O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi gulistоn dаvlаt univеrsitеti
Suvning karbonatli qattiqligini aniqlash
Download 390.71 Kb. Pdf ko'rish
|
Kimyo texnologiyadan laboratoriya(1)
Suvning karbonatli qattiqligini aniqlash.
Buning uchun 200ml li stakanga tekshirilayotgan suvdan pipetka yordamida 50ml o’lchab oling, uning ustiga metiloranj indikatoridan 2-3ml tomizing. Boshqa byuretkada xlorid kislotaning 0,1 n eritmasini tayyorlang va u bilan stakandagi tekshirilayotgan suvni sariq rangi to’q sariq pushti rangga kirguncha titrlang. Titrlash ishini bir necha marta takrorlang. Qayta titrlash natijasida olingan qiymatlarning o’zaro farqi 0,05ml dan ortmasligi kerak. Olingan ma’lumotlarga asosan, suvning mg-ekvG’l bilan ifodalangan qattiqligi hisoblab topiladi. Yuqorida bayon qilingan tajribani taqqoslash uchun, tabiiy suv bilan va shuningdek, distillangan suv bilan ham qilib ko’ring.
Ishning tartibi Suvning hajmi, ml hisobida
Titrlash uchun sarf bo’lgan kislotaning hajmi, ml hisobida
O’rtacha qiymat, ml hisobida
1- titrlash
2- titrlash
3- titrlash
4- titrlash
Tajriba natijalarini hisoblashda moddalarning ekvivalentlari reaktsiyaga kirishayotgan moddalarning og’irlik miqdoriga proportsional bo’lishi e’tiborga olinadi. Demak, normalligi bir xil bo’lgan eritmalar barobar hajmda o’zaro reaktsiyaga kirishadi, agar eritmalarning kontsentratsiyalari turlicha bo’lsa, reaktsiyaning to’liq borishi uchun ularning hajmlari normalliklariga teskari proportsional bo’lishi kerak. Shuning uchun, bu bog’lanishni quyidagi tenglama bilan ifoda etish mumkin:
Download 390.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling