Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
73.
“2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.
74.
“Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-
sentyabrdagi PF-5198-sonli Farmoni.
75.
“2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-
yil 29-dekabrdagi PQ-2707-sonli Qarori.
76.
“Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-
sentyabrdagi PQ-3261-sonli Qarori.
77.
Rahimov Sh. Asosiy vazifa – bolalarni ta'limga qamrab olish.//
“Maktabgacha ta'lim” jurnali, 3-son, 2017. 2-3 bet.
78.
Quronov M. Bolam baxtli bo‘lsin, desangiz...: ota-onalar uchun. – T.:
Manaviyat, 2013. – 320 b.
15-Mavzu: Bola shaxsini rivojlanishida faoliyatlarning o‘rni. MTTni yosh
guruhlaridagi faoliyatlar tahlili
Reja:
1. Bolaning rivojlanish jarayonida faoliyatning oddiy turlari
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘yin faoliyatining mazmuni
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari ba ularni tarbiyalash
Bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani o‘zlashtirishga yordam beradi,
buning asosida roli uning bilish, ko‘rgazmali, o‘yin, eng oddiy mehnat va o‘quv
kabi xilma-xil faoliyat turlari, shuningdek, muomalasi shakllanadi. Bola u yoki bu
faoliyatni o‘zlashtirib, faollik ko‘rsatadi, ayni paytda shu faoliyat bilan bog‘liq
bilimlar, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi, Shu asosda unda xilma-xil
qobiliyatlar va shaxs xususiyatlari shakllanadi.
Faoliyat – kishining moddiy va ma'naviy ne'matlar yaratish borasidagi
hamda shaxsiy va ijtimoiy sohadagi ma'lum bir maqsad sari qiladigan xatti-
harakatlar majmuasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |