O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi sаfаrоvа Nаsibа Irаnkulоvnа Аmаnbаevа Ziyodа Аbdubоisоvnа
-jadval Chorvachilik mahsulotlarini (go’sht, sut, jun) yetistiruvchi mamlakatlar
Download 1.5 Mb.
|
portal.guldu.uz-MODDIY ISHLAB CHIQARISH АSOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qolgan davlatlar 179,5 Qolgan davlatlar
- Qolgan davlatlar 1498 Dunyo bo’yicha
- Dunyo bo’yicha 246,3 Dunyo bo’yicha
- Mаvzu bo’yichа sаvоllаr.
- Qishloq xo’jaligi rayonlari tiplari Ta yanch tushunchalar
12-jadval
Chorvachilik mahsulotlarini (go’sht, sut, jun) yetistiruvchi mamlakatlar
AQSh, Germaniya, Fransiya va Braziliya mol go’shtini, Xitoy va Yevropaning kichik mamlakatlari cho’chqa go’shtini, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Argentina va Urugvay – qo’y go’shtini, AQSh, Fransiya va Braziliya parranda go’shtini yetishtirishga ixtisoslashgan. Dunyo bo’yicha yiliga 470 mln tonna sut ishlab chiqariladi. Yuqorida aytib o’tilganidek, sut chorvachiligi mo’tadil mintaqa, o’rmon va o’rmon dasht zonalariga ega mamlakatlarda yaxshi rivojlangan, Bu asosan AQSh, Rossiya va Yevropa mamlakatlaridir, boshqa mintaqalardan faqat Hindistonning yetakchi davlatlar qatoridaligini ko’ramiz. Jun yetishtirish bo’yicha Avstraliya ancha katta ulushga yega, undan keyingi o’rinlarda turuvchi mamlakatlar mahsulot hajmi unga nisbatan juda oz. Mаvzu bo’yichа sаvоllаr. 1. Chorvachilik rivojlanishiga na’sir etuvchi omillarni sanab bering. 2. Chorvachilik tarmog’ rivojlanishining mintaqaviy tafovvutlari qanday omillar ta’sirida yuzaga keladi? 3 O’zbekistonda chorvachilik qaysi viloyatlar hududida rivojlangan? Qishloq xo’jaligi rayonlari tiplari Tayanch tushunchalar : Tuproq unumdorligi, ishlov berish samaradorligi, hosildorlik. Qishloq xo’jaligi inson xo’jalik faoliyatining eng qadimgi shakli bo’lib, jamiyat taraqqiyotining hududiy – geografik xususiyatlarini belgilovchi omil sifatida namoyon bo’ladi. Ekinlar va chorva mahsuldorligi bu hududlardagi tabiiy sharoit va omillar bilan bog’liq ekanligi alohida ta’kidlanadi. Qishloq xo’jaligi yo’nalishlarining tabiiy sharoitning aynan qaysi omillari bilan bog’liq rivojlanishi haqida ko’plab mutaxassislar fikr yuritganlar. Bunda, dehqonchilikning aynan tuproq unumdorligiga bog’q hududiy rivojlanishi (I. Tyunen), tuproq unumdorligi bilan birga ishlov berish samaradorligi (T. Brinkman) omillari haqida ilmiy mulohazalar Yevropa mutaxassislari tomonidan ilk bora ilgari surilgan. Lekin bu fikrlar hududiy cheklangan, shu bilan birga faqat donli ekinlar misolida edi. Buyuk geografik kashfiyotlardan keyingi davrlarda boshlangan kolonializm dunyoning turli mintaqalariga ekin va chorva turlarining tarqalishiga sabab bo’ldi. Yangi o’zlashtirilgan hududlarda iqlimlashtirilgan o’simlik va chorva turlarining mahsuldorligi ham turli darajada bo’ldi. Bu jarayon dehqonchilik va chorvachilikning hududiy tashkil etilishiga olib keldi. Bunda asosan ekin va chorva turlari mahsuldorligining oshishiga ta’sir etuvchi tabiiy-geografik omillar hisobga olinadi. Ma’lumki, madaniy ekinlar va chorva turlari o’zlarining kelib chiqish markazlariga ega. Lekin, ular boshqa muayyan hududlarga tez moslashib sifatli va ko’p mahsulot beradilar. Bu holat ayni hududlarning tabiiy sharoit va tabiiy – geografik xususiyatlari ushbu turlarning kelib chiqish markazlari tabiiy sharoit va xususiyatlariga muvofiq kelishi bilan bog’liq ekanligi bilan tushuntiriladi. Avvalo, dehqonchilik yo’nalishining hududiy shakllanishi haqida so’z yuritilganda, turli mintaqalardagi hosildorlikning qay darajada ekanligi yuqorida ko’rib o’tildi. Ayni ekinlardan yuqori hosil olayotgan mintaqalarning madaniy ekinlar kelib chiqish markazlari bilan tabiiy – geografik xususiyatlar jihatidan qanchalik muvofiq ekanligini 7-jadval orqali taqqoslash mumkin. Ko’rinib turibdiki, ko’plab ekinlar o’z kelib chiqish markazlaridan ko’ra boshqa hududlarda ko’p ekiladi va asosiy ekin turi hisoblanadi. Buyuk geografik kashfiyotlar davri madaniy ekinlarning dunyo bo’ylab tarqalishini boshlab berdi, jamiyat taraqqiyoti bosqichlari davomida ilm-fan va texnikaning rivojlanishi yangi yerlarning o’zlashtirilishiga, ekin turlarining yanada keng tarqalishiga ta’sir ko’rsatdi. Lekin shuni ta’kidlash joizki, dehqonchilik yo’nalishlarini shakllantirish uchun eng avvalo tabiiy sharoit omillariga e’tibor qaratiladi. Dehqonchilik yo’nalishlarining shakllanishi va rivojlanishini belgilab beruvchi asosiy omillar birinchi navbatda geografik kengliklarga bog’liq tashkil topgan iqlim mintaqalari va zonalari, joy relyefi va mavjud agroiqlimiy resurslar hisoblanadi. Joy relyefining turlicha bo’lishi, hudud agroiqlimiy resurslarining rang-barangligi, binobarin ekin turlarining ko’pligini belgilab beradi. Iqlim zonalarining dehqonchilikni rivojlantirish imkoniyatlariga ta’sirini professor Yu. G. Saushkin tomonidan taqdim etilgan quyidagi jadval orqali aniq tasavvur etish mumkin. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling