O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta mahsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakul’teti
Download 41.49 Kb.
|
агробанк хисобот
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAHSUS TA`LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA TURIZM FAKUL’TETI “IQTISODIYOT” KAFEDRASI ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTNING HISOBOTBajaruvchi – “ Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)” yo`nalishi, 2- kurs, 3-1 IQT 18 guruh talabasi Erkinov Muhriddin Navro’z o’g’li (F.I.SH.) Tekshiruvchi – Amaliyot rahbari _____________________ (LAVOZIMI, F.I.SH,) Mundarija: KIRISH………………………………………………..…3 I.Bob. ATB “Agrobank”ning tashkil etilishi va funksiyalari………………………………………………4 1.1 Bank nomi va uning tashkil etilish tarixi……………………………………………………...4 1.2 ATB “Agrobank”ning xizmat turlari va tashkiliy tuzilmasi……………………………………………..…...9 1.3 Bankda hisobvaraq ochish va bankning hisobvaraqlar rejasi haqida……………………………………………………13 II.Bob. ATB “Agrobank”ning moliyaviy ko’rsatkichlari va ularning iqtisodiy tahlili 2.1 ATB “Agrobank”ning qimmatli qog’ozlar tahlili …………………………………………………………..16 2.2 ATB “Agrobank”ning daromad va xarajatlari tarkibi hamda ularning dinamikasi……………………………………..17 2.3 ATB “Agrobank”ning kapital samaradorlik tahlili………………………………………………….....25 Xulosa…………………………………………………...29 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……………………31 Kirish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2019-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhi ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzalarida ta’kidlaganliklaridek: “Kreditlar ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlish faoliyatini qo’llab-quvvatlashda zarur manba hisoblanadi. Bo’sh mablag’larni jalb qilib, ularni kredit sifatida tadbirkor va investorlarga taqdim etiladigan tijorat banklarining iqtisodiy jarayonlardagi roli juda kata. Shu borada ko’rilgan tizimli choralar natijasida oxirgi ikki yilda banklar tomonidan investitsiya loyihalarini kreditlash ko’lami sezilarli darajada kengayib , kredit portfeli hajmi 3,2 barobarga oshdi. Hududlarni rivojlantirish dasturi doirasida 6400 (olti ming to’rt yuz)ta loyiha uchun 27.000.000.000.000 (yigirma yetti trillion) so’m kredit ajratildi. Ayni kunda AT “Agrobank” ham xalqaro moliya institutlari va yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari , investitsiyalari va grantlarini jalb etib , Respublikamiz iqtisodiyotida muhim rol o’ynamoqda. I.Bob. ATB “Agrobank”ning tashkil etilishi va funksiyalari Bank nomi va uning tashkil etilish tarixi 1988 yil - Bank 1988 yil 1 yanvarda O'zSSR Davlat banki asosida SSSR Agroprombankining bo'linmasi sifatida O'zSSR Agroprombank nomi bilan va respublikada 155 filiali bilan tashkil etilgan. 1990 yil - 18.07.1990 yildagi SSSR Vazirlar Maxkamasining №703 sonli qaroriga asosan Agroprombank SSSR tizimidan ajralib chiqqan xolda mustaqil yopiq aksionerlik jamiyati sifatida yangi O'zbek aksionerlik tijorat bank "Uzagroprombank" tashkil etish to'g'risidagi qaror qabul qilindi. 1993 yil - mamlakatning tarixida birinchi marta "Uzagroprombank" tomonidan Turkiya "Ziroat Banki" bilan birgalikda "UT Bank - O'zbekiston - Turkiya" qo'shma banki ta'sis etildi. 1994 yil - "Uzagroprombank" birinchi bo'lib nominal qiymati 1000 so'mlik bo'lgan 100 mln so'mlik aksiyalarni chiqardi. 1995 yil - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 27 iyuldagi №294-sonli qarori asosan yopiq aksiyadorlik tijorat banki "Uzagroprombank" asosida yangi ochiq aksiyonerlik tijorat banki "Agrobank" tashkil etildi. 1997 yil - "Paxta-Bank" SWIFT OATB jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyati a'zoligiga qabul qilindi. 1998 yil - OATB "Paxta Bank" Osiyo-Tinch okeani qishloq xo'jaligini kreditlash assotsiatsiyasining (APRAKA) a'zosi bo'ldi. 1999 yil - OATB "Paxta Bank" qishloq xo'jaligini kreditlash Xalqaro Kenfederatsiyasi (KIKA) ning teng huquqli a'zosiga aylandi . 2000 yil - Evropa tiklanish va taraqqiyot banki keridt linyasini jalb etish bo'yicha bitm imzoladi. 2001 yil - "Paxta Bank"ning birinchi plastik kartochkasi joriy qilindi. 2001 yil - Eksimbank va Xitoy Xalq respublikasining kredit liniyasi ochildi. 2003,2004,2007,2008,2009 - Britaniyaning "FT Business Financial Times" gazetas va "The Banker" jurnali fikriga binoan bank O'zbekiston respublikasida "Yil banki" sifatida tan olindi. 2007 yil - "Paxta Bank" O'zbekiston Respublikasidagi tijorat banklar ichida birinchi bo'lib Fitch Ratings xalqaro reyting kompaniyasining to'liq xalqaro reytingini olishga muvaffaq bo'ldi. 2008 yil - Axolining omonatlarini jalb qilish bo'yicha banklararo tanlovda "Eng yaxshi emitent bank" nominatsiyasi bo'yicha Paxtabank 1 - o'rin soxibi bo'ldi hamda "Qishloq joylarida joylashgan axoli omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi bank filiali" nominatsiyasi bo'yicha "OATB Paxtabank"ning Chust filiali 1 - o'rin soxibiga aylandi hamda diplom va bosh sovrin "Damas" avtomabili bilan taqdirlandi. 2009 yil - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.03.2009 yildagi №101084-sonli qaroriga asosan OATB "Paxta-Bank" asosida ochiq aksiyadorlik tijorat banki "Agrobank" tashkil etildi. 2010 yil - Kichik biznesni qo'llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish uyushmasining 5 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochildi va loyihalarni moliyalashtirish boshlandi. 2013 yil - Turkiyaning "Ziroat" bankidan 5 million AQSh dollari miqdorida kredit linyalari jalb qilinishi bo'yicha shrtnoma imzolandi. 1.2 ATB “Agrobank”ning xizmat turlari va tashkiliy tuzilmasi Bankning yuksak vazifasi Bankning yuksak vazifasi - o'z mijozlariga ularning bizneslari talablariga javob beruvchi keng qamrovli bank xizmatlarini professional darajada taqdim etib, respublikada tadbirkorlikning mustahkamlanishiga ko'maklashish. Ushbu vazifani amalga oshirishda AT «Agrobank» doimiy ravishda o'zining korporativ qadriyatlariga asoslanib faoliyat yuritadi. Korporativ qadriyatlar: Kasbiy mahorat. AT «Agrobank» bilan ish olib borayotgan har qanday mijoz sifatli xizmat ko'rsatilishi hamda mahsulotlardan foydalanishda eng maqbul qaror va maslahatlar taqdim etilishiga amin bo'lishi mumkin. Ishonchlilik. AT «Agrobank» biznes sohasida yaxshi nom orttirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yib, mijozlar, hamkorlar va davlat organlari bilan halollik, o'zaro ishonch, ochiq siyosat va hamjihatlikka asoslangan o'zaro munosabatlarda ish etikasining yuksak me'yorlariga rioya qiladi. Ochiqlik. AT «Agrobank» faoliyati mijozlar, xodimlar, jamoatchilik va davlat bilan bo'ladigan ochiq va samimiy munosabatlarga asoslangan. Qonuniylik. AT «Agrobank» o'z faoliyatini qonuniy asoslarga tayanib olib borishi bilan birga, noo'rin tavakkalchilik va shubhali (g'ayriqonuniy) bitimlar tuzilishiga yo'l qo'ymaydi. Innovatsion g'oyalarni qo'llash. AT «Agrobank» doimo har bir mijozga jahon miqyosidagi bank ishi va innovatsion g'oyalarning eng zamonaviy yutuqlariga asoslangan bank mahsulotlari va xizmatlarining majmuasini taqdim qilishga intiladi. Xalqaro hamkorlik. AT «Agrobank» mamlakatimiz korxonalariga chet el investorlarini jalb qilish va xorijiy hamkorlarga O'zbekistonda o'zlarining biznes faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun zamonaviy g'oyalarni taklif etadi. Samaradorlik. Har bir operatsiyani amalga oshirishda AT «Agrobank» qisqa vaqt ichida mehnat va moliyaviy resurslardan eng maqbul ravishda foydalangan holda eng yuqori natijalarga erishishni ko'zda tutadi. Bank o'z biznesini quyidagi tamoyillarga tayangan holda amalga oshiradi: Shaffoflik. Bank doimo faoliyatida sodir bo'layotgan muhim voqealar to'g'risida ishonchli ma'lumotlarni taqdim etadi, chunki axborotlarning shaffofligi – mijozlar va hamkorlarning bankka bo'lgan yuqori darajadagi ishonchi uchun asos va poydevordir. O'zaro ishonch. Bank o'z mijozlarini biznesni rivojlantirishning asosi deb hisoblagan holda ularning bankka bo'lgan ishonchini qadrlaydi hamda munosabatlarni o'zaro manfaatli sharoitlarda mustahkamlaydi. Professionallik. Professionallar jamoasini shakllantirgan holda bank o'z hodimlarining malakasini muntazam oshirish uchun zaruriy sharoitlarni yaratadi,ularning ijtimoiy himoyasi hamda motivatsiyasi haqida qayg'uradi. Novatorlik. Bank mijozlarining talablariga to'liq javob berish uchun o'tgan davr tajribasi va bugungi kunning innovatsion echimlarini birlashtiradi. Bank haqida Hozirgi kunda bank: O’zbekiston Respublikasi banklar Assotsiatsiyasi a’zosi; O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasi qatnashchisi; Fuqarolarning banklardagi "Omonatlarini kafolatlash jamg’armasi" a'zosi; “Toshkent” Respublika fond birjasi qatnashchisi; O’zbekiston umumdavlat to’lov tizimining a’zosi; SWIFT xalqaro to’lov tizimi a’zosii; VISA xalqaro to'lov tizimi a'zosi; O'zbekiston linzing beruvchilar Assotsiatsiyasi a'zosi; sindikatli kreditlash tashabbus markazi hisoblanadi. Bank WESTERN UNION, UNISTREAM, ЗОЛОТАЯ КОРОНА, CONTACT, MONEY GRAM kabi xalqaro pul o’tkazmalari tizimlari bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o’rnatib kelmoqda. Vakillik munosabatlari: AJ Alfa-Bank AG Commerzbank (Germaniya); PAO "Sberbank" (Rossiya) YAJ Azia-Invest Bank (Rossiya); KB Kookmin Bank (Koreya Respublikasi); AJ TengriBank (loro hisobraqam, Qozog'iston Respublikasi); OAJ Dos-Kredobank (loro hisobraqam, Qirg'iziston Respublikasi). Bank auditori – PricewaterhouseCoopers (2008-2010 yy, 2012-1014 yy.) Bank aksiyadorlari sifatida quyidagi bir qator nufuzli kompaniyalar, tashkilotlar va qo’shma korxonalar o’rin olgan: O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi; “O’zbekiston Respublikasi Тiklanish va Тaraqqiyot Jamg’armasi; "O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi; Elektromagnit moslashuv markazi; Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti; “Alskom” sug’urta kompaniyasi; O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi; Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi; "DD GENERAL INSURANCE" ma'suliyati cheklangan jamiyat; “O’zbekiston pochtasi” aksiyadorlik kompaniyasi; "MEHNAT" ma'suliyati cheklangan jamiyat; “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi. Xalqaro reyting: 2018 yil, B1/B2/NP «Moody's Investors Service» xalqaro reyting agentligi tomonidan AТ “Agrobank”ga quyidagi xalqaro reyting baholari berildi: Barcha reytinglar bo’yicha prognoz – «BARQAROR»; Milliy valyutadagi depozitlari bo’yicha – B1/NP; Хorijiy valyutadagi depozitlari bo’yicha – B2/NP; Kontragent riskini baholash bo’yicha - B1(cr)/NP(cr) Milliy reyting: 2018 yil, uzA+ (Juda yuqori) «Axbor-Reyting» banklararo reyting kompaniyasi AТ «Agrobank»ga: Milliy shkala bo’yicha kreditga layoqatlilik «uzA+» (Juda yuqori) reytingini berdi; Investitsion faollik bo'yicha - 66,54 ball bilan baholadi. 1.3 . Bankda hisob varaq ochish va bankning hisobvaraqlar rejasi haqida. Banklar bank operatsiyalarini amalga oshirishda va ularn buxgalteriya hisobida aks ettirishda Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga va amaldagi qonunchilikka qat’iy amal qilishlari lozim bo’ladi. Mazkur hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalarining buxgalteriya hisobini aks ettirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalarining hisobini yuritish, tahlil qilish,guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo’llaniladigan Bosh kitob hisobvaraqlari ro’yxatidan iboratdir. Xatolarni to’g’rilash va hisob siyosatidagi o’zgarishlar bo’yicha tuzatishlar kiritishda, hisobvaraqlarning ta’riflarida ko’zda tutilmagan bo’lsa ham hisobvaraqlarning debet va kreditlari bo’yicha tuzatish o’tkazmalari berishga ruxsat beriladi. Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasi buxgalteriya hisobining ko’p valyutali tizimiga asoslangan bo’lib, chet el valyutasidagi operatsiyalarning hisobi yuritilshi mumkin bo’lgan barcha hisobvaraqlarda xorijiy valyutadagi operatsiyalar hisobini aks ettirish imkonini beradi. Har bir valyuta turi bo’yicha sintetik hisobni yuritish uchun alohida Bosh kitob, analitik hisobni yuritish uchun esa Yordamchi kitoblar ochiladi. Har bir valyuta bo’yicha Yordamchi kitoblardagi summalar yig’indisi Bosh kitoblarning tegishli balans hisobvaraqlaridagi summalar yig’indisiga mos kelishi kerak. Bank tomonidan amalga oshiriladigan har bir operatsiya tegishli valyuta turi bo’yicha Bosh va Yordamchi kitoblarda ro’yxatga olinishi kerak. Hisobot sanasida Bosh kitoblarning xorijiy valyutalar bo’yicha jami summalari milliy valyutaga o’tkaziladi va hisobot davri davomida amnalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo’yicha bankning jamlanma balansi tuziladi. Hisobvaraqlarni kodlashtirish quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqilgan: hisobvaraqlarning bosh va yordamchi kitoblarda joylashishini yengillashtirish; hisobvaraqlarni bir tizimda tasniflash va guruhlashga yordam berish; hisob jarayonlarini avtomatlashtirishni yengillashtirish; operatsiyalar yozuvini tezlashtirish. Balans hisobvaraqlarinig Bosh kitobda kodlashtirish tizimiquyidagi sxema bo’yicha beshta belgidan iboratliligi qabul qilingan: Hisobvaraq turkumi(kategoriyasi) 1 Aktivlar 2 Majburiyatlar 3 Kapital 4 Daromadlar 5 Xarajatlar Bu yerda: MM Hisobvaraq turkumiga tegishli asosiy hisobvarqalar to’plami (birinchi tartib) SS Asosiy hisobvaraqlarga tegishli subhisobvaraqlar (ikkinchi tartib) Raqamli kodlashtirishga quyidagi zarur shartlar joylashtirilgan: - jamlanma hisobvaraqlar uchun MM yoki SS nol raqamlariga ega ( masalan, 10000 - “Aktivlar” , 10100 – “ Kassadagi naqd pul va boshqa to’lov hujjatlari” va boshqalar); - “Aktivlar bo’limidagi “…zararlarni qoplash zaxirasi” sarlavhali subhisobvaraqlar uchun SS o’rnida 99 raqami qabul qilingan. Yordamchi kitobda shaxsiy hisobvaraqlar quyidagi sxema bo’yicha kodlashtiriladi: Balans hisobvarag’i Bundan tashqari operatsiyalarni boshqarish maqsadida Yordamchi kitoblarga Markaziy bank, tijorat banklari boshqarmalari hamda tijorat banklari menejmenti (boshqaruvi) uchun zarur bo’lgan batafsil axborotlar bilan ta’minlovchi qo’shimcha axborotlar kiritiladi. Hisobvaraq rejasida har bir hisobvaraqning aktiv yoki passiv bo’lishi aniq belgilab qo’yilgan,aktiv-passiv qoldiqlarga ega bo’ladigan ayrim hisobvaraqlar bundan mustasno. Aktiv hisobvaraqlariga “Aktivlar” , “Xarajatlar” va “Ko’zda tutilmagan holatlar” bo’limlaridagi balans hisobvaraqlari, passiv hisobvaraqlarga “Majburiyatlar”, “Kapital” va “Daropmadlar” bo’limlaridagi balans hisobvaraqlari taaluqlidir. Aktivlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida “ Aktivlar” bo’limiga kontr-aktiv hisobvaraqlari, majburiyatlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida esa “Majburiyatlar” bo’limiga kontr-passiv hisobvaraqlar kiritilgan. Ba’zi hisobvaraqlardan tashqari “ Aktivlar” likvidlilik, “ Majburiyatlar esa muddatlilik tamoyiliga asosan tasniflangan. “Daromadlar” va Xarajatlar bo’limi uchun analitik hisob ko’rsatilmagan bo’lib, ushbu bo’limlardagi hisobvaraqlar bank ichki hisobvaraqlari hisoblanadi. Tijorat banklari Markaziy Bank talablari va ichki hisob siyosatidan kelib chiqqan holda ushbu hisobvaraqlarda analitik hisobvaraqni qanday yuritishni o’zlari belgilaydilar. II bob. Agrobank ATBning moliyaviy ko’rsatkichlari va ularning iqtisodiy tahlili. 2.1 Agrobank ATBning qimmatli qog’ozlar tahlili Makroiqtisodiy rivojlanishga erishishda qimmatli qog‘ozlar bozorining ahamiyati katta. Hukumatning qo‘llab-quvvatlashi va o‘z vaqtida qonuniy bazaning yaratilishi fond bozorining O‘zbekiston iqtisodiyotida munosib o‘rin egallashiga imkon berdi. Hozirgi kunda qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasi barqaror faoliyat yuritmoqda. Respublikada yuqori texnologik jihozlar bilan ta’minlangan Fond birjasi va uning viloyatlardagi filiallari mav jud. Qimmatli qog‘ozlar bozorining shakllanishi va rivojlanishida 1995-yil O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi bo‘yicha komissiyaning tuzilishi, 1996-yil «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida» hamda «Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyati mexanizmi to‘g‘risida»gi qonunlarning qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.Hozirgi vaqtda qimmatli qog‘ozlar bozorida turli qimmatli qog‘ozlar bilan savdo muomalasi amalga oshirilmoqda. Bozorda eng ko‘p muomalada bo‘ladigan qimmatli qog‘ozlardan: aksiyalar, davlat qisqa muddatli obligatsiyalari, tijorat banklarining depozit sertifikatlari va depozit obligatsiyalaridir. Tijorat banklari O‘zbekistonda 1994-yilda paychilik jamiyatlaridan aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. turli tashkilotlar, korxonalar tijorat banklari aksiyadorlari bo‘lishdi. Hozirgacha tijorat banklari boshlang‘ich emissiya aksiyalarini joylashtirib, ikkinchi marta, ayrimlari esa bir necha marta aksiyalarini chiqarmoqda.Obligatsiya emitantning qarzdorligini tasdiqlovchi qimmatbaho qag‘ozdir. Agrobank ATB qarz mablag‘larni jalb etish uchun obligatsiyalar va deposit sertifikatlarini chiqaradi. Demak, Agrobank ATB qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin: – qimmatbaho qog‘ozlarni (aksiya, obligatsiya, bank sertifikatlari) muomalaga chiqarish; – qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olish, saqlash kabi operatsiyalar; – mijozlar topshirig‘iga asosan qimmatbaho qog‘ozlarni boshqarish; – fond bozori, qatnashchilariga qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari bo‘yicha maslahatlar berish; qimmatli qog‘ozlarni baholash va qimmatli qog‘ozlar bozorini tadqiq qilish; – qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida axborot va boshqa xizmatlar ko‘rsatish Agrobank ATB qimmatbaho qog‘ozlar holatini tahlil qilganda, ularni tahlil qilinayotgan davr boshiga va oxiriga qanchalik o‘zgarganligini aniqlash lozim. Tahlilda ularning mutloq va nisbiy o‘zgarishlarini aniqlab, qanchalik va nima sababdan o‘zgarish bo‘lganligini bilish lozim bo‘ladi.
Ko‘pgina chet davlatlarida ko‘pchilik banklar hisob-kitob, kassa va boshqa xizmatlarini mijozlarga tekinga ko‘rsatishardi. Foiz marjasining pasayishi natijasida, ya’ni, resurslarni jalb qilish va joylashtirishning o‘rtachaqiymatlari orasidagi farq tufayli banklar bunday amaliyotdan voz kechishlariga to‘g‘ri keldi. Hozirgi paytda banklar umumiy daromadlari hajmida komission daromadlarning o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu faqatgina foiz marjasi darajasining qisqargani va moliya bozoridagi daromadlaridan tashqari, komission daromadlarining foizli daromadlarga nisbatan barqarorligi bilan bog‘liq. Bundan tashqari bank chet el valyutasidagi vositalarni qayta baholash orqali ham daromad olishi mumkin. Agar chet el valyutasi kursining oshishi, shu valyutadagi nominallashtirilgan bank aktivlari oshiradi va aksincha, chet el valyutasi kursining pasayishi, shu valyutada nominallashgan aktivlarning tushishiga olib keladi. Valyuta kursining katta tebranishi va bankning valyuta bozoridagi yuqori aktivligi sharoitida, bu daromadlar bankning operatsion daromadlari tarkibida muhim hissaga ega bo‘lishi mumkin. Qo‘shimcha faoliyatdan daromadlar bank daromadlari tarkibida unchalik katta ulushga ega emas. Ular o‘z ichiga nobank xarakterdagi xizmatlar ko‘rsatishdan, korxona va tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishdan, ijaraga berish va binoni realizatsiya qilishdan va boshqalardan daromadlar oladi. Bank yordamchi bo‘limlarning tijorat faoliyatidan qo‘shimcha daromad olishi mumkin. Masalan, agar bank shaxsiy reklama xizmatiga ega bo‘lsa, o‘z mijozlariga reklama xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, boshqa xizmatlar ham faqatgina bank faoliyatini ta’minlashga emas, balki mijozlarga pullik xizmat ko‘rsatishlari ham mumkin. Bular yuridik, xabarlar, telekommunikatsiya, marketing, auditor, transport va boshqa xizmatlar bo‘lishi mumkin. Bank asosiy va qo‘shimcha faoliyat daromadlaridan tashqari, boshqa daromadlar kategoriyasiga kiruvchi boshqa daromadlar ham oshishi mumkin. Ular: – jarima, penyalar, mijozlardan olinadigan jarimalar, – ortiqcha tushumlarning kassaga tushushi; – zaxira summasini qayta tiklash; – hisobot yilida tushgan yoki aniqlangan o‘tgan yilgi daromadlar; – daromadga soliq ortiqcha to‘laganligi uchun budjetdan mablag‘ qaytarish va boshqalar. Bu daromadlar mohiyatan tasodifiy yoki bankning hisobot davrida «Ishlab topilmagan» daromadlari hisoblanadi. Ular odatda kelasi davrga daromad rejasi tuzilganda hisobga olinmaydi. Bu o‘z navbatida bank daromadlariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash imkoniyatini beradi. Ushbu holat o‘z navbatida yuqori daromad keltiruvchi xizmatlarini yanada kengaytirish lozimligini aniqlash imkoniyatlarini ham beradi. Daromad tahlili sifat ko‘rsatkichiga nisbatan miqdor ko‘rsatkichiga ko‘proq tegishlidir, shu sababdan u bank faoliyatini baholashda katta ahamiyatga ega. Bank kapitalini oshirish va kredit potensialini mustahkamlash uning mustahkamligiga bog‘liqdir. AT “Agrobank” tomonidan Buxoro viloyati sanoat sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar to’g’risida
Tumanlar kesimida joylashuvi Yillar kesimida
Xulosa Xulosa qilib aytganda, men malakaviy amaliyot o’tagan Agrobank ATBning aholi va turli xo’jalik yuritish subyektlariga zamonaviy, tezkor va salmoqli xizmatlar ko’rsatib kelmoqda. Servis va xizmat ko’rsatuvchi korxonalar, tadbirkorlik faoliyatini faoliyatini yuritayotgan yosh oilalar, kasb-hunar kollejlari bituruvchilari hamda imtiyozli kreditlar ajratmoqda Agrobank ATBning 2018-yilda kichik biznes subyektlarini qo’llab-quvvatlashga barcha moliyalash manbalari hisobidan 1 trillion 209 milliard so’m kreditlar ajratildi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga oid 4 mingdan ziyod loyihani amalga oshirish uchun 545 milliard so’m yo’naltirildi. Natijada 24 mingdan ziyod yangi ish o’rni yaratilgan. Agrobank ATBning o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning agrar sektorini rivojlantirish, moliyalashtirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, bankning belgilangan biznes-rejasi va budjetining asosiy parmetrlarini bajarishga qaratgan. 2010-yilda kichik biznesni qo’llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish Assotsiatsiyasining 5 mln. AQSh dolari miqdorida kredit liniyasi ochildi va loyihalarni moliyalashtirish boshlandi. TIF Agrobank ATB va Osiyo Taraqqiyot Banki o’rtasida 20,0 mln. AQSh dolari miqdoridan iborat bo’lgan “Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich” loyihasi bo’yicha kredit shartnomasi imzolandi. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblandi. Shuningdek, TIF Agrobank ATB Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qo’llab-quvvatlash dasturiga kiritildi va revolyer kredit to’g’risida kelishuv imzolandi. “VISA International” xalqaro to’lov tizimiga prinsipial a’zolikka o’tish bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi. Protsesning markazini tashkil etish bilan bir qatorda chipli plastik kartalarni emissiya qilish yo’lga qo’yildi. Agrobank ATBning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlarin orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, Agrobank ATB S.W.I.F.T jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga a’zodir Ushbu malakaviy amaliyot ishini bajarish natijasida quyidagi umumiy takliflarni xulosa qilib aytish mumkin: 1. Zamon talablaridan kelib chiqqan holda, bank faoliyatida axborot kommun ikatsiya texnologiyalaridan kengroq qo’llash lozim. Shu nuqtayi nazardan, bankda moliyaviy ko’rsatkichlar tahlilini to’liq avtomatlashtirish talab etiladi. 2. Rivojlangan mamlakatlar singari bizning respublikamizda ham bo’lajak yoki doimiy hamkorlarimiz haqida aniq va ishonchli ma’lumotlarni qonuniy ravishda yetkzib beradigan axborot xizmat ko’rsatish markazlarini tashkil etish zaur. 3. O’zbekiston Respublikasi Agrobank ATB Buxoro bo’limida dasturiy vositalar asosida yagona axborot bazisini shakllantirish lozim. 4. Bankda axborot- tahliliy masalarni yechishda IABS amaliy dasturlar to’plamidan foydalanish tavsiya etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. O’bekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami”,2009-yil,14-son,155-modda. 2. O’zbekiston Respublikasining Prizidenti Matbuot Xizmati. 3. T.M.Karaliyev, O.B. Sattorov, I.F.Sayfiddinov “Bank faoliyati tahlili”, o’quv qo’llanma. Internet saytlari 4. http://www.gov.uz/- O’zbekiston Respublikasi hokimyat portali. 5. http://www.bank.uz/- O’zbekiston Respublikasi banklari portali. 6. htttp://www.cbu.uz/- O’zbekiston Respublikasi markaziy banki sayti. 7. www.ziyonet.uz- Ziyonet milliy jamoat axborot-ta’lim tarmog’i. 8. www.agrobank.uz Buxoro – 2020 Download 41.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling