘lishi lozim. Tomni yopib turuvchi qismi o‘zidan suv o‘tkazmaydigan, namlik, havodagi agressiv ximiyaviy moddalar ta’siriga, quyosh radiatsiyasi, sovuqqa, quyosh qizdirishiga chidamli, qurib qolmaydigan va erib ketmaydigan bo‘lishi kerak. Tomlarga qo‘yiladigan aossiy talablardan yana biri ularni o‘rnatishda va ishlatish jarayonida kam mablag‘ sarflanadigan bo‘lishidir. Shu bilan birga tomlarni qurishda mehnat sarfini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish va qurilish-montaj ishlari sifatini yaxshilashga olib keluvchi industrial usullarni qo‘llashga imkon berishi kerak. Qor va yomg‘ir suvlarining oqib ketishini ta’minlash uchun tomlar nishobli qilib o‘rnatiladi. Tom nishobi, yopma materialiga hamda bino qurilatyogan rayonning iqlim sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Qor qalin yog‘adigan rayonlarda nishob kattaligi, va tom yopma materiali qor qatlami qalinligi va uni tushirib yuborish usuliga, yomg‘ir yog‘ishi kuchli bo‘lgan rayonlarda tomdan suvning tez oqib ketishini ta’minlashga, janubiy rayonlarda esa tom yopma materiali quyosh radiatsiyasi ta’siriga qarab tanalanadi. Download 242.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling