O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi
Download 1.87 Mb.
|
134924 Pedagogik mahorat-Majmua-сунги-2021 (3
Bilimlar bazasi esa, yopiq tizimda, mazkur mavzu bo‘yicha qo‘shimcha axborotlarga ehtiyoj sezmagan holda va uning har bir elementi, mantiq jihatdan bog‘langan boshqa elementlarga chiqa olishi bo‘yicha tuzilmali axborotlashtirilgan tizimga ega bo‘ladi. Bunda ushbu bilimlar bazasiga kiritilmagan, ya’ni undan tashqi elementlarga murojaat qilinishiga imkon bo‘lmaydi. Bilimlar bazasining birlamchi bibliografik o‘xshashlari sifatida turli ensiklopediyalar, lug‘atlar xizmat qiladi.
O‘quvchilar bilimi sifatlarini test savollari yordamida aniqlash va psixofiziologik rivojlanayotganligini tashxis qilish maqsadida kompyuter tizimiga eksport tizimi qo‘shimcha kiritilgan bo‘lib, bu tizim yordamida elektron tarmoq orqali bilimlarni baholash va bu masala bo‘yicha yetarlicha natijalarni aniqlash mumkin. Bunday dasturiy vositalardan, ta’limdagi holat va uning maqsadiga ko‘ra, ba’zan o‘quvchilarning ehtiyojlarini chuqurroq anglash zaruriyati nuqtai nazaridan, ularning ma’lum fan sohasida bilimlarini tahlil qilish bo‘yicha boshqa bir hollarda esa, o‘qitishning psixologik tamoyillarini hisobga olish maqsadida keng foydalaniladi. Kompyuter yordamida turli ilmiy axborotlar, o‘quv materiallari bo‘yicha axborotlarni tavsiya etishning boy imkoniyatlari, xususan ularga integrativ kurslarni kiritish, fanning tarixi va metodologiyasi bilan tanishish, turli fanlar bo‘yicha ularning zamonaviy darajasiga oid bilimlar, madaniyat va ijtimoiy ongga dahldor bilimlarni kiritish, ta’lim mazmunini sezilarli o‘zgartirish va keskin boyitishga yordam beradi, uni faollashtirish va rivojlantirishda muhim omil bo‘ladi. Kompyuter vositalari yordamida mustaqil ta’limni tashkil etish nuqtai nazaridan tahlil etadigan bo‘lsak, aksariyat uning interfaolligini, bevosita muloqot yordamida o‘quvchi o‘quv rejasida ko‘rsatilgan, istalgan fan sohasida maxsus o‘quv dasturlari yordamida bilim olish imkoniyatiga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi. Kompyuter vositasi, o‘quvchi yoxud o‘qituvchi murojaatlariga «javob beradi», ular bilan bemalol «muloqotga kirishadi», bular kompyuter ta’limi metodikasining asosiy xususiyatlaridan biri sanaladi. Ayniqsa, kompyuter texnologiyasining ma’lum mavzuni o‘qitish bo‘yicha yoki alohida didaktik masalalarni hal etishda foydalanish kabi holatlar («kirib boruvchi» texnologiya nomi bilan mashhur), shuningdek o‘qitishda ma’lum texnologiyaning asosiy, aniqlovchi va eng muhim tavsiflovchisi sifatida kompyuterni qo‘llanish holatida kompyuter va boshqa texnologiyalar orasidagi munosabatlar masalasi juda dolzarb sanaladi. Kompyuterli o‘qitish metodikasining boshqa bir muhim xususiyati, u o‘qitish jarayonining barcha bosqichlarida, jumladan yangi o‘quv materialini tushuntirishda, qaytarishda, umumlashtirishda, o‘quvchilarning ma’lum fan bo‘yicha erishgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini tekshirishda namoyon bo‘ladi. Bunday jarayonda o‘qituvchi kompyuterning o‘quvchi uchun turli vazifalarni, xususan o‘qituvchilik, ishchi qurol, ta’lim ob’ekti, o‘zaro muloqot kabi funksiyalarni bajarishini bilishi kerak. Bunda o‘qituvchining vazifasi dars jarayonida o‘quvchilarni kompyuterdan to‘g‘ri foydalanishlarini nazorat qilishdan iborat: Kompyuterning o‘qituvchilik vazifasini bajarishi quyidagi jarayonlarda namoyon bo‘ladi: o‘quv axborotining manbai (o‘qituvchini yoki darslikni qisman, ba’zan to‘la o‘rnini bosuvchi sifatida); ko‘rsatmali qo‘llanmalar (multimedia-telekommunikatsiya imkoniyati bo‘lgan yangi sifat darajasida); individual axborot fazosining yaratilganligi; mashq qildirgich; o‘quvchi bilimi, ko‘nikma va malakasi tashxisi va nazorati muhiti. Ishchi qurol sifatida kompyuter quyidagi vazifalarni bajaradi: matnlarni tayyorlash va saqlash muhiti; matnlar muharriri; grafiklar quruvchi va ularning muharriri; keng imkoniyatli hisoblash mashinasi (olingan natijalarni turli ko‘rinishda ifoda etuvchi); modellashtirish vositasi. Kompyuterning ta’lim ob’ekti sifatidagi vositachilik vazifasi: dasturlashtirish (vazifali jarayonlar bo‘yicha kompyuter yordamida o‘qitish); dasturiy mahsulotlarni yaratish; turli axborot muhitidan foydalanish. Kompyuter va internet yordamida keng auditoriya bilan bog‘lanish va uning natijasi sifatida o‘zaro muloqotlashuvchi jamoa muhiti yaratiladi. Kompyuter texnologiyalari asosida o‘qituvchi o‘zining kasbiy mahoratini oshirish uchun mustaqil faoliyatida quyidagi vazifalarni bajarishi lozim: 1. O‘quv jarayonini bir butun guruh va bir butun fan (o‘quv jarayonining grafigi, tashqi tashxis, joriy, oraliq va yakuniy nazorat va boshqalar) sifatida tashkil etish. 2. O‘quv jarayonida guruhni faollashtirish va muvofiqlashtirish, ish joylarini taqsimlash, ko‘rsatmalar, guruh ichida boshqarish va boshqalar. 3. O‘quvchilarni individual kuzatish, individual yordam ko‘rsatish, har bir o‘quvchi bilan individual muloqot olib borish. Kompyuter yordamida eshitish va ko‘rish imkoniyatlari, individual o‘qitishning eng samarali shakllariga erishiladi. 4. Axborot muhitini tashkil etuvchilari (shaxsiy kompyuter, o‘quv va namoyish qurilmalarining har xil turlari, dasturiy vositalar va tizimlar, o‘quv-metodik ko‘rsatma, qo‘llanmalar va boshqalar) ma’lum o‘quv kursining mazmuni bilan aniqlangan bog‘liqlik asosida tayyorlanadi. Mustaqil ta’limni ta’minlashda o‘qituvchi kompyuter texnologiyasi (kompyuter savodxonligi) mazmunining quyidagi tuzilmalari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishi kerak: informatika va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini bilishi; kompyuter texnikasining funksional imkoniyatlarini bilishi; zamonaviy operatsion tizimlarni bilish va ularning asosiy buyruqlarini o‘zlashtirishi; zamonaviy dasturiy vositalar va operatsion tizimlarni (Norton Commander, Windows, ularning versiyalarini) bilish va ularning vazifalarini o‘zlashtirishi; kamida bitta matn muharriri bilan tanish bo‘lishi; algoritmlar, tillar va dasturlashtirish haqida dastlabki tushunchalarga ega bo‘lishi; amaliy dasturlardan foydalanish to‘g‘risida dastlabki tajribaga ega bo‘lishi. Ta’limni jadallashtirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quv jarayonining samaradorligini oshiradi, bunda: o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar jahonning salmoqli ilmiy, metodik adabiyotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar; uzoq hududlarda joylashgan yetakchi ta’lim muassasalarining ilmiy laboratoriyalari bilan tanishadilar; turli mavzularda videokonferensiyalar tashkil qilish va amalga oshirishga erishiladi; o‘qituvchilarning o‘zaro seminar va treninglari o‘tkaziladi; masofaviy ta’lim, axborotlar almashinish va shunga o‘xshash juda ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim muassasalari tizimiga tatbiq etish o‘quv jarayonida zamonaviy o‘qitish metodlarini qo‘llashga hamda o‘qituvchi pedagogik mahoratini namoyish etishga keng imkoniyatlar ochadi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling