O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi sаfаrоvа Nаsibа Irаnkulоvnа Аmаnbаevа Ziyodа Аbdubоisоvnа


Download 1.5 Mb.
bet10/32
Sana03.11.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1744949
TuriУчебное пособие
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
Bog'liq
portal.guldu.uz-MODDIY ISHLAB CHIQARISH АSOSLARI

Mаvzu bo’yichа sаvоllаr.
1. Mаshinаsоzlik sаnоаti tаrmоqlаrining rivоjlаnishi аsоsаn ХIХ аsrning охirlаri vа ХХ аsr bоshlаrigа to’g’ri kelishigа nimаlаr sаbаb bo’ldi?
2. Mаktаb geоgrаfiya kurslаridаn оlgаn bilimlаringizgа tаyangаn hоldа mаshinаsоzlik sаnоаti mintаqаlаri vа ulаrning o’zigа хоs хususiyatlаrini аytib bering.
3. Eski mаshinаsоzlik tаrmоqlаrigа qаysi sоhаlаr kirаdi?
4. Respublikаmizdа mаshinаsоzlik mаjmuаsi rivоjlаnishi qаndаy оmillаr tа’sirigа bоg’liq?


Kimyo majmuasi.


Tayanch tushunchalar : Polimerlar kimyosi, organik sintez, farmasevtika, kimyolashtirish, tog’-kimyo sanoati, nafis kimyo.

Kimyo sanoati – jahon iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi va mashinasozlik bilan bir qatorda turuvchi zamonaviy industriyaning eng harakatchan tarmoqlaridandir. Bugungi kunda xalq xo’jaligining barcha yo’nalishlariga kimyo sanoatining ta’siri kuchlidir. Xo’jalikni kimyolashtirish – zamonaviy ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlaridan biridir. Jamiyat taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatgan kimyo sanoati mahsulotlaridan xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida va aholi kundalik hayotida keng foydalaniladi. Kimyo sanoatida ishlab chiqariladigan tabiiy materiallarning o’rnini bosuvchi yangicha mahsulotlar ishlab chiqarishga ulkan imkoniyatlar beradi va ko’plab yangi turdagi mahsulotlar yaratilishiga sabab bo’ladi.


Kimyo sanoati tarkibi quyidagicha shakllanadi:

  1. Tog’-kimyo sanoati, bu tarmoq kimyo sanoati uchun xom-ashyo hisoblanuvchi apatit, fosforit, oltingugurt, osh tuzi, kaliy va glauber tuzlarini qazib olishni tashkil qiladi.

  2. Asosiy kimyo sanoati. Uning tarkibiga:

a) kislotalar, tuzlar va ishqor ishlab chiqarish;
b) mineral o’g’itlar ishlab chiqarish kabilar kiradi.
3. Organik sintez kimyosi.
4. Polimerlar kimyosi (sun’iy tolalar, plastmassa va sintetik kauchuk ishlab chiqarish).
5. Polimerlarni qayta ishlash (plastmassa buyumlar, rezina va rezina buyumlar ishlab chiqarish).
6. Nafis kimyo. Uning tarkibiga:
a) farmasevtika sanoati
b) parfyumeriya sanoati kabilar kiradi.
7. Maishiy kimyo (yuvish vositalari, lak va bo’yoqlar ishlab chiqarish).
Zamonaviy jahon kimyo sanoatida ikki xil tendensiya aniq ajralib turadi. Bu fantalab, yuqori texnologiya mahsulotlarini ishlab chiqarishning AQSh, Yaponiya va G’arbiy Yevropa mamlakatlarida, ishlab chiqarilishi nisbatan murakkab bo’lmagan, ko’p xom-ashyo talab qiluvchi, ekologik toza bo’lmagan mahsulotlar ishlab chiqarishning rivojlanayotgan va sobiq ittifoq mamlakatlarida to’planishidir.
Jahon kimyo sanoatida to’rt asosiy mintaqa ajralib turadi: AQSh, Yevropa, Sharqiy Osiyo va MDH.
Asosiy kimyo sanoatida ishlab chiqariladigan mahsulotlaridan eng muhim o’rinni kislotalar, soda va mineral o’g’itlar ishlab chiqarish egallaydi.
Oltingugurt kislotasini ishlab chiqarish, joylashuvning iste’mol omiliga yaqqol egadir. Jahon bo’yicha oltingugurt kislotasini yalpi ishlab chiqarish 150 mln tonna bo’lib, eng ko’p ishlab chiqaruvchilar:

  1. AQSh (40 mln t.);

  2. Xitoy (12 mln t.);

  3. Rossiya (8,5 mln t.) hisoblanadi. Shuningdek, Yaponiya, Ukraina, Fransiya, Germaniya, Kanada, Ispaniya va Braziliya kabilar ishlab chiqarishda yetakchi hisoblanadilar.

Kalsiylangan va kaustik soda tosh tuzdan olinadi, ko’p material talab qilishi, yirik iqtisodiy potensialga ega bo’lgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning konsentrasiyalashuviga ehtiyoji bilan ajralib turadi.
Mineral o’g’itlar ishlab chiqarish dunyo bo’yicha yiliga 150 mln tonnani tashkil etadi. Mineral o’g’itlar ishlab chiqarishda yuksak rivojlangan davlatlar bilan bir qatorda katta qishloq xo’jalik potensialiga ega bo’lgan bir qator rivojlanayotgan davlatlar yetakchilik qiladilar. Bunday davlatlar:

  1. Xitoy (30 mln dan ortiq);

  2. AQSh (20 mln t. Atrofida);

  3. Hindiston (15 mln t atrofida). Ulardan keyingi o’rinda Kanada, Rossiya, Germaniya, Belorussiya, Indoneziya, Fransiya, Ukraina, Pokiston va Isroil kabi davlatlar turadi.



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling