O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Nomoddiy aktivlarni ulush sifatida berish


Download 5.72 Mb.
bet52/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

Nomoddiy aktivlarni ulush sifatida berish. Nomoddiy aktivlar ularni ustav kapitaliga ulush sifatida berayotgan tashkilot balansidan balans qiymati bo‘yicha chiqariladi. Ayrim holatlarda boshqa tashkilotlarning ustav kapitaliga nomoddiy aktivlar boshqa qiymatda, ya’ni, balans qiymatidan farqlanadigan qiymat bo‘yicha ulush sifatida kiritishlari mumkin. Nomoddiy aktivlarni ustav kapitaliga ulush sifatida berishdan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) ta’sis shartnomasiga yoki qonun hujjatlarida belgilangan boshqa tartibga muvofiq baholangan qiymat bilan rezerv kapitalni hisobga olish hisobvaraqlarida hisobga olinadigan nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari (saldo)ga tuzatilgan, ustav kapitaliga ulush sifatida berish xarajatlarini hisobga olgan holda berilayotgan nomoddiy aktivlarning qoldiq (balans) qiymati o‘rtasidagi farq, ya’ni nomoddiy aktivlar ushbu ob’ektini avvalgi qo‘shimcha baholashlar summalarining mazkur ob’ektni avvalgi arzonlashtirishlar summasidan oshishi sifatida belgilanadi.
Tashkilotlarda ulush sifatida ustav kapitaliga berish munosabati bilan nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) nomoddiy aktivlarni ustav kapitaliga ta’sis shartnomasiga muvofiq yoki qonun hujjatlariga ko‘ra boshqa hujjatga binoan belgilangan qiymat bo‘yicha ulush sifatida berish:
uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga olish hisobvarag‘i (0600) debeti;
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i krediti;
b) nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati hisobdan chiqarilganda:
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i debeti;
nomoddiy aktivlarni hisobga olish hisobvarag‘i (0400) krediti;
v) nomoddiy aktivlarning jamg‘arilgan amortizatsiyasi hisobdan chiqarilganida:
nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga olish hisobvarag‘i (0500) debeti;
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i krediti;
g) nomoddiy aktivlarni ustav kapitaliga ulush sifatida berish xarajatlari:
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i debeti;
materiallarni (1000), xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni (6700), sug‘urtalash va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni (6500) hisobga olish hisobvaraqlari va boshqa tegishli hisobvaraqlarning krediti;
d) rezerv kapitalni hisobga olish hisobvaraqlarida hisobga olinadigan nomoddiy aktivlar ushbu ob’ektini qayta baholash natijalari (saldo) summasiga:
8510-“Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” hisobvarag‘i debeti;
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i krediti;
e) nomoddiy aktivlarni ustav kapitaliga ulush sifatida berishdan foyda summasiga:
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i debeti;
9320-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” hisobvarag‘i krediti;
j) nomoddiy aktivlarni ustav kapitaliga ulush sifatida berishdan zarar summasiga:
9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvarag‘i debeti;
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i krediti.
Ta’sischilar chiqayotganda nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish. Nomoddiy aktivlar tashkilotning balansidan ta’sischilar yuridik shaxsning ta’sischilar tarkibidan chiqayotganda nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish munosabati bilan balans qiymati bo‘yicha chiqariladi. Ta’sischilar yuridik shaxsning ta’sischilari tarkibidan chiqayotganida nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish munosabati bilan nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) ularning ulushi bo‘yicha chiqib ketayotgan ishtirokchilardan qarzni hisob-kitob qilish uchun nomoddiy aktivlarning berilayotgan qiymati bilan rezerv kapitalni hisobga olish hisobvaraqlarida hisobga olinadigan nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari (saldo)ga tuzatilgan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda chiqib ketayotgan nomoddiy aktivlarning qoldiq (balans) qiymati o‘rtasidagi farq, ya’ni nomoddiy aktivlar ushbu ob’ektini avvalgi qo‘shimcha baholashlar summalarining mazkur ob’ektni avvalgi arzonlashtirishlar summasidan oshishi sifatida aniqlanadi.
Berilayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati ularning ulushi bo‘yicha chiqib ketayotgan ishtirokchilardan qarz summasidan oshib ketsa, farqni chiqib ketayotgan ishtirokchilar qoplaydi.
nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish munosabati bilan nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) nomoddiy aktivlarni ularning ulushlari bo‘yicha chiqib ketayotgan ishtirokchilardan qarzni hisob-kitob qilish uchun berish:
6620-“Ularning ulushlari bo‘yicha chiqib ketayotgan ishtirokchilardan qarz” hisobvarag‘i debeti - ularning ulushlari bo‘yicha chiqib ketayotgan ishtirokchilardan qarz summasiga;
turli debitorlarning qarzini hisobga olish hisobvarag‘i (4800) debeti - berilayotgan nomoddiy aktivlar qiymati bilan ularning ulushlari bo‘yicha chiqib ketayotgan ishtirokchilardan qarz summasi o‘rtasidagi farq sifatida belgilanadigan, chiqib ketayotgan ishtirokchilarga qoplash summasiga;
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i krediti - ularning ulushlari bo‘yicha chiqib ketayotgan ishtirokchilardan qarz bo‘yicha hisob-kitob qilish uchun nomoddiy aktivlarning berilayotgan qiymati summasiga;
b) qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblab yozilganda:
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i debeti;
6410-“Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” hisobvarag‘i krediti;
v) nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati hisobdan chiqarilganida:
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i debeti;
nomoddiy aktivlarni hisobga olish hisobvarag‘i (0400) krediti;
g) nomoddiy aktivlarning jamg‘arilgan amortizatsiyasi hisobdan chiqarilganida:
nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga olish hisobvarag‘i (0500) debeti;
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i krediti;
d) rezerv kapitalni hisobga olish hisobvaraqlarida hisobga olinadigan nomoddiy ob’ektlar ushbu ob’ektini qayta baholash natijalari (saldo) summasiga:
8510-“Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” hisobvarag‘i debeti;
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i krediti;
e) ishtirokchi yuridik shaxsning ishtirokchilari tarkibidan chiqayotganida nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish munosabati bilan nomoddiy aktivlar chiqib ketishidan foyda summasiga:
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i debeti;
9320-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” hisobvarag‘i krediti;
j) ishtirokchi yuridik shaxsning ishtirokchilari tarkibidan chiqayotganida nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish munosabati bilan nomoddiy aktivlar chiqib ketishidan zarar summasiga:
9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvarag‘i debeti;
9220-“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘i krediti.
Kamomad yoki talafotlar sababli nomoddiy aktivlarni chiqarish tartibi. Tashkilotlarda nomoddiy aktivlarni kamomad yoki talafotlar aniqlanishi munosabati bilan balansdan chiqarish buxgalteriya hisobida 2004 yil 10 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 37-son, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2004-26-son, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 20/1-son qarori bilan tasdiqlangan Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1334, 2004 yil 6 aprel - O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 yil, 14-son, 173-modda) muvofiq aks ettiriladi.
Mazkur standartning 30-bandida nomoddiy aktivlar inventarizatsiya qilinganda quyidagilar hisobga olinishi ko‘zda tutilgan:

  • sub’ektlarning ulardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligini;

  • nomoddiy aktivlarni balansda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirilganligini tekshirish.

Tekshirishda patent, litsenziya, guvohnomalar va shartnomalar haqiqatda mavjudligi, ulardan foydalanish muddatlari, olingan mahsulot (ishlar, xizmatlar)lar miqdori, keltirilayotgan daromad (zarar)lar ham ko‘rib chiqiladi. Bunda inventarizatsiya o‘tkazishning asosiy manbasi «Nomoddiy aktivlarni qabul qilish-topshirish» dalolatnomasi ( NMA-1 shakl) hisoblanadi.
Joriy etilgan «Inventarizatsiyani tashkil qilish va o‘tkazish» (19-son BHMS) standartning umumiy qoidalar bo‘limida sub’ektning barcha mol-mulk tarkibi bo‘yicha inventarizatsiya o‘tkazish muddatlari belgilab berilgan, ammo, moliya-xo‘jalik faoliyatda nomoddiy aktivlarning inventarizatsiyasini o‘tkazish muddati haqida hech narsa deyilmagan. Nomoddiy aktivlar uzoq muddatli aktivlarning asosiy qismini tashkil etar ekan, uni doimo nazorat qilib turish zaruriyati kelib chiqadi. Nazorat esa, belgilangan vaqtlardagi inventarizatsiya o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Bizning fikrimizcha, nomoddiy aktivlar o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning inventarizatsiyasi muddati kamida bir yilda bir marta o‘tkazilishi kerak. Shu bilan birgalikda, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 11-moddasida inventarizatsiya ob’ektlari, uni o‘tkazish tartibi va muddatlari, inventarizatsiya bo‘yicha buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq belgilanadi deb ta’kidlanadi. Ushbu masalaga qonun nuqtai nazaridan yondashilsa, nomoddiy aktivlar inventarizatsiyasini go‘yo «chetlab» o‘tgandek ko‘rinadi. Chunki, «Nomoddiy aktivlar» buxgalteriya hisobi milliy standartida ularni inventarizatsiyalash bandi ishlab chiqilmagan va standartda ko‘rsatilmagan. Nomoddiy aktivlar asosiy vositalar kabi, ashyoviy ko‘rinishga ega bo‘lmasada, ulardan foydalanish huquqlari sub’ektga kelgusida foyda keltiruvchi xarajatlar deb ta’riflanadi, demak ma’lum darajada korxona uchun qiymatga ega.
Nomoddiy aktivlar tashkilotlar balansidan inventarizatsiyalash chog‘ida kamomad yoki talafotlar aniqlanishi munosabati bilan balans qiymati bo‘yicha chiqariladi.

Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling