41
bog’liq xatarlar darajasini hisobga olgan holda tashkillashtiriladi. Masalan, yirik
banklarda bu xizmat alohida department shaklida, shu bank filiallari tarmog’ida
esa alohida bo’lim sifatida tashkil etilib, xodimlar
bazasi ham ichki nazoratni
muofiq darajada olib borish uchun yetarli bo’lishi zarur. Tijorat banki ichki
nazorat tuzilmasi 7- rasmda keltirilgan.
7-rasm. Tijorat banki ichki nazorat tuzilmasi
12
Rasmdan ko’rinadiki, filiallardagi ichki nazorat xizmati xodimlari
bevosita filial rahbariga bo’ysunadi. Ushbu tashkiliy
tuzilma ichki nazorat
xodimining rahbarga aniqlangan kamchiliklar, aktivlardan samarali foydalanish
yo’nalishlari haqida o’z vaqtida aniq axborotni
yetkazib borishiga imkon
yaratadi. Ichki nazorat xizmati boshqarmasi esa bank bo’g’inlaridagi nazorat
tizimi uchun umumiy yo’riqlarni ishlab chiqadi, mas’ul
xodimlarning xuquq va
majburiyatlari, ish faoliyatini tashkil qilish tartibini belgilab beradi.
Jahon tajribasi ko’rsatadiki, nazorat tizimida ishlovchi xodimlar bank
bo’linmalari tomonidan bajariladigan barcha operatsiyalar tavsifi haqida to’liq
tasavvurga ega bo’lishi kerak. Xususan, yirik fransuz banklari (Societe
Generale, Credit Agricole, BNP-Paribas va boshqalar)da
nazorat tizimi
12
Nazariy ma’lumotlar asosida muallif tomonidan yaratilgan. Bunda bankning tashkiliy strukturasi inobatga
olingan
.
Do'stlaringiz bilan baham: