O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi buхоrо dаvlаt univеrsitеti


Yirik-maydaligiga yoki 1 grammdagi soniga ko‘ra


Download 1.11 Mb.
bet4/39
Sana31.01.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1142122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
AmalMAshg\'TArqatma

Yirik-maydaligiga yoki 1 grammdagi soniga ko‘ra: juda yirik – 1-10 dona (dukkaklar, loviya, ko‘k no‘xat, qovoq, makkajo‘xori, tarvuzda); yirik – 10-100 dona (artishok, tarvuz (ba’zi navlarida), qovun, bodring, osh lavlagi, sparja (sarsabil), rovoch, ismaloq, rediska, turp); o‘rta 150-350 dona (qalampir, karam, piyoz, pomidor, baqlajon, pasternak, bryukva, sholg‘om); mayda – 600-900 dona (sabzi, petrushka, ukrop (shivit), sachratqi); juda mayda 1000-2000 dona (shovul, selderey, kartoshka, salat);
hajmiga ko‘ra: juda mayda – 2 mm gacha; mayda – 2-3 mm gacha; o‘rta – 3-5 mm; yirik – 5-8 mm; juda yirik – 8 mm dan katta;
Ko‘rinishi: yassi (tomatdoshlar va qovoqdoshlar); yarim yumaloq (piyoz, sparja); noto‘g‘ri shaklda (osh lavlagi); sharsimon (no‘xat, shirin jo‘xori, bryukva, turp); sharsimon-burchakli (ismaloq, rediska, sholg‘om, ko‘k no‘xat); yassi-qavariq (sabzi, petrushka, selderey); yassi-botiq (pasternak, ukrop); uchi qirrali yassi (salat);
Shakli: uchburchak-buyraksimon (pomidor); yumaloq-uchburchaksimon (qalampir); buyraksimon chuqurchali (baqlajon); yumaloq (ko‘k no‘xot); yumaloq- oval (petrushka, pastrenak, ukrop, karam, bryukva, turp, sholg‘om, rediska); oval- yumaloq (loviya, qovoq); oval-tuxumsimon (sabzi, selderey); uzunchoq-ellipssimon (bodring); yumaloq-ellipssimon (tarvuz); uchli-ellipssimon (qovun); cho‘ziq (salat); burchakli (piyoz, lavlagi, no‘xat, shovul, rovoch, ismaloq) va hokazo;
Yuzasi: tukli (pomidor); uyachali (qalampir, baqlajon, karam, sholg‘om, rediska, turp, bryukva); burishgan (tarvuz, ko‘k no‘xat, rovoch); botiq (lavlagi, piyoz, sparja); qirrali (salat, sabzi, petrushka, pasternak, ukrop, selderey); notekis (ismaloq, dukkaklar); silliq (bodring, qovun, qovoq, tarvuz, dukkaklar, ko‘k no‘xat); silliq yaltiroq (shovul) va hokazo;
Rangi: kul rang (pomidor, lavlagi, ismaloq, sabzi, petrushka, ukrop, salat); qizg‘ish-qo‘ng‘ir (karam, turp); jigar rang (salat, rovoch, shovul, pasternak, ukrop, selderey, baqlajon); tim qora (piyoz, sparja); oq (bodring, qovoq, qovun); sarg‘ish (qovun); kul rang-sariq (sholg‘om, rediska) va hokazo.
Sabzavot ekinlarining urug‘i hidiga ko‘ra ham farq qiladi. Qalampir, ukrop, petrushka, selderey va sabzi urug‘i o‘ziga xos hidlidir.

Sabzavot ekinlarining urug‘i hidiga ko‘ra ham farq qiladi. Qalampir, ukrop, petrushka, selderey va sabzi urug‘i o‘ziga xos hidlidir.



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling