O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
Faktoring - (agent, vositachi) - savdo - tijorat jarayonlaridan biri bulib, mijozning aylanma kapitalini kreditlash bilan xarakterli. Uz tarkibiga mijozning debitorlik qarzlarini inkassalashni, kredit va valyuta xavflarini kreditlash va kafolatlashni oladi.
Mol yetkazib beruvchi bilan xaridor o‘rtasida tuzilayotgan shartnoma vaqtida franko joy to‘g‘risida to‘xtalib o‘tiladiki, bunda mahsulotni ortib jo‘natish bilan bog‘liq xarajatlarni mol yetkazib beruvchi o‘z zimmasiga oladi. Franko - sotuv sharti bulib, unga kura, sotuvchi uz hisobidan shartnomada kelishilgan ma’lum joyga tovarni yetkazib berish majburiyatini oladi. Franko joyning quyidagi turlari mavjud: Bizning respublikamizda eng keng tarqalgan turi franko stansiya jo‘natish hisoblanadi. 1. Franko-vagon - kelishuv turi bulib, unga kura xaridor tovarni vagonga ortilish vaqtidan boshlab, tashish xarajatlarini koplash majburiyatini oladi. 2. Franko-zavod ombori (Franko-ombor) sotuv chetga chiqaruvchi (eksporter) kelishuv turi bulib, xaridor tovarni sotuvchining omboridan (zavodidan) qabul kilib olishi shart. Sotuvchi-chetga chiqaruvchi tovarlarni yetkazib berish xarajatlarini koplamaydi. 3. Franko- xaridor ombor (importer). Mol yetkazib beruvchi tovarni xaridor omborigacha yetkazib berish majburiyatini oladi. Xaridor - importer tovarlarni yetkazib berish xarajatlarini koplamaydi. 4. Franko-vagon sotuvchi davlati chegara bekati. Bunda sotuvchi tovarni yuklash va chegara punktigacha yetkazib berish xarajatlarini koplash majburiyatini oladi. 5. Franko-vagon xorijiy xaridor belgilagan bekat. Ushbu kelishuvga kura, sotuvchi xaridor joylashgan va shartnomada kelishilgan temir yul bekatigacha bulgan xarajatlarni koplash majburiyatini oladi. Tovarlarni yetkazishning bunday kelishuvi bir xujjat, ya’ni xalkaro ma’lumot -temir yul nakladnoyi bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu nakladnoyda xaridorning bekati, manzili kursatiladi. Tashishdagi yukotish va kamomadlar bilan bogliq moddiy javobgarliklar sotuvchi va xaridorning davlatlar temir yullari tomonidan tartibga solinadi. Inkoterms – butun dunyodagi hukumat organlari, yuridik kompaniyalar va biznes vakillari tomonidan xalqaro savdoda eng ko‘p qo‘llaniladigan atamalarning talqini sifatida e’tirof etilgan xalqaro qoidalardir. Ular xalqaro savdo shartnomalarining muhim elementi hisoblanadi. Bugungi kunda TIF va xalqaro savdo ularsiz butkul boshqacha amalga oshirilgan bo‘lar edi. Inkoterms atamalari tovarlarni sotuvchidan xaridorga yetkazishdagi chiqimlar va xarajatlarni tavsiflaydi. Shuningdek, yuk ortish-tushirish ishlari, tovarlarni tashish, ularni sug‘urtalash va bojxonada tozalash bo‘yicha taraflarning majburiyatlarini tartibga soladi. Ilk marta Inkoterms qoidalari 1936 yilda Xalqaro savdo palatasi tomonidan “Inkoterms 1936” deb nomlanuvchi birinchi nashri chop yetildi. O‘zgartirish va qo‘shimchalar keyinchalik 1953, 1967, 1976, 1980, 1990, 2000, 2010 yilda qilingan. Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling