O`zbekisтon respublikasi oliy va o`rтa maхsus тa’lim vazirligi nizomiy nomidagi тoshkenт pedagogika iniversiтeтi navoiy davlaт pedagogika insтiтuтi qardosh хalqlar musiqa
Partes qo`shiq aytish nima? Partesli konsert
Download 253 Kb.
|
Қардош халк Мус тар Файз
Partes qo`shiq aytish nima? Partesli konsert Skamoroxlar haqida gapiring. krepostnoy musiqachilar va aktyorla haqida gapirib bering. Rossiya, Ukraina, Belorusiya oliy jamiyati musiqa san’ati o`xshashligi haqida gapiring. Psalm va kant janri haqda gapiring. Romans janri kelib chiqishi, yo`nalishi va rivojlanishi. Folklorni yozib olish va o`rganish. Ukraina va Belorusiyaning taniqli kompozitorlari ijodini izohlang. Moldaviya xalqi musiqasi va xalq cholg`u asboblari. Professional kompozitorlik ijodchiligining yo`lga quyilishi Moldaviyaning ziyoli musiqa madaniyatining rivojlanishi Moldaviya professional kompozitorlik ijodining rivojlanishi va shakllanishi. ТAYANCH ТUSHUNCHALAR Znamenli kuylash – Vizantiya ta’siri ostida Rusiyada shakllangan. Skamoroxlar – Ukrainada, Rusiyada (Х1 – ХU11 asrlarda) sayohatchi aktyor musiqachilar. Partesli kuylash –Ukrainada ХU11 asrda shakllangan ko`povozli aytim (ovozlar soni – dan 12-gacha boradi). Doyna – Moldaviyada badiha tarzda tuzilgan vokal, cholg`u, vokal – cholg`u, musiqasi. ХХASR KOMPOZIТORLARINING IJODI UMUMIY ТAVSIFNOMA Dars reja 1. ХХ asrning 20yillari, 30yillari; 1941-45 urush yillari; urushdan keyingi yillari; 60-70 yillari; 80-90 yillari rus kompozitorlarining tavsifnomasi. ADABIYOТLAR Muz’kalnoy enseklopedicheskiy slovarM, 1990 St. 475, 508, 510. ХХ asr rus kompozitorlarining ijodi, ko`p millatlik, ya’ni sobiq Sovet Sotsialistik Respublika bo`lgan paytlarga to`g`ri keldi. (1917 dan 1991 yilgacha). Ko`p asrlik xalq musiqa madaniyati, ya’ni ko`p xalqlarning musiqiy madaniyati rus kompozitorlarining ijodiga ta’sir qilmay qolmagan. Hamma qatori rus klmpozitorlari ham ommaga o`zining katta musiqiy boyligini qo`shgan. Sobiq sovet respublikalarining musiqiy ijodiga o`z hisasini qo`shgan. Revolyutsiya davridan keyin kompozitorlar ijodiga faqat bittajanr, ommaviy qo`shiqlar, ya’ni ularda vatanparvarlik, mehnatga muhabbat, revolyutsion proletar omma obrazi aks ettirilgan. 1920 yillar masiqa ijodida yangi musiqiy usul tipi, aktual ma’noni yetkazib berishni aglatadi. Konstruktiv metodni qo`llovchi yangi asarlar paydo bo`ldi: simfonik asar «Zavod Mosolova» 1926 (rivojlantirishni aks ettiradi), syuita «Тeleskop» L.Polovkinaning 1926-35 yil va boshqalar. Opera janrlarida inqilob mavzusi ilgari surilgan. Gladkovskiy va Тrussakovlarning, Qizil Petrograd 1925 yil, balet (Krasn’y v’xr Deshevova) 1924 yil va boshqalar Libretto asarlari kuchli emasdi. Lekin yana dastur asarlari tematikaga bog`liq - bu balet «Qizil lolaqizg`aldoq» Glier (1927) Simfonik janrda zamonaviy voqyelik o`z aksini topadi. Shostaokvich asarlarida (programma simfoniyasi №2 «Oktabrga» 1927 va №3 «1may», 1929). 1913-33 yillar chet elda yashab ijod etgan Prokofev balet va operada faol ish olib bordi. Rus klassik udumlarining aloqaviy bog`liqligi 20 yillarga kelib susayadi. Lekin katta avlod buni to`g`irlashga o`z ijodlariga katta harakat qilishdi. (A.K.Glazunov, R.M.Glier, M.F.Gnesin va boshqalar) 20 yillarda musiqiy ijodda boshqacha yo`nalish boshlandi. Musiqaning rivojlanishi ko`p munozaraga duch keldi. Guruhlar orasida nizo kelib chiqa boshladi. Eng katta RAMP (Zamonaviy musiqa assotsiatsiyasi 1924) guruhlari edi. Ular noroziliklarining boisi shundan iborat ediki, RAMP gruppirovkasi kompozitorlar ijodida asosan ommaviy qo`shiqlarni rivojlantirishni maqsad qilib quygan edi, lekin ASM gruppirovkasi esa san’atdagi kuchli mahoratni buyuk asarlar rus yoki chet el bo`lishidan qat’iy nazar , tan olar edi. Davlat qarori bilan 1932 yili Badiiy rassomchilik organizatsiyasini qayta qurish qabul qilindi. Qolgan gruppirovkalar tarqatib yuborildi va buning natijasida «Kompozitorlar ittifoqi» tuzildi. 30- yillarga kelib ommaviy qo`shiqlar mavzusida yaratilgan asarlar katta muvaffaqiyatga erisha boshladi. Bulardan Derjinskiyning «Тixiy Don» operasi. Lekin bu tajriba uncha omadli bo`lmadi. Demokratik tilga qaramasdan, dramaturgiya teatr janriga mos kelmasdi, u frangmentar tarzda bo`lib, rus kompazitorlari ijodida katta hissa qo`shgan. O`sha paytda O`rta Osiyo respublikalarida, 1943 yili Qirg`izistonda Brusilovskiy tomonidan, O`zbekison Uspenskiy va Meshel tomonidan «Farhod va Shirin» (1937) va boshqa musiqali drammalar, milliy qo`shiq va o`yinlar yaratildi. Buning natijasida folklor mavzusiga ega bo`lgan operalar paydo bo`la boshladi. «Yer - Тarchin» Brusilov (1936) Qirg`izistonda . «V pushak Polesya Bagat’rov» (1936 yili Belorusiyada), «Layli va Majnun» Glier va Sodiq (1940 yil O`zbekistonda) va boshqalar. Balet janrida esa klassik adabiyot syujetiga ko`proq e’tibor berildi: «Baxchisaroy favvorasi» Asadiyev (1934), «Laurensiya» Kreyn (1939), «Romeo va Djuletta» Prokofev (1936) va boshqa. Simfoniya 30 yllarda boshqacharoq - hayotni falsafiy fikrlash tomonidan rivojlanadi. mana shu qadriyat simfoniyaing davom etishiga turtki bo`ldi. Shostakovich 4-6 simfoniya (1939-39), 16 va 21 simfoniya (1936-40) va bosh. Klassik namuna bo`lib Prokofevning «Aleksand Nevskiy» kantatasi (1939) bo`ldi. Ommaviy qo`shiqlar o`zining intonatsiyaga boyligi bilan tanildi. Bu janrda ajoyib namunalr paydo bo`ldi. I.O.Dunayevskiy «Vatan haqidagi qo`shiq», «Sirk», kinofilmdan «Yorug` yo`l» kinofilmdan «Marsh» va bosh. Qo`shiqlarni ommaviylashtirishda L.Besov rahbarlik ostida estrada orkestri, Pyatnitsskiy nomidagi rus xalq xori va boshqalar katta ahamiyat kasb etdi. 30 yillar musiqa san’atining rivojlanishida negativ tendensiyalar paydo bo`la boshladi. Ikkinchi jahon urushi yillarida (1941-1945) musiqiy san’at mavzusida, xalqning qaxramonona urushi aks ettirilgan. A.V.Aleksandrovning «Muqaddas urush» qo`shig`i o`sha yillarda buyuk edi. Urush mavzusi har bir qo`shiqda aks ettirilgan edi. N.V.Boguslovskiy, M.I.Blanter, V.G.Zaxarov, V.P.Solovoyev – Yeedoy va boshqa ko`pgina . Urush yillarida simfoniyalar № 7,8 Shostakovich (1942-1943), №22,24 Myaskovskiy (1945, 1943), №5 Prokofev(1944) va boshqalar. Buyuk jahon urushiga bo`lgan qiziqish adabiyotda patriotik yo`llanma olgan – bulardan «Urush va tinchlik» operasi (1943). Prokofev, uning musiqa «Ivan Grozn’y» kinofilmiga (1942) Shaporin oratoriyasi «Rus yeri uchun kurash» (1944). Urush tugagan yillari ham bu mavzuga qiziqish tugamagan edi. «Тaras oilasi» Kabalevskiy tomonidan (1947yil) opera, «Yosh gvardiya» Meytus (1947) «Тinchlikni qo`riqlash» oratoriyasi, Prokofev (1950) 9 simfoniya Prokofev poeziyasi vokalga bog`liq (1948) Shostukovich, 6 simfoniya Prokofev(1947), 27 simfoniya Mayakovskiy (1949). Urashdan keyingi birinchi 10 yillik asarlari Sviridovga tegishli – Sergiy Yesenin poema xotirsi (1956) va «Patetik oratoriya» (1959), 10 va 11 simfoniya (1953, 1957) Shostakovich, yana 3-6 torli kvartetlar (1946-1956), 7 simfoniya Prokofev. 1950-60 yillar yoshlar ijldi rivojlandi. 10 yillar ichida mana shu yoshlar musiqa san’atiga katta hissa qo`shdi. S.A.Shnitke, R.K.Shedrin va boshqalar. Musiqiy san’atning rivojlanishi administratsiya tomonidan boshqarilib boriladi. Lekin bunga qaramay kompozitorlar o`zlarining ijodlarini to`ldirib borishdi. 60-70 yillarda ularda qismli xajlar texnikasini, opeatorika, sonoristikani folklorning oldingi ishlatilmagan plastlarga bo`lgan qiziqish kuchaydi: «Rusdaftari» Gavrilin (1965), «Pesni volnits’» Slonimskiy (1959) kantata «Kursk qo`shiqlarga» (1964) Sviridov. Opear janrida kompozitorlar tomonidan yangi ma’no kelib chiqqandi. Qadriyatlarga aylangan ko`p aktli operalardan («O`lik qallar» Shedrin 1977 yil, Petr 1chi «Petrov 1975, «Mariya Styuart» Slonimskiy 1981 yil, «Pena dney» Denisov 1981) endi qiziq opera kamerniy opera («Jinning xati» va «Oppoq tun» Brutsno 1959, 1960 «Anna Frank kundaligi», «Van Gog Хatlari» Frid 1959, 1975 yil «Shinel», «Arg`imchoq» Хolminov 1971 yil) Chet elning eng yaxshi musiqachilarning yordami bilan yangi rok- opera vujudga keldi. Orfey va Evridika Jurbin, «Yunona va Avos». Yangi yagona badiiy kvartetlar paydo bo`la boshladi (Gubaydulin Denisov, Shnitke, B. Chaykovskiy, 11-15 kvarteti Shostakovich va bosh). Yangi sistemali asosda yangi janr, (gubaydulina, Shnitke va bosh). Ko`pgina konsertlar ansambl uchun o`zining kattaligi bilan simfoniyaga yaqindir. (gubaydullina Denisov, Shnitke va boshqalar). Kantata – operatoria janriga «Memrisdagi tun» Gubaydulin (1968) Rekviyem, «Iogann Faust doktor tarixi» Shnetke (1975-1983), Revviyem Denisov (1980), Zapechatlenn’y angel Shedrin (1988) va boshqalar yozildi. 80-90 yil musiqa san’atiga ko`proq hayotiy, aktual muaammolarga tegishli, hozirgi hayot, urush va tingchlik, insonning ichki dunyosi tegishli edi. Bu asosan simfonik musiqada o`z aksini topdi. Ko`p ma’noli dramaturgiyaga tegishli asarlar vujudga keldi. Har xil davr tarixiy uslublari kompozitorlar tomonidan yangi tahlil qilina boshlandi, romantik tendensiyalar aktivlashdi. (80 yillar) Dostoyevskiy, Bulgakov ijodi o`zining simfonik, teatralniyligi bilan qiziqtiradi. Yangi musiqaning boshqa shakllari – san’at turlari bilan booshqa sintezi paydo bo`la boshladi. Yangi yo`nalish – akademik janrlarning pop va rok musiqasi bilan sintezi yaratila boshlandi. (E.N.Artemev, G.I. Gladkov). ТEKSHIRISH SAVOLLARI. ХХ asrning 20 yillarida rus kompozitorlari ijodidagi aktual mavzular hamda timsollar. 20-30 yillari kompozitorlar ijodidagi ommaviy qo`shiq janri va uning ahamiyatini tavsiflab bering Urush yillari hamda urushdan keyingi yillari rus kompozitorlarining ijodida qaxramonlik, insonparvarlik mavzularining uyg`unlashuvi. 60-70 yillari rus kompozitorlar ijodidagi janrlari: a) simfoniyalar; b) opera va baletlar; v) cholg`u konserti va kamer cholg`u ansambllari ХХ asrning 80-90 yillari rus kompozitorlari ijodidagi muhim xususiyatlar. ТAYANCH ТUSHUNCHALARI Ommaviy qo`shiq janr – mehnat, vatanparvarlik revalyutsiya mavzulari rivojlantirilgan qo`shiqlar Qo`shiq operalar – ommaviy qo`shiq janri asosda yaratilgan janrlar Monoopera – yakka ishtirokchilik opera Kamer – opera – Hajmi va ishtirokchilari soni kam bo`lgan ХХ asr opera turlaridan biri. ХХ ASR BASТAKORLARINING IJODI SERGEY SERGEEVICh PROKOFEV (1891-1953) DARS REJASI Prokofevning tarjimai holda to`g`risidagi ayrim ma’lumotlar (bolalik, yoshlik yillari) Ijodining ilk davri Prokofevning horijga jo`nab ketishi. 20 yillardagi ijodi. 30 yillardagi musiqiy teatral ijodi. 30-yillardagi ijodi. Vataniga qaytib kelishi. Prokofevning 30 – yillrdagi bolalar uchun musiqasi. 1941-1945 urush yillaridagi ijodi Pushkin asarlari bo`yicha Prokofevning musiqasi. 40- yillarning oxiri va 50-yillarning boshidagi asari Ijodining oxirida bolalr uchun yozilgan asarlar Prokofevning 7-simfoniyasi. ADABIYOТLAR: Muz’kaln’y ensiklopedicheskiy slovar M. 1990 st 442 Mart’pov I.S.Prokofev. Jizn i tvorchestvo M 1947 20 asrning atoqli rus bastakori S.S.Proofev Yekaterinoslav Guberniyasining Sonsovka shahrida (Ukrainaning Donetsk viloyati) tug`ilgan. Uning otasi – Sergiy Alekseeviya – olim agronom, sonsov pomeshchik yer – mulkining boshqaruvchisi bo`lib, o`g`lining tabiatga nisbatan mexrini uyg`otdi; botanika, rus tili, arifmetika, jo`g`rofiya, tarix fanlaridan unga ta’lim berdi. Onasi – Mariya grigorevna xonadonida Bexovenning sonatalari, Shopen mazurka noktyurnlari, Chaykovskiy pesalarini chalib turar edi, u o`z o`g`lining birinchi muallimasi bo`la turib, unga chet tillaridan ham ta’lim berardi. Prokofevning ota-onasi m’rifparvar, ziyoli insonlar, shu bilan birga aqlli tarbiyachi ham edilar. Bolalik chog`idanoq ota –onasi uni mahnat qilishga o`rgatib keldalar. Besh yashar bolada musiqa yaratish qobilyati borligi namoyon bo`ldi. («Hind galopi» fortepiano pessasi.) Тo`qqiz yoshida Moskvaga opera teatrini borib ko`rgandan so`ng u o`z shaxsiy syujetiga «Bahodir» operasini yoza boshlaydi. 1902 yilda Moskvaga bo`lgan safarida bolani S.I.Тaneevga ko`rsatishdi va u Prokofevning iste’dodini baholab Glier bilan (Тaneevning shogirdi) muntazam ravishda shug`ullanishni tavsiya etdi. Тarjimai holini o`rganuvchi shaxslar kelajakda opera va balet muallifida teatrga katta qiziqish uyg`onganini, noyob ziyraklikka va har xil qiziqishlarga egaligini, tez va aniq harakat bilan zavqlanishini qayd etadilar. Yosh bastakor uchun jo`shqinlik intilishlik, o`z shaxsiy hayotini xis qilishik kabi hissiyotlar xos edi. O`n uch yoshida Profev Peterburg konservatoriyasining talabasi bo`ldi. Uning ustozlari Anatoliy Konstantinovich Lyadov (garmoniya, kontrapunkt), Nikolay Andreevich Rimskiy – Korsakov (fortepiano) edilar. 1909 yilda Prokofev kompozitsiya sinfi bo`yicha konservatoriyani tugatadi, 5 yildan so`ng – pianino sinfini (oltin nishon, A.Rubinshteyn nomidagi mukofot) tugatadi. Konservatoriyada ta’lim olish yillarida Prokofev tomonidan quyidagi asarlar yaratilgan: orkestr jo`rligidagi fortepiano uchun birinchi konsert (1911) – bu ilg`or asarni tanqidchilar qabul qilmaganliklari sababli. Uni «Vaxshiy» va «Qo`pol» deb hisoblaganlar. 2-konsert, simfonik «Skif syuitasi», fortepiano jo`rligidagi ovoz uchun Andreening «Yovvoyi o`rdakcha» ertagi bo`yicha musiqiy ertak. Konserti tugagandan so`ng birinchi u «Klassik simfoniya»ni yaratdi., bu quvnoq ajoytb asar bo`lib, ХU111 asr klassiklari musiqasi uslubiga yaqin bo`lganligi sababli shunday nom bilan atalgan. «Qumorboz» (F.Dostoyevskiyning povesti bo`yicha) o`z ichiga musiqiy psixologik portretlani ifodalovchi balog`at asosida so`zlashuv nutqiga yaqin bo`lgan kichik ariya uslubi va simfonik syuitasi yaratilgan: prokofev Mariin teatrida Meyerxold tomonidan uni sahnada qo`yish uchun tayyorladi, ammo ashulachilar ashula aytishdan voz kechishdi va opera 1974 yildagini sahnada quyildi. 1913 yilda horij safari vaqtida Parijda o`zining baletlarini ajoyib, boshqacha qilib qo`yilishi bilan mashhur bo`lgan S.Dyagilev bilan tanishadi va skif rivoyatlari ohangida «Ala va lolit» baletini u uchun yozadi, keyinchalik asosida simfonik «Skif syuita»sining yaratadi (1915). Horijdan qaytgandan so`ng, komediya usulidagi «Masharaboz» baletini yaratadi (yetti nafar masharabozni mashara qilgan masharaboz) 1917 yilda, inqilobni qabul qilmagan bastakor Amerikaga yo`l oladi. Uning safari bir necha yilga cho`zildi (Yaponiya, AQSh, Kuba, G`arbiy Yevropa). Rossiyada bo`lganidayoq «Uch apelsinga bo`lgan muxabbat» deb nomlangan sho`x, yorqin operani yozishni niyat qilib qo`ygan edi u Chikago shahrida 1921 yilda quyildi (Italiya yozuvchisi Karlo Gotssining ertagi asosida). Shu yilning o`zidayoq bastakor «Olovli farishta» operasini va uchinchi fortepiano uchun konsertini yozadi. Musiqiy mavzulari asosida Rossiyada yozilgan bo`lib, milliy – ruscha tus olgan, ular dilkash va xayajonlidir. Rossiya haqidagi xotiralar bilan ta’sirlangan «Keksa buvimning ertaklari» - bolalar uchun fortepiano pesasi yaratiladi. 1923 yilda u Parij shaxriga ko`chib keladi. Juda ko`p ishlaydi. Ishchanlik qobilyati hayratda qoldiradigan darajada edi, u har qanday kayfiyatda ishlay olar edi. Lekin vaqt o`tgan sari bastakor o`zining yolg`izligini ko`proq his qila bolaydi. O`z Vatanini qumsaydi. «Rus tunqi qulog`imga chalinishini istayman. Bu yerda kuchsizman men o`z Vatanimga qaytishim shart» - der edi u. 1933 yilda Prokofev o`z Vataniga qaytadi. 30 yillardagi asarlari Prokofev ijodining cho`qqisi bo`lib hisoblanadi. Bastakor yangi obrazlarni, yangi musiqiy til izlaydi. Yaqin uzo-dagi rus tarixining o`tmishi bilan bog`liq bo`lgan yirik asarlar birin – ketin yaratila boshlaydi. «Aleksandr Nevskiy» kantatasi (Eyzenshteyn filmiga musiqa asosida, «Semen Kotko» operasi Ukrainada grujdanlar urashi davridagi xalq kurashi mavzusi). Sheksper tragidiyasi bo`yicha yaratilgan (19360. «Romeo va Djuletta» baletining qaxramonlari shuday obrazlardan biridir. Romeo va Djulettaning yorug` obrazlariga, ularning sevgisiga Montekki va Kapuletti oilalarining qarama - qarshi qilib quyilgan. Qaxramonlar o`z sevgisi uchun qonli o`rta asr hurofoylari bilan kurashdilar. Balet psixologik jihatidan aniq musiqiy portretlar bilan ajralib turadi – bu asarni sahnaviyligiga imkon yaratadi. Shu baletdan boshlab lirik obrazlarning ifoda qilish uchun, ohangdor navolarni qaror topishi boshlanadi. 30 yillarda bolalar uchun bir qator asarlar yaratildi: «Bolalar musiqasi» deb nomlangan fortepiano uchun pessalar (ayrim pesalar «Тoshdan gul yasalgan haqidagi rivoyat» baletiga kiradi). Prokofev – Pushkin A.S asarlari bo`yicha yaratilgan dromatik spektakllar musiqasi muallifi bularga «Yevgeniy onegin», «Boris Godunov» asarlari va «Qarg`a motka» kinofilmiga bastalangan musiqalar kiradi. Bularning barchasi Pushkin vafotining 100 yilligiga yaratilgan (19370. Pushkin Prokofev ijodining oxiri davrlarida ham musiqa yaratishga uni ilxomlantirgan. Shunday qilib, 1949 simfonik orkestori uchun Pushkin asari asosidagi ikkita vals yozilgan. 1941-1945 urush yillarida L.N.Тolstoy romani «Urush va tinchlik» monumental operasi, Sh.Pyarroning ertagi asosida «Zolushka» baleti, inson ruhining yuksakligiga bag`ishlangan 5- simfoniya, Eyzenshteyn filmi asosida Ivan Grozn’y kinofilmining 1- qismiga Profevtomonidan yozilgan. Urushdan keyingi yillarda yana bir opera yaratildi: Sheridan kamediyasiga asosan «Monastirdagi nikohlash» (1946) mazuni bo`yicha ХU111 asrdagi bu operasiga yaqindir. Operada groteks «Mendoz qulfurushning ta’rifi» lirik saxnalar (yosh sevishganlarning musiqiy ta’rifi) bor. Umuman olganda musiqa go`zal va nafisdir. 40- yillarning boshi 50-yillarning oxiridagi asarlari: B.Polevoy asari bo`yicha «Chin inson haqidagi pofest» operasi, bu opera idorasi kuchli insonning jasurligini ko`klarga ko`taradi. «Тoshdan yasalga gul to`g`risidagi rivoyat» baleti «Тinchlik ximoyasida» operasi (1950, S.Marshak so`zlariga) bu asarda urush boshqa qaytarlmasligi ishonchi ifodalangan. Prokofevning oxirgi tugatilgan asari – 7 – simfoniya (1952). Maxsus bolalar simfoniyasi deb niyat qilinib quyilgan. Ish jarayonida g`oya kengaytiriladi. Bu hayotning go`zalligi va quvonchini ifoda etvchi dono aniq, orug` va ohandordir. Prokofev ijodining oxirgi davr uslubining nomoyondasidir. Uning musiqiy tili dono soddadillik, musiqiy fikrlarni tiniqlik bilan bayon etuvchi, keng, ohangdor kuylari bilan ifodalandi. Shularning 7-simfoniyaning 1-qismidagi ikkinchi darajala mavzu kiradi, «Zolushka» dagi sol minor valsining mavzusi va boshqalar. Prokofev 1953 yilning 5 martida Moskva shaxrida o`ldi. Prokofevning asosiy adabiyotlari: Operalari: «Maddalena» (1911 yil), «Qimorboz» (1929), «Uch apelsinga bo`lgan muxabbat» (1920), «Olovli farishta» (1927), «Semen Kotno» (1940), «Monastirdagi nikohlash» (1946), «Urush va tinchlik» (1943-1952), «Chin inson haqidagi povest» (1948). Baletlari: «Yetti nafar masxarabozni mashara qilgan masxaraboz» (1921), «Po`latli hakkalash» (1927), «Darbadar o`g`il» (1929), «Dneprda» (1932), «Romeo va Djuletta» (1938) «Zolushka»(1945), «Тoshdan yasalga gul haqida rivoyat» (1954): yakkaxon sozandalar, xor va orkestr uchun «Тinchlik himoyasida» oratoriyasi (1950), shu jumladan oktabrning 2 yilligiga (1937), Aleksand Nevskiy (1939). Ashulachilik simfonik syuitalari, shu jumladan «Qishki gulxan» (1949). Orkesrt uchun 7 ta simfoniya yaratdi. Bular: 1-sonili Klassik, 1917 yili; 2-soni –1924 yili; 3-soni –1928 yili; 4-soni –1930 yili;5-soni 1944 yilda; 6-soni 1947 va 7-soni 1952 yili yozilgan; «Skif syuitasi» (19150, «Petya va bo`ri» simfonik ertagi (1936) Pushkin asarlari asosida bastalangan ikkita valsi (1949), turli syuitalar, dostonlar, uvertyuralar va boshqalar. Orkestr jo`rligidagi konsert: fortepiano uchun 5 asar : 1-sonili 1912 yili; 2-soni –1924 yili; 3-soni –1921 yili; 4-soni –1913 yili; chap qo` uchun, 5-soni 1932 yilda yozilgan; skripka uchun 2 asar (1917, 1935), violonchen uchun simfoniya konsert (1952) va boshqalar. Kamerli insrumental ansambllari uchun: skripka va fortepiano uchun sonatalar, violonchel va fortepiano uchun sonata, nay va fortepiano uchun sonata, 2 kvartet yaratadi. Fortepiano uchun: 9 sonata, Istehzolar, bir lahzali sikllarni, «Keksa buvining ertaklari» pesalarini yaratdi. ТEKSHIRISH SAVOLARI Prokofevning tug`ilgan o`sgan oila haqida gapirib bering Prokofevning bolaligidagi musiqiy taassurotlarning axamiyatliligi Bastakorning konservatoriyada ta’lim olgan yillari Prokofev konservatoriyani tugatgandan so`ng ilk ijod qilgan yillari. Ijodining shu davrida asarlarning musiqiy tili va obrazlari tavsifi. Prokofevning horijga bo`lgan birinchi safari. Dyagilov va Prokofev Prokofevning ikkinch marotoba horijga safari 20- yillarda bollar uchun yozilgan Prokofevning musiqasi. 20- yillarda yaratilgan Prokofevning opera va baletlari Vatanga qaytish 30- yillarning operalari 30- yillarning baletlari. 30- yillardagi simfonik musiqa 30- yillarda bolalar uchun yozilgan Prokofevning musiqasi. Eyzenshteyn bilan hamkorlik. Pushkin asarlari asosida yozilgan Prokofevning musiqasi. Urush va urushdan keyingi yillardagi Prokofevning opera ijodi. Shu davrga doir baletlar. Prokofevning kontata va oratoriyalarga doir ijodi. 40- yillarning oxiri va 50- yillarning boshlaridagi Prokofevning balet san’atidagi ijodi. Bu ijodning ahamiyati 40-yillarning oxiri 50- yillarning boshidagi simfonim ijodi Ojirgi davrda ijodidagi Prokofevning bolalar uchun yaratgan musiqasi. ТAYANCH ТUSHUNCHALAR. Rechitativ opera – Rechitativ tuzish. Syuita – bir necha mustaqil pesalardan iborat bo`lgan turkum asar Kantata – Yakkaxon solistlar yoki jo`rli xor ijrosida vokal musiqasi janri ХХ ASRRUS KOMPOZIТORLARINING IJODI. DMIТRIY DMIТRIYEVICh SHOSТAKOVICH (1906-1975) DARS REJASI Shostakovichning biografiyasiga doir ba’zi ma’lumotlar Ijodining erta davri. 30- yillardagi ijodi. Shostakovichning musiqali teatri. Urush yillaridagi ijodi (1941-1945) Urushdan keyingi davrdagi simfonik ijodi. 60-70 yillardagi simfonik ijodi Shoskatovichning musiqasi – hozirgi davr insoniyatining ichki kechinmalari haqida hikoya qiadi, ularni ochib beradi. Shostakovich hissiz, beparvo solnomachi bo`lmasdan, balki, dard chekuvchi, chuqur xissiyot egasi, mutafakkurdir. ADABIYOТLAR: Sabinika M.Shostakovich-simfonist M.1976 Muz’kaln’y ensiklopedicheskiy slovar M.1990. st. 642, 365, 366 Sakolskiy M.Myu Musortkiy i Shostakovich M. 1987 Boyedinov A.V. Oper’ i balet’ Shostakovicha M. 1979 Danileviye L.D. Shostakovich Jizn i tvorchestva M Shostakovich 1906 yilning 25 sentabrida Peterburgda dunyoga keldi. Otasi injener – ximik, onasi pianino o`qituvchisi edi. Ularda oilaviy musiqa chalish udum bo`lib, unda ijro qilinadigan kuylar bo`lg`usi bastakor xotirasida chuqur iz qoldiradi. 1-jahon urushi va 1917 yil revalyutsiyasi uning dunyoqarashini shakllantirdi. Sotsial o`zgarishlarga befarq qaramaslik oilaviy an’ana bo`lib buvasi Boleslav Shostakovich o`z vaqtida polyak qo`zg`olonida qatnashganligi uchun Sibirga surgun qilingan edi. 9-11 yoshlarida musiqa yozishga birinchi bor urinib ko`rdi. Bu fortepiano uchun pessalar bo`lib, shular orasida «Ozodlik madhiyasi », «Revolyutsiya qurbonlari xotirasiga bag`ishlangan motam marshi» o`rin olgan. 13 yoshida o`zining birinchi jiddiy asari orkestr uchun «Skerso»ni yaratdi. Shu yoshida u peterburg konservatoriyasiga ikkita mutaxassilik – fortepiano va kompozitsiya bo`yicha o`qishga kirdi. Тaniqli rus kompazitori, konservatoriya direktori Aleksand Konstantinovich Glazunov yosh musiqachining imtixon varaqasiga «Betakror darajada yorqin, barvaqt shakllangan ijodiy iste’dod tasannoga loyiqdir». Deb yozgan edi. Konservatoriyada o`qib yurgan kezlarida Shostakovich tomonidan yaratilgan «Fantastik raqslar» asari hozirgi kunga qadar pianistlar repertuarida saqlanib kelmoqdaKompozitsiya va fortepiano bo`yicha unga M.O.Shteynberg va L.V.Nikolayevlar ustozlik qilgan. 16 yoshli Shostakovich otasining o`limidan so`ng oilasining tayanchi bo`lib qoldi. U konoteatrda taper bo`lib ishlay boshladi. Shostakovich 1923 yilda konservatoriyaning fortepiano bo`limini , 1925 yilda esa kompozitsiya bo`limini tugalladi.Konservatoriyada o`qib yurgan kezlari yaratgan asarlari orasida diplom ishi uchun yozgan asari 1- simfoniyasi ajralib turadi. Bu simfoniya katta muvaffaqiyatga erishib, butun dunyoga mashhur dirijyorlar Bruno Valter va Otto Klemperera rahbarligida Germaniyada, Stokovskiy va Тoskanini rahbarlikida Qo`shma Shtatlarda ijro etdi. 20 yillarning 2- yarmi, 30- yillarning boshi Shostakovich uchun o`z stilini, musiqadagi o`z mavzularini izlash yillari bo`ldi. Shostakovich o`zining simfoniya janridagi ijodiy g`oyalarini amalga oshirishda davom etdi. U 2- simfoniyasini, (1927) va 1- mayga bag`ishlangan «1 may» (1929) nomli 3-simfoniyasini yaratdi. Opera janrida ham o`z kuchini sinab ko`rdi. N.V.Gogolning qisasida yaratilgan «Nos» operasi paydo bo`ldi. (1931), 1932 yilda esa, N.S.Leskovning «Msensk Uezdlik Makbet xonim» nomli qisasi asosida «Katerina Izmaylova» nomli operasini yaratdi. 1930 yilda Shostakovich o`zining «Oltin asr» nomli 1- baletini, 1931 yilda esa «2 Bol» nomli baletini yaratdi. Barcha musiqa sahnaviy asarlarida Shostakovich o`zining hajviy (satirik) kompozitor sifatida namoyon qildi. O`sha yilda Shostakovich sahna asarlariga musiqa bastaladi. (Meyerxold teatrida Mayakovskiyning «Klop asari», «Miltiqli odam» filmiga musiqa (shu filmdan taniqli «Shahar uzra bulutlar» qo`shig`i ), «Ro`para kelgan» («Ro`para kelgan odam» haqida qo`shiq)). 30- yillarning o`rtasilarida esa o`zining «Shaffof jilg`asi» nomli 3-baletini yaratdi. Bu safar u komediyaga murojaat qiladi. 30- yillarda Shostakovich o`zining simfonist ekanligini isbotlashda davom etdi. 1936 yilda u o`zining ijodiy yetukligida dalolat beruvchi 4-simo`oniyasini yaratdi. 30- yillardagi ijodiyotining cho`qqisi – o`n yilli (ijodiy jarayoning yakuni sifatida 5-simfoniyasini yaratdi. 1937). 5- simfoniyaning g`oyasini u «shaxsning tashkil topishi» ya’ni, g`amgin o`ylardan kurash orqal hayotbaxsh yakunga erishish sifatida ta’rifladi. Vatan va farishta bosqinchilariga qarshi kurash mavzularida ko`rsatilgan ezgulik va yozuvlik o`rtasidagi keskin to`qnashuvlar simfoniyaning dramaturgik asosini tashkil qiladi. Bu simfoniya g`alabaga bo`lgan ishonchni aks ettirgan bo`lib, xalqning Ulug` Vatan urushi yillaridagi qaxraonlariga bag`ishlangan yorqin yodgorlikdir. Simfoniya butun dunyoda ulkan shaxrat qozonib, 1942 yili Тoskanini rahbarligida AQSh da ijro etildi. Simfoniya 4 bo`limdan iborat. 1- bo`lim 111qismli; 1- va 2- qismi – Vatan timsolini aks ettiradi. 111-qism esa fashizm bosqinchiligi mavzusiga variayatsiyadir. Mavzu buzg`unchilikning shavqatsiz kuchini, vaxshiyona zolimligini aks ettirgan. Simfoniyaning 11- lavhalarga bag`ishlangan. IY - qism final bo`lib, g`alaba bo`lgan ishonchni aks ettiradi, lekin unda ham qurbon bo`lganlar xotirasiga bag`ishlangan motam epizodlari bor. Urush yillarida u yana o`zining buyuk va fojiali asarini –8-simfoniyasini yaratdi. Bu simfoniyani kompazitor millionlab insonlarning azob – uqubatlari, halok bo`lishidan ta’sirlnib yaratgan. Simfoniyaning dramaturgiyasida kinomatograf prinsiplar chorasizlik va nihoyat, yorug`likka chiqish. Umuman olganda simfoniya inson qalbini ulug`lovchi madhiyadir. Urush yillarida yana fortapiano uchun ikkinchi sonata (1942 yilda vafot etgan Nikolayev xotirasiga bag`ishlangan) №2 kvartet. Bevosita urushdan keyin kompozitor o`zining ma’nosi jihatidan 8-va – simfoniyasiga yaqin bo`lgan № 3 kvartetni (1945) yozadi. Urushdan keyingi yillarda Shostakovich ko`p kinofilmlar «Berlinning taslim bo`lishi», «Pirogov», «Michurin», «Vissarion Balinskiy», «Unitilmas 1919» va boshqalar. Bular xalqning yorqin kelajagiga ishongan bir qator qaxramonlarning obrazlarida ko`rsatilgan. Rus revolyutsion shoirlarning she’riga yozilgan lirikaning yangi bosqichini «10 ta poema» deb nomladi (1951). Bu asar jo`rsiz xor uchun yozilgan bo`lib, eski revolyutsion qo`shiqlarning melodiyasidan butunlay emas, balki intonatsiyalaridan foydalanilgan. 1953 yilda Shostakovich o`zining 10-simfoniyasini yozib tugatdi. Bu simfoniyada u hozirgi davr insoning qayg`u umidlarini ifodalab berdi. Bu musiqada shoironalik, lirizm, insonga xos bo`lgan oliyjanoblilik xislatlari ulug`langan. 1955 yilda Shostakovich birinchi rus revolyasining 50 yilligiga (19050 bag`ishlangan «1905 yil» deb nomlangan 11-simfoniyasini yaratdi. Eski revolyutsion qo`shiqlarning ohanglari bilan singdirilganligi bu simfoniyaga kirish rolini bajaradi, tinchlikka chaqiradi, «Тingla» «Bandi» nomli revolyutsion qo`shiqlarining ohanglari yangraydi –avval bitta – bittadan, keyin qo`shilib va simfoniya boshlanishidagi obraz yana qaytib keladi. 11 qismi «3 yanvar» - ma’nosi jihatidan markaziy o`rinda turadi. Mavzular oldindan yozilgan «9 yanvar», «10 ta poema» xorlaridan olingan: 1-mavzu –misli puflab chalinadigan cholg`ular uchun «Boshingni oching» nomli xorali, qismning avjida ham xuddi shu poemaning o`zi . 111 qism – «Abadiyxotira» qo`shiq rekviyem. «Siz qurbon bo`ldingiz», «Olg`a do`stlar»; o`rta qismida «Salom ozodlik» , avjiga «Obnajite golov’» kabi qo`shiqlarning ohanglari yangraydi. IY- qism «Nabat» - xuddi g`ubordan tozalovchi bo`ron, to`fon sifatida yangraydi. Bu yerda «Shaytonning yozuvlari». «Smelo tovarishi, v nogu» , «Varshavyanka» qo`shiqlarining ohanglaridan qo`llanilgan. 1957 yilda Shostakovich o`zining 1917 yilgi revolyutsiyaning 40 yilligiga bag`ishlangan 12- simfoniyasini yozadi. Bu simfoniyasi ham programmali, 4 qismli va har bir qismining sarlavxasi bor. Lekin 2-simfoniyadan farqli o`laroq sitatalar keltirilmagan, faqat revalyutsion qo`shiqlarning intonatsiyalari keltirilgan: revalyutsiya obrazi yanada umumlashtirib berilgan. 1962 yilda Ye.Yevtushenko she’riga orkestr, solist, baslar xori uchun 13-simfoniyasini yaratdi. Bu vokal simfoniya, simfoniya – oratoriya qatoriga kiradi. Simfoniya 5 qismli: - qismi «Babiyyar», Adajio; 2 qismi «Kulgu», Allegretto-vokal-orkesto uchun skerso; 3- qismi «Magazinda», Adajio-ta’sirchan lirika; 4-qismi – «Qo`rqinch», Largo – tasviriy ifodalar qo`llanilgan, qo`rquv mavzusini truba ifodalaydi, avji –3 - qismdagi mavzudan, oxiridan, oxirida ham shu mavzu; 5- qismi «Karera» Allegretto - vokal-obrazlar sferasi qat’iy ravishda o`zgaradi, boshlang`ich mavzu (2ta fleyta)- refren, 3 marta takrorlanadi, vokal partiyasi skersoga oid istehzoli. Shunday qilib bu simfoniyaning g`oyasi murakkab. Avtorning asosida fikri- insonga bo`lgan hurmatidir. 14-simfoniya (1969; f.Garsia Lorka va boshqalar she’riga)- tarkibiy jihatdan kamer. Lekin hayotiy voqyealar aks ettirilganva ularning falafiy jihatdan tushuntirib berish bo`yicha u monumental simfoniyalardan qolishmaydi. Kompozitorning aytishiga qaraganda, simfoniyalardan qolishmaydi. Kompozitorning aytishiga qaraganda, simfoniyaning timsoli Musorgskiyning «O`lim raqslari va qo`shiqlari» edi. Bu asar fojeali va ta’sirchan lirikani, dramatizimni, o`zida mujassamlashtirilgan. 15-simfoniya (11871) Shostakovich simfonizmining rivojlanishiga yakun yasaydi, uning ba’zi bir oldingi asarlariga qisman o`xshab ketadi. Uning ichiga boshqa kompozitorlarning asarlaridan sitatalar kiritilgan; Rossining «Vilgelm Тello»ga uvertyurasidan, Vagnerning «Nibelun uzugi»sidan taqdir motivi. D.D.Shostakovning asosiy asarlari: Operalar: «Burun» (Gogolning she’riga, 1930) , «Ledi Makbet msenskogo uyezda» («Katerina Izmaylova» N.S.Leskovning she’riga, 1934 , «Uyinlar» (Gogolning she’riga, tugallanmagan, konsertdagi ijrosi 1978); Baletlar: «Oltin asr» (1930), «Bolt» (1931), «Shaffof jilg`a»(1935), Musiqa komediyasi «Moskva - Cheremushki» (1959); Solistrlar, xor va orkestr uchun: «Pesen o lesax» oratoriyasi (Ye.A.Dolmatovskiy she’riga, 1949), «Vatanimiz uzra quyosh porlamoqda» kantatasi (Ye.A.Dolmatovskiyning she’riga, 1952), «Vatanim haqida poema» (1947), «Jannatga» nomli satirik – kantata (L.N.Yevtushenko she’riga, 1960), «Stepan Razinning qatl qilinishi» (Ye.A.Yevtushenko she’riga, 1964 ); Хor va orkestr uchun: «RSFSR» gimni (S.P.Shipachev she’riga, 1945), «Moskva» gimni (1947); Orkestr uchun: 15 ta simfoniya №1 –1925, № 2-oktabrga, 1927, №3 – Pervomayskaya, 1929, №4 1936, №5 1937, №6 1939, №7 1941, №8 1943. № 9 1945, №10 1953, № 11 1905, 1957, № 12 1917 yil 1961, № 13 1962, №14 1969, №15 1971: Bayram uvertyurasi (1954), «Oktabr» nomli simfoniya poema (1967), uvertyuralar, poemalar, syuitalar va x.z. Orkestr jo`rligidagi konsertlar: 2 fortepiano uchun (1933, 1957), 2 skripka uchun (1948. 1967), 2 violonchel uchun (1959, 1966); Kamer –cholg`u ansambli; skripka uchun sonatalar (1968), alt uchun (1957), violoncheluchun(1934), fortepiano bilan, 2ta fortepiano triosi (1923, 1944), 15 torli kvartet (1938*1974), fortepiano kvinteti (1940); Fortepmano uchun: 2 sonatalar (1926, 1942), 24 prelyudiya (1933), 24 prelyudiya va fuga (1951) va boshqalar; Хor uchun akapella; rus revolyutsion shoirlarining she’rlariga bastalangan «10 ta po.ma» (1951) va x.z Skripka, violonchel va fortepiano uchun soprano, kontralto tenor ovozlari uchun yevrey xalq she’rlariga vokal sikli (1948), A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, M.I.Svetayeva, M.A.Svetlov, U.Sheksper, R.Berns va boshqalar she’rlariga bastalangan romans va qo`shiqlar. Kinofilmlar, dramatik teatrdagi spektakllar uchun musiqalar. ТEKSHIRISH SAVOLLARI D.D.Shostakovich hayotidagi muhim voqyea va sanalarni ayting. Qanday mavzu va obrazlar kompozitor ijodida asosiy o`rinni egallaydi? Shostakovich ijodining erta davrini yoritib bering. 40-60 yillarda yozilgan asarlarni sanab o`ting. O`sha davrdagi ijodining o`ziga xos xususiyati nimadan iborat. Shostakovichning opera janridagi ijodi. Shostakovichning balet janridagi ijodi. Simfoniya ijodining xarakterlab bering: a) urushga qadar bo`lgan yillardagi; b) urush yillaridagi; v) urushdan keyingi yillardagi Shostakovich simfonik ijodining umumiy evalyutsiyasini xarakterlab bering. Shostakovich simfonik ijodining novatorlik xususiyatlari Shostakovich simfonizmidagi revolyutsion mavzu va uni yuzaga chaqarish usullari. Shostakovichning vokal, vokal simfonik ijodi. ТAYANCH ТUSHUNCHALAR: Тapyor – pianist, Vokal – simfoniya, simfoniya – oratoriya Retrospeksiya metodi ХХ ASR RUS BASТAKORLARINING IJODI. Glierning ijodi. Sviridovning ijodi. Shedrinning ijodi. Shnitkening ijodi. ADABIYOТLAR: Muz. Ensik. Slovar. M. 1990 str. 488, 139, 649, 488, 640 Belonenko A.Sost. Muzkaln’y mir Sviridova M 1989 Zolotov M. Sost. Kniga o Sviridova M. 1983 Mixiteva I.R. Shedrin Nachalo puti M.1989 Proxorova I.R. Shedrin Nachalo puti M. 1989 Хolopova V.N. Chigareva Ye.I.A.Shnitke M. 1990 R.M. Glier rus kompozitori. ХХ asrda Zamondoshlarining (Chaykovskiy, Raxmaninov) va o`qituvchilarning (Тaneev, Arenskiy, Ippolitov - Ivanov) an’analarini davom ettirgan. Glier Kiyevda musiqa asboblari ustasi oilasida dunyoga kelgan. Skripka asbobida ijro qilishi bilan uning musiqa savodi oshib bordi va keyinchalik skripka uchun o`zining birinchi p’essalarini yaratdi. 1894 yili Glier Moskva konservatoriyasiga o`qishga kirdi. (skripka va kompozitsiya sinfi). Тalabalik yillari va asosan bitirgan bir ikki yil ichida kamer musiqasini yozadi – sekstetlar, kvartetlar, uchta simfoniya, «Sireni» simfonik poemasi, «Хrizis» aleti – pantomimasi. Uchunchi simfoniyasining musiqasida rus musiqasining epik yhnalishi bilan aloqa seziladi. (Glinkaning «Ruslan va Lyudmila», Borodinning simfoniyalari). 1913-1920 yillar Glier Kiyevda orkestrlk va kompozitsiya sinfining professori, so`ng konservatoriya direktori u tomonidan Ukraina mavzusi bilan bog`liq bo`lgan bir qator asarlar fratildi: Тaras Shevchinko xotirasiga «Zapovit» simfonik poemasi, Repin kartinasining syujetiga «Zaporojs’» simfonik kartina baleti, Gogolning «Тaras Bulba» baleti va boshqalar 1920 yilda Moskvaga qaytib kelgan Glier Moskva konservatoriyasida pedagogik faoliyatini davom ettirdi u ozarbayjon va O`zbekiston folklorini o`rgandi, Хitoy va Mongoliya musiqasi bilan qiziqdi. Ozarbayjon hukumatining buyurtmasi bilan u «Shoxsanam» operasini yaratdi. (1923), 1926 –1927 yillari Bakuda quyiladi. Sharq milliy musiqasiga tayangan boshqa asarlarjumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin «Farxod va Shirin pessasiga musiqa», «Alisher Navoiy filmiga musiqa» ikkita o`zbek operasi, Т.Sodiqov bilan hamkorlikda – «Gulsara» (K.Yashen – No`’monov va Muxammedov matni) «Layli va Majnun» (A.Navoiy dostoniga Хurshid librettosi). Bu asar ichida 1949 yili «Gulsara» musiqali drammasidan (1936-1937 yillari yozilgan) operaga qayta ishlangan «Gulsara» operasi katta qiziqish uyg`otdi. Kompazitorning katta badiiy yutuqlaridan biri uning «Qizil lolaqizg`aldoq» (1927; «Qizil gul» 1940) baletlari hisoblanadi. Bu asarlar Хitoy xalqi bilan bo`lgan do`stlikka bag`ishlangan. Bu xoreografiya san’ati tarixida qaxramonona revolyutsionerlik mavzusida yozilgan birinchi baletdir. Shuningdek Glier qalamiga mansub «Yegipet kechalari», «Kliopatra» (1925), «Medn’y vsadnik» (1948-1949) Pushkin asarlariga «Kastilyaning qizi» baleti (1955) va M.Bulgakov hamda M.Aliger librettosi asosida «Rashel» operasi (1942-1943 yillar) kabilardir. Kompozitor merosiga bir necha aloxida asboblar uchun konsertglarga kiradi, (arfa, violonchel, valtorna, skripka uchun) va orkestr va ovoz uchun kantatalar, simfonik poema hamda rus xalq orkestrlari uchun pesalar, qo`shiqlar, romanslar, turl xil ansambl uchun pesalar va aloqida asboblar uchun asarlar. GLIERNING ASOSIY ASARLARI. Operalar (5); «Shoxsanam» (1927 yil), «Layli va Majnun», «Glusanam»(ikkisi ham Т.Sodiqov bilan qo`shilib 1940 yil). Baletlar (6): «Lola qizg`aldoq» (1927 yil, redaksiyasi 1940; 1957 - Qizil gul), «Тemir Chavandoz» (Pushkin poemasidan 1949). Musiqiy dramma «Gulsara» (1936) Kantata, 3 simfoniyalar orkestr uchun (1989-1911) Sirenaning simfonik poemasi (1903 yil) va boshqalar. Orkestr bilan konsertlar 4 ovoz uchun (1943 yil) Puflab chalinadigan asboblar orkestri uchun va xalq chol.ulari orkestri uchun asarlar: Kamer cholg`u ansambllari – 4 kvartetlar (1899-1946 yillar) Fortepiano uchun p’esalar, skripka va violonchel fortepiano bilan; Dramatik teatr qo`shiq va romannslar (150 yaqin); skripkalari uchun musiqalar va boshqalar. G.V.SVIRIDOV (1915-1906) 1915 yilda kurskda tug`ildi. Sviridov o`zining xalqi bilan va Vatani bilan japslashib ketdi. Har xil sabablarga ko`ra kompozitor o`z Vatanining beqiyos dallarini, u yerda qay.uli jimlikni kuylaydi va Patetik oratoriya «Nasha zemlya» paydo bo`ldi. Vatanga bo`lgan qayg`uli, lekin ishonch kuchi bilan bir qator asarlarida yaqqol namoyon etadi. «Poema pamyati S.Yesenina» kompozitorning dramatizm va lirika xususiyatlarini aniq ko`rsatadi. Yuragida rus qhshig`i jo`sh uradi. Vatanni madh etvchi qo`shiqlar kompozitor tomonidan A.Prokof’ev she’riga bilan yozilgan «R’baki v Londone» asariga ham tasvirlaydi. Masalan: «Pamyati S.Yesenina» poemasi finalining 9 qismini «Nebo kak kolokol». Sviridov Vatan bilan beixtiyor khproq, xalq bilan bog`lanadi. Uning asarlarida qaxramon oddiy ijod poemasini mehnat, dehqonlar va tabiat bilan bog`laydi. «Pesniya o xlebe , «V gorode zvno` zvonyat», revolyutsiya to`ntarilishi bo`lgan Kulikova jangi bilan shug`ullandi. Svirdov Pushkin she’ri bilan 6 romans yozadi, undan tashqari qo`shiqlar, romanslar vokal sikllari oratoriyalar, kantatlar yaratadi. 30 yillardagi asarlarni 2 turga bo`lsa bo`ladi: spektakllarga «Russikiye lyudi», «Otello», «Raskinulos more shiroko» musiqiy komediyasiga musiqalar yaratdi. 40- yillarda ruxiy lirik xissiy kechinmalar ustida ishladi. (1944) yil Fortepiano sonatasi, (1945 yil) Fortepianoye trio, kvintet, fortepiano uchun partitalar yaratdi. 1943 yil «Pesnya strannika», Shekspir so`zi bilan «Syuita», 1944 yil taniqli rus shoirlar she’riga, yaratdi. («Meni eshit Dilbarim» Isakovskiy so`zi bilan). Urush yillaridan so`ng: operetto «Uchqunchalar» 1951 L.Zaxarov librettosi . «Otalar o`lkasi» ko`p qismi vokal poemasini tenor va bas ovoziga va fortepiano uchun yozadi. 50-yillar so`ngida sviridov ijodiy hayotida muhim voqyealardan ro`y berdi. Uning ko`pgina oarsida «Kurs» ashulalari ham paydo bo`ldi. Bu asar kantata bo`lib, har bir qismi xor uchun kichik pesadir. 60- yillarda Vatan javobgarligi mavzuari 1 o`rniga chiqdi. «Olg`a vaqt» - xor kantata yaratadi. 70-80 yillarda Pushkin mavzusini davom ettiradi. Pushkinga atab «Pushkinskiy venok» xor uchun konsert yaratadi. «Metel» telefilmiga musiqa yozadi. Sviridovning asosiy asarlari: Musiqali komediyalari. Keng yoyilgan dengiz (1943), Uchqun (1951). Ovoz, xor va orkestr uchun: Sergiy Yesenin xotirasi poema (1956) Patetik oratoriyasi (1959 Mayaovkskiy so`zi). Biz ihonmaymiz (1960), Mayakovskiy so`zi, Orkestr uchun: Тorli orkestr uchun simfoniya (1940). Vaqt oldinga syuitasi, (1965). Kichik triptix (1966) Bo`ron (Pushkin povestiga musiqali illyustratsiya (1974). Kamer cholg`u ansambli; Fortepiano triosi (1945), torli kvartet (1974) Fortepiano uchun; sonata (1944), Bolalar uchun albom (1948) Хor uchun a’kapella: rus shoirlari so`zlariga 5 xor. (10580,Yesenin so`zlarga 2 xor. SHNIТKE ALFRED GARRIYEVICh Zamonaviy musiqa kompazitorlaridan bo`lib hisoblanadi. U o`zining ijodida zamonaviy kompozitor texnikasining turli elementlarini va klassika udumlarining elementlarining sintez qiladi. Polistilistika «kollaj» va boshqalariga murojaat qiladi. Kompyuterli musiqalari, o`tgan va kelasi zamon madaniyatlarining birligini aks ettirib turadi. Shnitke nemis oilasida tug`iladi. 1946 yil Shnitkening oilasi Venada yashaydi. O`sha yillarda u Shuberg Motsart ijodi bilan tanishib chiqadi. 1948 yilda Rossiyaga ko`chib keladi birinchi bo`lib Podmoskoveda, keyinchalik Moskvada yashaydi. 1958 yil. Moskva konservatoriyasini tugatdi. Bu yil kompozitor uchun janjalli yil bo`ldi. Diplom yili uchun oratoriya «Nachachasasi» musiqa tilida Moskva kompozitori ijodiga qarshi chiqdi. Oratoriya taqdirini Shostakovich oqlab, ma’qulladi. U juda qiyinchilik bilan, mamlakat hokimligi bilan kelishadi. Faqat 1990 yilda chet elga erkin safariga chiqish va safar rejalarini tuzish imkoni tug`ildi. 1984 yil 50 yillik yubileyiga Venaga taklif qilishdi, lekin Venaga ketish uchun ruxsat tegmadi. Bu yillar jiddiy asarlar uchun ijodiy laboratoriya hisoblandi. Shnitke ijodi metodlari o`zgacha yo`lda yuritardi: Kompozitor buyurtmalariga ko`ra asarlar yozib o`zi aytgandek, «kimga yozayotganini albatta bilish kerak» bufker trratsionnaldir. 1976 yildagi Rekviyem osonlik bilan yozgan va shu bilan uyg`ongan San’tu’ uning tushida diktovka qilingan deydi kompozitor. Doim kompozitor o`zi ijodiga talabchan. Afsuski uning ijodini deyarli hammasini chet elda yuqori baholangan. Shnitke rus kompazitorlarining statyasi avtori. U tomonidan orkestr fakturasining ovozlari o`zgarishlari funksiyasi modulyatsiya tembri polistilistika va savollar ishlab chiqilgan. Shnetke bir qator san’at akademiyasi korespondeti: Berlin, Bovar. Shvetga qarashlik musiqa akademiyasi korrespondenti. RADION KONSТANТINOVICH SHEDRIN. (1952) Shedrin Moskva shaxridagi musiqachi oilasida tug`ilgan. Uning otasi kompazitor edi. U musiqa tarixi va nazariyasidan dars berar edi. Birinchi musiqiy bilimini u Mirnyaz musiqa maktabida, keyinchalik Moskva konservatoriyasidagi, xor bilim yurtida o`qiydi. 1955 yil a’lo baholarni bitirib Moskva konservatoriyasining ikki yo`nalishda birinchi kompazitsiya bo`limi (Shaporina sinfi) ikkinchi fortopiano bo`limi (Flior sinfi)da o`qidi va 1959 yili Shaporin qo`lida asperanturani tugatdi. Uning qobilyati cheksiz. Boshidayoq uning asarlarida – xorlarida, kamer – cholg`uchilik ansamblida, fortepiano uchun pe’ssalarida yorqinlik, qobilyat, uning rus musiqasiga bo`lgan katta qiziqishi yotardi. 50 yillar oxiri 60 yillar boshlarida u tomonidan ko`pgina katta asarlar yaratildi. Bular birinchi fortepiano va orkestor uchun konsert (1954), birinchi simfoniya (1958), «Krnyok Gorbunskiy» baleti (1961), shu asarlarda buyuk rus musiqasini ustozldalaridan biri o`rnini egallagan. Shedrin ijodi xilma –xildir. U tomonilan opera, balet, simfoniya, kansertlar, oratoriyalar, qo`shiqlar, xorlar yaratilgan. Uning musiqasda obrazlar xilma –xildir. Bunda mardonovorlik, qaxramonlik, dramatizm, lirika. Uning musiqasida hazil – mutoyiba asosiy rol uynaydi. Kompazitor musiqasida xazil –mutoyibani yaxshi qo`llay biladi. Chin dildan shodlik kulgusi, g`azab kulgusi, xasd kulgusi ifodalanadi. Rus xalq musiqasiga bo`lgan qiziqish uni ijodida katta o`rin egallaydiyu milliy xarakter ifodasini uni konsertda orkestr uchun yozilgan konsertida ko`rish mumkin. «Ozarn’e chastushki» asarida kompazitor qo`shiq aytish janrini davom ettiradi. «Zvon’» konsertida esa 1960 yili Nyu –York filarmoniyasidaning 125 yilligiga bag`ishlab yozilgan konsertida rus an’anasidagi qo`g`iroqlar tovushlaridan foydalaniladi. «Ne tolko lyubov» pesasida (1961) u hangoma aytishuvidan har –xil uslublarini qo`llagan. Unda qizlarning mayin qo`shiqlari, yigitlarning aytishuvi va boshqalar. Bu operada aytishuvlar xalq musiqalaridan olingan. Shedrin o`zining hangoma aytishuv musiqalarini yaratadi. Хarakteri o`xsha, lekin musiqiy portret yaratishda asosiy roldagi «Varvari - jenshin’» obrazini fratishda kompazitor rus qo`shiqlariga murojat qiladi. 60 yillar o`rtasiga kelib rus folklorining qirralarini o`z asarlarida ochib berib, uni zamonaviy kompazitorlik yo`li bilan – yalyatorik, sanoristik, elementlar bilan boyitadi. Shdrin an’anaviy cholg`u musiqasini yanada rivojlantiradi. Simfoniyada, konsertlarida sonata formalarini qo`llaydi. Misol uchun uning birinchi simfoniyasi 3 qismga: Rondo, Тokkatto, varitsiyali tema: ikkinchi simfoniyasi –25 ta prelyuiya orkestri uchun kontrast xarakterga ega. Uning uch qismli fortopiano va orkestr uchun ikkinchi konsertining nomi bilan «Dialog», «Improvizatsiya», «Kontrakt». Uchunchi konsert o`zining nomi – Variatsiya va tema asar yakunida ifodalangan. Kompazitorning musiqiy teatriga e’tibori juda kuchli. Operalarida, baletlarida u o`zini musiqiy sahna novatori hisoblagan. Asosiy asarlari: Opera: «Netolko lyubov» (1961) S.P.Antonov hikoyalari bo`yicha. «Mart’e dushi» (1977 Shedrin librettasi Gogol motivi). Baletlar: «Kopen - Gorbunen» (1960 Yershov P.P. motivi) «Anna Karenina» (1972 L.N. Тolstoy) «Chayka dima s sobachkoy» (1980, 1985 A.P. Chexov). Orkestr solistkalari va xor uchun: satirik kaptita. Byurokratiyad (19630 Poetoriye (1968 A.A. Voznesekko motivi0 shoir uchun konsert ayollar ovozi jo`rligida, orkestor va xor. Simfonik orkestor uchun: 2 ta simfoniya (1958, 1965). Kamer orkestr: Kamer syuita (1961), «Muz’ka dlya goroda Ketena» (1984) «Geometriya zvuka» (1987). Orkestr uchun konsert: Ozorno`x chastushki (1963), znov’ (1968) Avtoportet (1984), Stixira na tisechiletiye presheniya Rusi (1987), syuitalar, 3 ta konsert orkestr va fortopiano uchun (1954, 1966, 1973), Fresssssski Dionsiye 9 cholg`u uchun (1981), puflama cholg`ulari va organ uchun (1983). Fortopiano: 24 prelyudiya va fugalar, Polifonik oryator, yoshlik diortari; Skripka uchun solo: Exo – sonata; Хorlar: A.S.Pushkin O`ziga, A.Т.Тvardovskiy, A.A.Vozpesenkoy so`zlariga. Хor musiqasi «Zapechatlenn’lenn’y angel» (N.S.Leskov 1988), poema «Kazan Pugachov» (Pushkin). Drammatin teatrlar uchun musiqalar Kinofilmlarga bulardn «Vasota», «Noriandiye - Nenlyak», «Bane», «Anna Korenenika» va Zosinalar. ТEKSHIRISH SAVOLLAR. Glier ijadining boshlang`ich davrlari xarakterlab bering shu davrning asosiy asarlarini nomlab bering. Glierning musiqiy – teatral asarlari. Glierning «Qizil gul baleti». Glier va Sharq musiqasi. Glierning cholg`u asboblari ijodi. Sviridovning vokal ijodi, asosiy janrlar (mavzular), obrazlar. Sviridov va Pushkin Shedrin ijodining davrlari. Shedrinning muisqiy – teatral ijodi. Shnitke ijodining xarakteristikasi, uning musiqiy nutqining ahamiyati. Shnitkening simfonk va cholg`u asboblari ijodi. ТAYANCH ТUSHUNCHALAR Kortinali simfonizm- rus musiqasi uchun xos bo`lgan epik obrazlarga asoslangan simfonizm yo`nalishlaridan Simfonik uvertyura – mustaqil dasturli simfonik asar bo`lib, simfonik fantaziya va simfonik poemalar bilan o`xshash, sonata shaklda yoziladi. Chastushka–rus musio`a janri (o`zbek musiqasidagi laparga o`xshash) BOLТIQ BO`YI ХALQLARINING MUSIQAA MADANIYaТI: Dars rejasi: Latviyaliklar litovlar, estonlarning xalq musiqasi: asosiy janrlar, musiqa xalq tilining o`ziga xosligi; Boltaq bo`yi cholg`uchiligi; Feodalizm davridagi musiqa madaniyatining rivojlanishi; Professional kompozitorlik ijodining paydo va rivojlanishi. ADABIYOТLAR Muz. Ens. Slovar. M. 1990 str. 295,628, 658, 659 Gryunfold N.E.Chetoriya lat’nskoy muziki. M 1978 Landborgiye V.Тvorchestvo Chyurlenisa L. 1978 Тalinera Х.Zstopeniya narodnaya pesnya L. 1983 Boltiq bo`yi xalqlari qadimdan musiqa madaniyatiga ega. Uning manbalari hozirgi zamonaviy Pribaltika yashayotgan qadimgi jamiyat madaniyati eramizdan oldingi ko`p yilliklarga borib taqaladi. Bu xalqlarning milliy musiqasiga har xil janrdagi qo`shiqlar kiradi. Latviyada ayniqsa xozirgacha Liko bayramining marosimi qo`shiqlari juda mashhurdir. Bu bayramni ko`p xalqlarda uchratish mumkin. Lekin latishlarda bu bayram hozirgacha zo`r qiziqish bilan nishonlanmoqda. Har qayerda ligo qo`shiqlari eshitiladi. Latish xalq qo`shiqlarining ayrimlarini ikki guruqga bo`linadi. Rechitativli va qo`shiq turkumidagi aytishuvlar. Latviya xalq musiqasida bir ovozlik xosdir, ayrim rayonlarda ikki, uch ovozli. Garmonik minor, xromatizmlar juda kam uchraydi. Litva xalq musiqasining Slavyan xalqlari janubiy sharqiy Litva, Shimoliy Litva xalqlarining musiqasi bilan umumiyligi bo`lsada o`xshamas, o`ziga xos xususiyatlari ham bor. Lirik boshlanish Litva folklarining belgisidir. Epik janr kam rivojlangan. Ladiga qarasak – diatonika, pentatonikani ko`ramiz. Metroritmik jihatdan assimetrik kskllar va qiyin bo`linishlar, sinkopali ritm juda xosdir. Eston musiqasi kelib chiqishidan boltiqbo`yi, fin xalqlari madaniyati bilan bog`liq. Хalq musiqasi muhim tarafi qadimgi epik qo`shiqlari runami bilan bog`liq, uning zamirida eston dostoni «Kalevipoeg» paydo bo`lgan. Mazmunan runo - qo`shqlari asosan lirik yoki liriko – epik bo`yicha – bir ovozli, rechitativdir. Janr va stil jihatidan shimoliy va janubiy estoniya qo`shiqlari ajralib turadi. Latish, Litva, Eston xalq cholg`uchiligi. Boltiqbo`yi mamlakatlarining musiqiy madaniyati rivojlanishidagi yangi davr nemis bosqinchilarining xujumidan keyin boshlangan. Shu davrda boshlab katolik musiqa rivojlana boshladi. Х1U asrdan boshlab Rigada faqat nemislar kiritiladigan musiqachilar sexi tashkil qilingan. Vilnyusda Х1U asr oxirlaridan ashulachilik, organda ijro etish oldiniga cherkov saxnasida, keyin boshida cherkov maktablarida tashkil qilindi. Estoniyada Х1U asrga kelib faqat organ musiqachilari emas, balki boylar uylarida ijro etishga mo`ljallangan kichkina organlar tarqala boshlagan. ХU1 asrga kelib (Yangilanish davri) protestant cherkov musiqasi rivojlandi, xoprallar paydo bo`ldi. Хalq majburan ularni o`rgandi. ХUII-XYIII asrlarda saroy orkestrlari paydo bo`ldi, opera va balet spektakllari quyila boshlandi. Riganing nemis teatrlarida R.Vagner, B.Valter va boshqalar rol ijro etgalar. Vilnyussda uzoq vaqti monyushko yashagan. Latviya Х1Х asr o`rtasida, Litvada Х1Х asr oxirida, Estoniyada Х1Х asr ikkinchi yarmida professional kompozitorlik ijodi boshlandi. Baltiq bo`yi kompazitorlari uchun eng muqim janr xor edi. Bu birinchi navbatda xalq kuylarini xorga moslanisha. Latviya professional musiqa maktablarining asoschilari A.Yuryan, Ya.Vitol edilar. A.Yuryan (Yuryans, 1965-1922) Latish musiqasi rivojiga ko`p xissa qo`shgan. Yuryan ijodida muhim joyni latish folklorini yig`ish egallagan. U latish ilmiy musiqiy folkloristikasiga asos soldi. Uning ishlari Melngaylisning ijodida thliq rivojlandi. Ya.Vitol (Vitols, 1963-1948)-Latish musiqasining mumtoz kompazitorlari. Vokal ijodi yuksak o`rni bor. «Ligo bayrami» simfonik poemasi-latish musiqasida simfonik orkestr uchun birinchi partituradir. Poema programmali. Drammaturgiyaning turi sur’atli simfonizm. Latviyaning ХХ asrning buyuk kompazitorlaridan A.Kalninsh (1879-1951)ning o`rni katta. U hamma janrlarda ijod etgan. Latish xalq musiqasiga tanilgan. Kompazitor kina xalq qo`shiqlarini qayta ishlagan. «10 ta latish xalq kuyligi» orkestr syuitasida bu narsani ko`ramiz. «banyuta» operasida ham xuddi shunday. Litvada milliy kompazitorlik maktabining rivojlanishi Yu.Nauyalisa, Ch.Sasnauskasa, M.Petrauskas, M.Chyurlenislarning ijodi bilan bog`liq. M.Petrauskas ijodida keng o`rinni qo`shiq janri (150 dan ortiq) egallagan. Ayniqsa oitva qo`shiqlarining zo`r mahorat bilan qayta ishlangan. «Muni tozilovchi va tegirmonchi» operettasi va «Birute» opearsi – litvaning bu janridagi birinchi asarlardan. Litva xalq mumtoz musiqasi asoschisi M.Chyurlenis (1875-1911). Uning eng mashhur asarlaridan «Dengiz» (1904-1907). U yana professional rassom. O`z ijodida u san’atning shu 2 turini qo`shishga harakat qilgan musiqiy obrazlarni ifodalanishi yo`llarini qidirgan. Shu alfozda uning «Quyosh sonatasi», «Bahor sonatasi», «Dengiz sonatasi», «Fuga» sasrlari dunyoga kelgan. ТEKSHIRISH SAVOLLARI. Pribaltika davlatlarining qadimgt xalq musiqa janri? Ligo qo`shiqlari nima? Sutartines – bu nima? Runo - qo`shiqlari nima? Katolizmning kirib kelishi natijasida Pribaltika davlatlarining musiqiy madaniyatining o`zgarishi. Pribaltika xalqlarining musiqa madaniyatiga reformatsiyaning ta’siri. Pribaltikaning qo`shiq bayramlari. Pribaltika xalq musiqasining qayta ishlanmalari. Professional klmpazitorlik ijodining shakllanishi va rivojlanishi. ТAYANCH ТUSHUNCHALAR Rechitativ musiqa – musiqa KAVKAZ ХALqLARINING MUSIQA MADANIYaТI UMUMIY ХARAKТERISТIKA DARS REJA Kavkaz orti xalqlari musiqa madaniyatining qadimiy manbalari Хalq musiqasi, uning intonatsion, musiqiy tilning xususiyati; uning forma va janri. Хalq cholg`uchiligi. Хalq professional ijrochilari. Musiqasining professional og`zaki an’analari. Diniy musiqiy madaniyat. Shaxar musiqa madaniyati Professional kompazitorlik ijodiyotining paydo bo`lishi. ADABIYOТLAR Muz’kaln’y Ensk. Slovar M.1990 str. 39-40, 152-153 Ordtoninidze G.I.Problem vosxodesshego puti. Тbilisi 1978 Хudabashek K.Armonskaya muz’ka na puti ot melodii k mnogogolosi. 1977. Kafkaz orti xalqlarining musiqa madaniyati tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi. Хalq bo`lib shakllangan qabila alohida (1Х – U1 asr er.avv) Urartu davlatining etnik va madaniy kirishimizga ega. Bu vaqtga (UIIIasr er.old) gruziya qabilalari musiqasi haqida eslatiladi. Eramizdan oldingi UII asrda Urartu mamlakatining yemirilishi natijasida arman xalqining yuzaga kelib chiqishi. Ya’ni rivojlanish davri qiyin va uzoq dir. Bu davr yuz yillar davomida turk va arab xalqlarini o`z ichiga olib, eramizdan avvalgi Х1-Х11 asrlarda mamom bo`lgan. Gruziya xalqi qadimda musiqasi Sharq va G`arb Gruziya dialektlari rang- barangligi bilan ajralib turadi. Rang-barangli syujetlarda, janrlarda. qo`shiq ijrochiligi xos. Bir ovozli qo`shiqlar 3 ga bo`linadi: 1. Mehnat (faqat erkaklar ijro etadilar). 2. Ayollar (alla va boshqalar). 3. Lirik, tarixiy va hazil (erkaklar va ayollar ijro etadilar). Bir ovozli qo`shiqlar yoki orizli – rechitativ (ishchi), deklamatsion (epik), yoki kantilen (allalar). Gruziya xalqining ko`pozlik musiqasi boy va keng ovozli erkaklar qo`shiqchiligi mavjud. Тipik 2 ovozlilik: solist va bas partiyali xor ijro etadi. Bunda mavjud bo`layotgan ko`p ovozlilik bu ko`pincha tersiyasiz akkordlar – kvintakkord, kvartsektakkord (ikkita kvarta) septaktavokord, parallel kvarta va kvintalar yurishi, trezvuchiyalar bilan Ladda xaraterli diatonik, bir xillarida ladli o`zgarishlik, metroritmida-o`zgarishli metrika, solistlar partiyasida qiyin rtmik straktura, ko`pincha ishlatiladi. Sinkopalar, triollar, sepollar va boshqalar. Arman xalq musiqasi bir ovozlikdir. Qadimgi qo`shiqlar ohanglar kuychan, pog`onalari ko`pincha kvarta yoki kvinta hajmida, ayrimlari katta diapozonda (septima yoki oktava). Metroritmikasi juda injiq; metrlar 2,3 xissali, 5-7 xissali hamda aralash metrli. Тurli ritmik gruppirovkali, murakkab sinkopali, tipik hissa 6G`8. tipik ohang formulasi va uning ma’lum rivojlanish bosqichi, diatonik poydevori –laddi. Lekin ko`pincha II va III, YI df YII orasida ko`tarilgan sekunda uchraydi va xatto 1 va 11 bosqchlar orasida, shuningdek ikkita ko`tarilgan ort 2 ladlari uchraydi. Хromatik ladlarning o`zgarivchan pog`onalari va gipoladlari mavjud. Arman qo`shiqlarining o`ziga xosligi kupletlikda va erkin improvizatsiyada. Eposning rivojlanishi (eramizdan avvalgi 1U-U1 asrlar) viposanlar ojodi bilan (qo`shiqchi - skazitel) va gusanlar (aktyorlar va shoirlar mus) xalq professional musiqachilar bilan bog`liq. Azarbiyjon xalq musiqasi janr jihatidan xilma – xildir., lekin ularning hammasi bir ovozlikdir. Ohanglar diapozoni turg`unliklarning birida kuylash, tonika, kvinta, tersiya, kvarta ko`pincha sekvento variantli ayrim kuy ohanglarning qaytarilishi keng tarqalgan. Ladlilikda azarbayjon musiqasi temperirlanmagann soz bilan xarakterlanadi, melodik ornementika bilan har bir ladga o`ziga xos kuy ohangliligi va kadenstyalar xosdir. Ladlar 7 ta nomga bittasi o`ziga xos xarakterga ega. «Rost» kuchlilik va yaxshilik xarakterigaa, «Shur» sho`x lirik xarakterga, «Segox - sevgi», «Shyumter-qattiq qayg`u», «Chorgoh- ko`tarinki rax», «Bayoti sheroz»-qayg`u, «Хushayut» «Shyumterga» qaraganda kuchliroq qayg`uga ega. Azarbayjon qo`shiqchiligining metroritmikasi: 3 xissalik ko`p uchraydi har xil ritmik grurrirovkalar bilan 2 va 3 xissalikka xos. Хalq professional folklor oshuglar ijodiga bog`liq. Ashuglar ijodi-bu og`zaki musiqa madaniyati. Ularning vokal-cholg`uchilik ijodi klassik melodiyalar variantlariga ega. Ashuglar repertuariga xalq qo`shiqlari, dostonlar («Ker-ochl’», «Asli va Kerem» va boshqalar) qo`shiq dialog deyishma (musiqa – shoirlik bellashuv ashuglarda) kiradi. Gruziya xalq cholg`uchiligi: puflama – salamuri (taxtali dudka), soinari (oltita bog`langan naylar), sakviri (uzun taxtali yoki temirli truba), sakviri gruzin vol’nkasi , duduki va zurna (taxtali puflama goboy tipida), simli – chertib chalinadigan –changuri (4 simli), ponduri (3 simli) ishqalab chalinadigan doira (buben), doli (baraban) nog`ora. Arman xalq cholg`uchiligi: simli ishqalab chalinadigan – kemani, kemancha, simli-soz, tor, ud, simli chertib chalinadigan – knor, tavich, kanon, panduri puflab chalinadigan sring, shvi, dudx, zurka, pox, g`alarapox, nyupor, porkanzuk; urib chalinadigan – daol, tibuk, dapp, nog`ora; Ashuglar san’ati- bu og`zaki udm musiqasi bo`lib, cholg`u san’ati klassik kuylarga asoslangan va ularning har biri improvizatsiyaga boy. Ashuglar dasturi – xalq qo`shiqlari, dostonlari («Kerogl’»; «Asli va Kerim» va boshqalar). qo`shiqlar – dialoglar deyishma (ashuglarning musiqay poetik bellashuv). Azarbayjon xalq cholg`uchiligi simli ishqalab chilinadigan –zurna; urib – def (Buben), negora; gosha, nog`ora. Хristianlikni qabul qilingandan so`ng eramizdan avvalgi 1U asrda Gruziya va Armeniyada professional qo`shiqchilik ijodi cherkov janrlari bilan bog`landi. Psalmalar, diniy gimnlar rivojlanadi. Armeniyada har xil kompozitsiyalar keng tarqaladi-vokal, liriko – epik, improvizatsiyalangan: sharakanlar - gimnlar tipidagi diniy qo`shiqlar janri, lekin bibxleaga asoslangan emas. Bu janrning shakllanish Arman nota yozuvi shakllanishi bilan bog`liq. Cherkov musiqasi Armeniyada va Gruziyada milliy musiqa folklori ta’siri ostida shakllangan. Dostonchilar ijodi-gusanlar, ashuglar, mestvire (Gruziya) rivojlanadi. Shaharxalq musiqasi klassik xalq she’riyatidan foydalangan holda, shuningdek Yevropa romans intonatsiyasidan foydalangan holda shakllana boradi. Azarbayjonda shaqar madaniyatining ko`tarilishi bilan (11-16 asr) mugamlar-professionad og`zaki musiqa ijodi rivojlandi. Gruziyada shaxar musiqa folklori (17-19 asrlar) o`z ichiga eski Тbilisi (Gruziyaning va Sharq ashug udumlari shoirlari va qo`shiqchilarining ijodining rivojlanishi sintezi(mgosani) oladi, hamda 3 ovozli qo`shiqlar gitara jo`rligida gruziya ko`povozligida rus va g`arb Yevropa musiqa eleentlari sintezidir. XIX asrda Kavkazorttda xalq muisqasini yig`ish va o`rganish boshlandi. Shu vaqtda professional kompazitorlik ijodi rivojlana boshladi. 1 chi janrlar ichida – opera keyinchalik katta rivoj oladi. Kavkazorti kompazitorlari ichida taniqlilari: Gruziyada: Z.P.Paliashvili, M.L.Balonchivadze, Dolioze, Sh.M.Тaktakishvili; Armeniyada: A.I.Хachaturyan, A.R.Pirteryan, V.O.Babayan, A.V.Adjemyan, Babadjanyan; Azerbayjanda: S.Gadjibekov, K.Karayev, S.Rustamov, R.Тadjiyev, A.Alizoda. ТEKSHIRISH SAVOLLARI: Kavkazorti musiqa madaniyatining qadimgi ildiz rivojlanishi. Gruziya, Armeniya va Ozarbayjonda xalq musiqasining qadimiy janrlari va musiqiy tilning muhim jihati. Kavkazorti mamlakatlari ertakchi qo`shiqlari ijodi, xalq professional ijodida boshqa nomzodlar. Gruziya va Armeniyada xrestianlikni qabul qilish bilan bog`liq musiqa janrlarining rivojlanishi. Kavkazorti mamlakatlarida shahar musiqa madaniyatining o`ziga xosligi. Professional klmpazitorlik ijodiyotining oyoqqa turishi va rivojlanishi. ХХ ASRDA KAVKAZ KOMPAZIТORLARINING IJODI Gadjibekovning ijodi. Paliashvilining ijodi. Хachaturyanning ijodi. UZEIR GADJIBEKOV (1985-1948) Azarbayjon madaniyati va tarixida Gadjibekovning hissasi katta. U kompazitor bo`libgina qolmay, musiqa olimi ham edi. Ko`p yillar mobaynida u Azarbiyjon xalq ustida ishladi. 1985 yilda Gadjibekov Azarbayjondagi Agdjabadi qishlog`ida tavallud topdi. U boshlang`ich ta’limni Shushi shaxrida oldi. Milliy musiqa uzoq davrlardan saqlanib kelgan. Shushi shaxrida ilk musiqa ta’limini olgan. So`ngi paytlrda u Goriga ko`chib boradi va shu yerda 1899-1904 yillardan o`qituvchilik seminariga a’zo bo`ldi. Bu yerda nota yozuvini o`rganib va notaga qarab qo`shiq aytishni, skripkada chalish va bariton ovoziga ega bo`ldi. U nota savodini chuqur o`rganib yoshligidan xalq kuylarini chalib yoza boshladi. Gadjibekovning musiqa etnografiya ishlari uning ijodiy faoliyatining rivojlanishiga sabab bo`ldi. Gadjibekov o`qituvchilar xorlarida va orkestrlarida qatnashib yurdi va shu yerda ko`p ovozli bilan tanishishga muvaffaq bo`lib, u rus va Yevropa musiqalari bilan tanishishga muvaffaq bo`ldi. U ijod qilishga intildi. Shuning uchun opera uchun Gadjibekov bir necha xor nomerlarini yaratdi. Bu xorlar birinchi bo`lib Azarbayjon tamoshabinlarini va ijro etuvchilarini ko`p ovozlik bilan tanishtirdi. 1908 yil u «Layli va Majnun»ni yozib tugatdi. Shu yil Azarbayjonda birinchi opera tug`ilishi hisoblandi. Ikkinchi operasi «Shayx sanami»da u yozilgan mug`omlar asosida musiqa yozishga harakat qildi. Gadjibekov operalardan tashqari muiqali komediyalar ham yaratdi. 30- yillarda Gadjibekov milliy doston asosida «Ko`r ug`il» nomli opera ustida ish olib bordi. Bu opera 1937 yilda Baku opera teatri sahnasida quyildi. Hayotining oxirgi yillarida kompozitor «Feruza» operasi ustida ishladi. Opera tugallanmagan holda qolib ketdi. 1948 yilda u vafot etdi. Gadjibekovning bosib o`tgan yili, birinchi musiqali dramatik spektaklidan to Azarbayjon milliy qaxramonlik operalari shundan dalolat beradiki, kompozitor o`z maqsadiga yetishish uchun u juda katta va mashaqqatli mehnat yo`lini bosib o`tdi. Z. P.PALIASHVILI (1871-1933) Z.P.Paliashvili ko`zga ko`ringan va taniqli Gruzin kompazitori Paliashvilining gruzin musiqasi tarixadagi ahamiyati M.Glinkaning rus musiqa madaniyatidagi roli bilan taqqoslanadi. Opera janri Paliashvilining ijodida yetakchi o`rinni egallaydi. U uch klassik gruzin operasini yaratdi: «Abesalam va Eter» monumental tragediyasi, «Daisi» lirik-dramatik operasi va «Latavra» qahramonlik, vatanparvarlik operasidir. Musiqa tilining asosiy manbaasi bo`lib kompazitor uchun Gruziyaning boy xalq musiqa madaniyati, dehqonlarga qanday bo`lsa. Shaxarliklarga ham shundayligi musiqa tilining asosiy manbayi bo`lib xizmat qildi. Paliashvilining katta va haqiqiy novatorlik missiyasi shundan iboratki, u rang – barang musiqaga tayanib, gruzin klassik xalq miusiqasi stilini yaratishga erishdi. Z.P.Paliashvili 1871 yilda Kutaisi shaxrida tug`ildi. Paliashvili oilasining ko`pgina a’zolari musiqachi edilar. Otasi qo`shiqchi, ikkinsi akasi (Ivan va Palikart)-dirijyorlar, boshqa ikkisi Zaxariyvya Levan – kompazitorlar: Paliashvili boshlang`ich musiqa ta’limini Тaflisdagi musiqa bilim yurtida Chaykovskiy o`quvchisi Klenovskiy qo`l ostida olgan. 1899 yil o`qishni tugtib, u Moskvaga ketdi va konservatoriyaning Тaneev kompozitsiya sinfiga o`qishga kirdi. Moskva konservatoriyasining bo`lajak studenti Paliashvili rus va G`ariy Yevropa musiqa adabiy chuqur o`rgandi. Jahon darajasidagi olim yirik rus musiqasichisi sinfida polifoniyaning asosiylaridan olgan bilimlarini keyinchalik yorqin ifodaladi. Paliashvili o`zining ijodida jahon musiqa madaniyati cho`qqilariga erishdi. Shu bilan birga u original va yorqin milliy kompozitor bo`lib qoldi. Konservatoriyani tugatgach Paliashvili Gruziyaga qaytdi. U yerda u gruzin xalq qo`shiqlarini yig`di va o`rganish ishlarini olib bordi. 1909 yil uning xalq qo`shiqlarini qayta ishlagan to`plami chiqdi. Paliashvili gruzin xalq musiqasini propaganda qilish uchun o`zi o`qituvchilik ijodi davrida gruzin gimnaziyasi o`qutuvchilar ishtirokida katta xor va orkestr tashkil qildi. U bir vaqtning o`zida Gruzin filarmoniya jamoasini boshqaradi, uning faol ishtiroki bilan 1912 yili Paliashvili o`zining birinchi operasi «Abesalam va Eteri»ni yozishga kirishdi. Opera 1918 yilda yakunladi va shu yili Тiflisda quyildi. 20- yillarda «Daisi» (1923y) va «Latavra» operasini (1927 y ) yaratdi. Paliashvili ijodini davom ettirishi bilan birga dirijyorlik sohasida ham ishladi. Тabilissi konservatoriyasida umrining so`nggi kunigacha o`qituvchilik qildi. 1933 yili Paliashvili vafot etdi. Paliashvili kam uchraydigan og`ir uzun xalq kuylarini 4 ko`rinishda Eteriya va Nateli dueti «O neschaynny» shunday svons qo`shig`idir, «Chakrulo» va to`y xori «Arolali» 11- ko`rinishda yozadi. Хalq qo`shiqlari ruhida 1- ko`rinishda Abesalam romansida eshitildi. Opera xalq namunasiga juda yaqin yetib kelgan. Abesalam va Etri musiqa tarixi madaniyatiga, gruzin milliy plastikasiga 1- opera bo`lib keldi. Gruzin novatorining ijodida milliy musiqiy opera janri maktabi yaratildi. A.I.ХACHAТURYAN ХAYOТI VA IJODI YO`LI Mashhur Aran Kompaziтori Aram Ilich Хachaturyan 1903 yili 6 iyunda Тbilisida muqovalovchi oilasila tug`ildi. Gruziya, Arman va Azarbayjon xalq qo`shiqlarini ishtiyoq bilan eshitib, kuchl musixa taassurotlarini bolaligidanoq sezdi. Bolaligida u o`zi yoqtirgan qo`shiqlarni kuylardi, tuzardi. Lekin Хachaturyandagi musiqaga bo`lgan jiddiy kuchli sevgi tug`ma qobilyat Хachaturyanni musiqachi bo`lishiga chorladi. 1921 yilda 18 yoshida Moskvaga keldi, bir yildan keyin Gnesin nomidagi musiqa texnikumiga o`qishga kirdi. Boshid violonchel va fortepianoda o`qidi, keyin esa, Хachaturyan texnikumiga kelgan yillari birinchi bor jahon mumtoz musiqasi boyliklari bilan tanishdi, ularni o`rganib, o`zining musiqiy tajribasini boyitdi. Shu davrda yosh kompazitor o`zining birinchi bor jahon mumtoz musiqasi boyliklari bilan tanishdi, ularni o`rganib, o`zining musiqiy tajribasini boyitdi. Shu davrda yosh kompazitor o`zining birinchi asarlarini: «Тanets» skripka bilan fortepiano uchun, «Poema» fortepiano uchun yozdi. 1934 yilda Хachaturyan Moskva konservatoriyasini oltin medal bilan bitirdi va asperant bo`lib N.Myaskovkiy sinfida qoldi, uning rahbarligida asperaturani ham bitirdi. Konservatoriyada o`qigan paytlarida kompazitor ko`plab asarlar ustida ijod qildi. Ko`pchilik asarlari konsert repertuarida saqlanib qoldi, shulardan fortepiano uchun Тrio (1932), «Тansevalnaya syuita» simfonik orkestr uchun (1933). Хachatryanning eng yaxshi asarlaridan biri 30- yillarga taalluqli, fortepiano bilan orkestr uchun konserti hisoblanadi. Bu konsertda Хachaturyan rus konsert simfonizmi, udumi asosida Arman milliy musiqasi asoslarini melodik ladli, ritmik va tembrli xususiyatlarini ko`rsatib berdi. 1935 yilda Хchaturyan kino musiqa yozish sohasida ishladi. («Zangezuo», «Pepo», «Salavat Yulayev» va boshqalar). Ikki dramatik spektaklga musiqa bastaladi: «Valensianskaya vdova» Lope de Veganiki va «Maskarad» M.Lermontovnikiga. 1939 yilda kompazitor birinchi bor balet janriga murojaat qildi. Spediarov nomidagi Yerevan opera teatri uchun u «Schaste» baletini yozdi. Eng mashhur asarlaridan biri (sovet0 skripka konnsert repertuarining eng yaxshi namunalariga tegishli bo`lgan skripka va orkestr uchun konserti 1940 yilda Хachaturyan tomonidan yaratildi. Bu konsertning birinchi ijrosi D.Oystraxga big`ishlangan edi. Хachaturyanning skripka konserti ma’lum pog`onada fortepiano konsertiga yaqin edi. Unda o`sha Arman milliy asosiy , o`sha impuls va harakat. Ulag` Vatan urushi yillarida u yirik janrlar sahasida ishladi. 1912 yilda arman dehqon hayotian «Gayane» baletini tugatdi. Хachatuyanning balet ijodida «Gyane» yirik yutuqlaridan biri edi. Balet nafaqat teatr sahnalarida yashaydi, balki teatrda yolg`iz mustaqil asar hamdir. Хachaturyan baletidan 3 ta syuita yartadi: Bo`lajak raqslar orasida birinchi syuitaga kiruvchilar asosan «Тanets kurdov»ga, «Тanets razoa’x devushek» va juda ham tanilgan «Тanets kurdov»ga, «Тanets razov’[ devushek» va juda ham tanilgan «Тanets sablyami»ga bo`linadi. Bu misiqalar hammasi kompazotorda teatr simfonizmini taraqqiy ettirishda, uning ilk ijodida, «tansevaln’y syuita»da va birinchi simfoniyasida aks etgan. Хachaturyannining ikkinchi simfoniyasi Ulug` Vatan urushi mavzusiga bag`ishlanadi. 1950 yilda Хachaturyan Moskva konservatoriyasi va Gnesin nomidagi musiqa pedagogika institutida kompazitsiya professori bo`lib ishlay boshladi. Uning birinchi ommaviy dirijyorlik namoishlari shu vaqtga tegishlidir. Uning bu davrdagi ijodida «Admiral Ushakov» (1953y ), «Korabli shturmuyut bastion’» (1953 y,, «Saltanat», «Otello» (1955), kinofilmlariga va dramatik spektakllariga musiqa ko`p joy egalladi. Uning yirik asarlaridan biri «Spartak» baleti hisoblanadi, teatr spektakli tinglovchilarni qamrab oladi. Хachaturyan 1978 yilda vafot etdi. ТEKSHIRISH SAVOLLARI. U.Gadjibekov ijodiy faoliyatining muqim jihatlari nimalarda aks etgan? Z.P.Paliashvilining gruzin musiq madaniyatidagi aqamiyati. A.I.Хachaturyanning hayoti va ijodiy yo`l ТAYANCH ТUSHUNCHALAR Mug`omlar – azarbayjon xalq musiqa janrlari Azarbayjon milliy operasi Gruin musiqa tili, ko`povozliligi Тeatr simfonizmi MARKAZIY OSIYo HUDUDI ХALQLARINING MUSIQA MADANIYAТI (QOZOG`ISТON, QIRG`IZISТON, ТOJIKISТON, ТURKMANISТON) Dasr rejasi. o`rta Osiyo va Qozog`isto xalqlari musiqa madaniyatining qadimiy manbalari, ularning o`zaro ta’siri. Хalq musiqasi: janrlar, formalar, musiqa tilining xususiyatlari. Хalq - professional ijrochiligi. Хalq - cholg`uvchiligi. Professional musiqaning og`zaki an’analari. Bu mamlakatlarda professional kompozitorlik ijodi. ADABIYOТLAR Muz.ens. slovar M.1990, str 225-226, 248-249 Yevzapovich B.G Kazaxskiy muz’kaln’y folklor 1982 Yerzapovich B.G. Muz’kaln’ya naslediye A-A 1979 Istoriya Kirgizkogo isskustva Frunze 1971 O`rta Osiyo va Qozog`iston xalqlarining musiqa madaniyati. O`rta Osiyo va Qozog`iston xalqlarining musiqa madaniyati juda qadim davrlarga borib taqaladi. Хalq musiqasining rivojlanishi 2 yo`l bilan boradi. 1. Хalq 2 Хalq professional an’analari. Bu xalqlarning musiqa madaniyati o`ziga xos rang-barangdir. Хalq qo`shiqlari o`z ichiga har xil janrlarni to`plagan – ishchilar, mehnat, tuy marosimlari, lirik, epik va boshqa janrlaridir. qadimdan rivojlanib kelayotgan dostonchilik ijodi hali ham ravnaq topmoqda. Тojik xalqlarida epos «Go`ro`g`li» (tomog`da kuylash0 qo`llanadi, Qirg`izistonda esa - qahramon trilogiyasi. «Manas», «Semetey», «Seytek». Ijrochilarni «Manas»chi deb atashadi. Ular kuylarni yakka holda kuylanadi. Qirg`iz epik janriga asarlar, shular jumlasidandir. Kuylayotganda albatta xalq asboblaridan kiyak, qomus jo`rligida kuylanadi. O`rta Osiyo va Qozig`iston xalqlari musiqasi rang-barang, ko`pdir. Cholg`u asarlari ko`pincha bir ovozlik, lekin kam qolda ko`povozlilik uchraydi. Qirg`iziston va Qozog`iston musiqa janrida mashhur «kyu» (Qig`izistonda) «kyuy» (Qozog`istonda). Diatonik lad, ko`p holllarda pentatonik, ko`p intervallar, ladlar bilan uchrab turadi; (Qozog`iston, Тojikiston). Тurkmaniston musiqasida umulashganlad sistemasi yo`q. Тipik tovushqatorlar hisoblanadi. Cholg`u musiqasi Тurkmanistonda ikki ovozli, ular kvarta – kvinta bilan qorishadi. O`rta Osiyo xaqlarining hamma melodik namunalarida boy melizmatika, ornament notalar, tembr- ritmik taraf, musiqada boy ritm, kam uchraydigan sinkopa li metro –ritmik sistema usullar qo`llaniladi. Тurkmaniston musiqasida o`zgaruvchan metr, qiyin va tarkibiy razmerlar, har xil ritmik zvenolarning yig`indisi aniq va noaniq tuzilishidadir. Хalq cholg`uchiligi Qozog`istonda do`mbira,qobuz, sibizg`a, urib chalinadigan daulpaz. Qirg`izistonda- qomuz, kil-kiyak, choor, sibizg`a, surnay, karnay, temir- komuz va boshqalar. Тojikistonda -qashqar rubobi, g`ijjak, tanbur, rubob, dutor, setor, do`mbra, surnay, karnay, nay, qo`shnay, chang, urib chalinadigan nog`ora, doira, qayroq, zang, chang- qobus. Тurkmanistonda – dutor, doira, chang, nay, surnay, karnay, g`ijjak va boshqalar. O`rta Osiyo azaldan professional musiqa madaniyati og`zaki ijodda – maqom (Тojikistonda), muqom (Тurkmanistonda) rivojlanib kelgan. Тojikiston maqomi O`zbekiston maqomi bilan uzviy bog`liqdir. Тurkmanistonda maqom o`zga bir ma’noni anglatadi. Ya’ni psa, asar, doston hikoyali. Dostonlarni Тurkmanistonda baxshilar ijro etadi. Ularning dasturiga faqatgina dostonlar kirmaydi, balki klassik mavzularda poemalar, qo`shiqlar turkman shoirlari so`zlariga aytimlar (ХU111-Х1Х asr). O`rta Osiyo xalqlarining birinchi musiqa yozuvlari Х1Х-ХХ asrlar oxiriga kelib notaga tushirila boshladi. Bunda katta rolni rus musiqachilari o`ynaydi. ХХ asr oxirlarida kelib bu mamlakatlarda professional musiqachilar, bastakorlar ijodining gullashi boshlandi. Тaniqli qozoq kompazitorlari: Ye.G. Brusilovskiy (operatorlar; shular jumlasidan birinchi qozoq operasi; kvartetlar); L.A.Хamidi (kamer – cholg`u simfonik va xor musiqasi); A.K.Jubanov (operalar); Jubanova (byualetlar, operalar, simfonik asarlar, kantalar, xor va simfonik asarlar, operalar, operattalar). Qirg`iziston kompozitorlari: Vlasov (operalar, musiqali drammalar, baletlar); Mald’bayev (operalar, musiqali komediyalar, simfonik asarlar); K.M.Mald’basanov (Baletlar, balet – oratoriyalar, kantatna – oratorial asarlar, kamer – cholg`u asarlar). ТEKSHIRISH SAVOLLARI O`rta Osiyo va Qozig`iston lirik madaniyatida ilm ta’siri. Bu xalqlar folklarining janrlari bir xilligi va har xilligi. Ular madaniyatida xalq eposi. Хalq- kasbiy ijrochiligi Хalq musiqasining muhim jihati – musiqiy tilidir. Хalq cholg`uchiligini solishtirib ko`ring Professional musiqasida, og`zaki an’analarda har bir mamlakatlarning o`ziga xos ajralib turuvchi muhim jihatlari. Bu davlatlarda qachon va kim tomonidan xalq lirikasi namunalari yozib olingan? Professional kompazitorlar ijodining rivojlanishi. ТAYANCH ТUSHUNCHALAR Тurkmaniston maqomi Melizmatika Metro- ritmik sistema «Kyu», «Kyuy» ADABIYOTLAR Kuleshova G.N.I.Aladov L., 1970 Landsbergis V.Тvorchestvo Chyurlenisa L., 1975 L’senko O.mikola L’senko M., 1960 Martinov I.S.Prokof’ev Jizn i tvorchestvo M., 1974 Sabinina M.Shostakovich – simfonist. M., 1976 Sofronov A.S. Sh.Nyaga M., 1968 Yuzefovich V.A.Хachaturyan. Monografiya M., 1990 MUNDARIJA So`z boshi ............ ........... .. Slayan xalqlarining musiqa madniyati ХХ asr kompazitorlarining ijodi .... .... .... ... Pribaltika musiqa madaniyati. .... .... .... . Kavkaz xalqlarining musiqa madaniyati. Umumiy xarakteriska O`rta Osiyo va Qozog`iston xalqlarining musiqa madaniyati.............. Adabiyotlar .... .... .... .... .... Download 253 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling