39
uchun Bazel qo’mitasining bank kapitaliga qo’ygan yangi talablarini bosqichma-
bosqich amalga joriy qilish imkoniyatini yaratadi..
O’tgan davr mobaynida bank tizimi sezilarli darajada rivojlandi. Buni
quyidagi umumiy natijalarda ham ko’rish mumkin:
2-jadval
O’zbekiston Respublikasi bank tizimining rivojlanishini tavsiflovchi
ko’rsatkichlar dinamikasi
10
, mlrd. so’m
№
Ko’rsatkichlar
2010
2011
2012
2013
2014
1.
Tijorat
banklari
umumiy
kapitali
4100,1
5334,2
6223,9
6567,1
6900
2.
Tijorat banklari brutto
depozitlari
13236,3
18042,0
23725,2
26121,4
28500
3.
Tijorat banklari brutto
kreditlari
11539,3
15651,5
20391,9
26529,9
34800
4.
Tijorat banklari brutto
aktivlari
20739,5
27453,3
35744,2
43867,5
55200
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2010-2014 yillarda respublikamiz
tijorat banklarining umumiy kapitali va depozitlarining miqdori yuqori o’sish
sur’atlariga ega bo’lgan. Bu esa, o’z navbatida,
tijorat banklari tomonidan
berilgan kreditlar hajmining o’sish tendentsiyasini yuzaga keltirgan. Natijda,
tahlil qilingan davr mobaynida respublikamiz tijorat banklarining brutto aktivlari
yuqori sur’atda (3,0 marta) o’sgan. Ya’ni bank kreditlari mamlakatimiz tijorat
banklarining aktivlari hajmidagi salmog’i birinchi o’rinni egallaydi. 2015
yilning 1
yanvar holatiga, O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari aktivlarining
umumiy hajmida kreditlarning salmog’i 63,0 foizni tashkil etdi. Kredit
quyilmalarining yuqori sur’atlarda o’sishini ta’minlashda
iqtisodiyotning real
sektoriga berilgan investitsion kreditlar hamda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan kreditlarning o’sishi muhim rol o’ynadi.
Ma’lumki, bank tomonidan o’z aktivlari va passivlarining maqbul
tuzilmasini shakllantirgan holda likvidlilik tavakkalchiligini
boshqarish tizimini
10
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisobot ma’lumotlari asosida hisoblandi.
40
takomillashtirishni
ta’minlash orqali moliyaviy holatining barqarorligiga
erishildi. Xususan mazkur tavakkalchilik bank tomonidan Markaziy bankning
tegishli iqtisodiy me’yorlari
bajarilishi, yuqori likvidli aktivlarning etarli
darajada saqlanishi hamda kundalik to’lov pozitsiyasi ustidan nazorat
o’rnatilishi orqali boshqarilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: