O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fаkulteti


-rasm. Shubhali amaliyotlar to’g’risida tegishli boshqarmalarga


Download 1.26 Mb.
bet19/23
Sana04.02.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1158826
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi t-fayllar.org

13

-rasm. Shubhali amaliyotlar to’g’risida tegishli boshqarmalarga 

ma’lumot yetkazish sxemasi 

20

Bankda ushbu yo’nalishga aloqador xodimlarning ish samaradorligini yuqori 


darajada ushlab turish maqsadida Bosh Bank «Tavakkalchiliklarni boshqarish va


ichki nazorat» boshqarmasining tegishli xodimlari xamda «Ichki nazorat xizmati» 
xodimlari yilda kamida ikki marta maxsus o’quv tayyorgarligidan o’tadilar. Bunda
xodimlarga jinoiy faoliyatga qarshi kurashish sohasidagi so’nggi yangiliklar va 
rivojlangan banklar amaliyotlari o’rgatib boriladi. Ayniqsa FATF tashkilotining
har bir majlisidan so’ng bankda tashkilot tomonidan qabul qilingan qarorlar va 
qora ro’yhat tarkibi sinchiklab o’rganib chiqiladi.
Tijorat banklari tomonidan bajariladigan operatsiyalar ma’lum mezonlar 
asosida gumonli va shubhali operatsiyalarga ajratiladi. Gumonli operatsiya - jinoiy
faoliyatdan 
olingan
daromadlarni 
legallashtirish
va

(yoki)
terrorizmni 


moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi to’g’risida tijorat bankida gumon
20
ATB “O’zsanoatqurilishbank”da jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni 

moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat qoidalari.


Filial xodimi 

Filialdagi ichki nazorat


xodimi

Bosh bank ichki nazorat xizmati ( LOTUS


kanali orqali ichki nazorat xizmati boshlig’i 
o’rinbosari adresiga)
shubxali 
amaliyotlar
xamda

shubxali deb topilgan gumonli


amaliyotlar 
to’g’risidagi
ma'lumotlar 
Departamentga
belgilangan 
tartibda
elektron 
ko’rinishda taqdim etiladi

qonun
buzilishi 


dalillari
to’g’risidagi axborotlar bank 
Boshqaruvi raisi (yoki bank
Boshqaruvi) ga yakuniy qaror 
qabul qilish uchun kiritiladi

56
uyg’otuvchi hamda uni shubhali operatsiyalar turkumiga kiritish (kiritmaslik) 


haqida qaror qabul qilgunga qadar bo’lgan pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk
bilan bog’liq operatsiya.
21
Pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog’liq 

operatsiyalar quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud bo’lganda gumonli


operatsiya deb tan olinadi: 
1) tijorat banki tomonidan operatsiyaga yoki uni amalga oshirayotgan mijozga
xatar darajasi yuqori deb berilgan; 
2) pul mablag’lari O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga offshor
hududlarda doimiy yashovchi yoki ro’yxatga olingan shaxslarning hisobvarag’iga 
yoki foydasiga ko’chirilishi, yoxud bunday shaxslarning hisobvarag’idan
O’zbekiston Respublikasiga 30 kalendar kundan oshmagan muddat davomida 
oxirgi o’tkazish (kelib tushish) kunida belgilangan eng kam ish haqining 1000
baravariga teng bo’lgan yoki undan oshadigan umumiy summada mablag’lar bir 
marotaba yoki ko’p marotaba o’tkazilishi (kelib tushishi);
3) rezident - mijoz tomonidan tovar yetkazib berish (ish bajarish, xizmat 
ko’rsatish) shartnomasi bo’yicha avval olingan badal summasini norezident
foydasiga muntazam ravishda qaytarib berilishi; 
4) operatsiyani amalga oshirish uchun taqdim qilingan hujjatlarning
haqiqiyligiga (ishonchligiga) gumon tug’ilishi va (yoki) operatsiyato’g’risidagi, 
shu jumladan operatsiya bajaruvchi tomonlarning biri haqidagi ma'lumotlar tijorat
bankida mavjud bo’lgan ma'lumotlarga muvofiq kelmasligi; 
5) operatsiyani amalga oshirish uchun ariza (topshiriq, iltimosnoma) bilan
murojaat qilinganda mijozning xatti-harakatlarining g’ayrioddiyligi, masalan: 
asabiylashishi, ikkilanish, mijozning harakatlarini boshqarib turuvchi shaxslarning
mavjudligida uning agressivligi yoki uning boshqa shaxslarga arzimas sabab 
yo’zasidan telefon orqali maslahat uchun murojaat qilishi;
21
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga 

qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat qoidalari. № 2023 13-oktabr 2009-yil



57
6) mijozning maxfiylik masalalari yo’zasidan g’ayrioddiy tashvishlanishi yoki 


tijorat banki tomonidan operatsiya haqida so’ralgan ma'lumotlarni mijoz
tomonidan asossiz rad etilishi yoxud taqdim etilishida noo’rin kechiktirilishi; 
7) amalga oshirilayotgan operatsiya bo’yicha mijoz hamkorlarini aniqlash
imkoni yo’qligi; 
8) operatsiya iqtisodiy mohiyatga ega emasligi va mijoz faoliyatining tavsifi
va faoliyat turiga muvofiq kelmasligi; 
9) mijoz faoliyati tavsifiga bog’liq bo’lmagan holda uning hisobvarag’ida pul
mablaјlari aylanmasining asossiz ko’payishi; 
10) tijorat banki ishtirokida mijoz tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarning
operatsiyalarni 
amalga
oshirishning 

umumqabul


qilingan 
amaliyotiga
nomuvofiqligi; 
11)
mijoz

tomonidan


bajarilayotgan 
operatsiyalarga
o’xshash 
operatsiyalarning summalari asossiz taqsimlanishi;
12) hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi mijozning oddiy faoliyatidan farq 
qiluvchi nostandart yoki g’ayrioddiy murakkab sxemalardan iborat bo’lishi;
13) mijoz tomonidan operatsiyaning avval kelishilgan amalga oshirish 
sxemasiga uning ijro qilinishini bevosita boshlanishidan oldin, pul mablag’lari
yoki boshqa mol-mulklarning harakat yo’nalishiga taalluqli bo’lgan o’zgartirishlar 
kiritilishi;
14) jismoniy shaxs tomonidan ayirboshlash kuniga belgilangan eng kam ish 
haqining 1000 baravari miqdoriga teng bo’lgan yoki undan oshadigan summada bir
qiymatdagi banknotlarni boshqa qiymatdagi banknotlarga ayirboshlash; 
15) operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan eng kam ish haqining
1000 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan summada jismoniy shaxs 
tomonidan naqd pul ko’rinishidagi pul mablaјlarini yuridik shaxsning yoki yakka
tartibdagi tadbirkorning bank hisobvarag’iga qarz, kredit, moliyaviy yordam, ustav 
fondi (kapital)ga qo’yilma sifatida kiritilishi.
16) Norezident tomonidan rezidentga grantlar, moliyaviy yordam, qarz yoki 
beg’araz yordam sifatida pul mablag’lari berilishi.

58
Ma’lumot sifatida aytish mumkinki, offshor xududlar va davlatlar ro’yxati 


O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1281-son bilan ro’yxatga olingan
«Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga 
oshirilishining
asoslanganligi 
yuzasidan
monitoring 
olib
borish

tartibi
to’g’risida»gi Nizom va unga kiritilgan qo’shimcha va o’zgarishlarda keltirilgan 


ro’yxatlardan olinadi.
Shubhali operatsiya - pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog’liq, 
tayyorlash, sodir etish jarayonida bo’lgan yoki sodir etib bo’lingan, tijorat bankida
uni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni 
moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi to’g’risida shubha paydo bo’lgan
operatsiya.
22
Pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog’liq operatsiyalar 

quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud bo’lganda shubhali operatsiya deb


tan olinadi: 
1) operatsiya bajaruvchi tomonlaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish 
sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan,
turgan yoki ro’yxatga olingan shaxs bo’lsa; 
2) jismoniy shaxslar tomonidan, shu jumladan pul o’tkazmalari tizimlari
orqali bir vaqtda yoki 3 oydan oshmagan muddat davomida ko’p marotaba eng 
kam ish haqining 1000 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan umumiy
summada chet el valyutasida pul mablag’lari olinishi yoki jo’natilishi;
3) jismoniy shaxslar tomonidan bir vaqtda yoki 3 oydan oshmagan muddat
davomida ko’p marotaba eng kam hsh haqining 1000 baravari miqdoriga teng yoki 
undan oshadigan umumiy summada chet el valyutasidagi pul mablaјlari sotilishi
yoki sotib olinishi; 
4) O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga nomi ko’rsatilmagan
holda, (anonim) shaxsga ochilgan hisobvaraqqa pul mablag’lari ko’chirilishi 
22
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va t errorizmni moliyalashtirishga 

qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat qoidalari. № 2023 13-oktabr 2009-yil



59
hamda O’zbekiston Respublikasiga nomi ko’rsatilmagan holda, (anonim) shaxsga 


ochilgan hisobvaraqdan pul mablag’larining tushishi;
5) filial rahbariyati yoki Bosh bank ichki nazorat xizmati tomonidan xabar 
qilinishi lozim bo’lgan operatsiyalar toifasiga kiritish to’g’risida qaror qabul
qilingan gumonli operatsiya. 
Operatsiya bajaruvchi tomonlaridan biri quyidagi shaxslar hisoblanishi
to’g’risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud 
bo’lganda har qanday operatsiya alohida hollarda xabar qilinishi lozim:
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon 
qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon 
qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo’lgan yoxud uni
nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs; 
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon
qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati 
ostidagi yuridik shaxs.
Tijorat banki tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan 
ma'lumotlar asosida, mijozning faoliyati va operatsiyalari turlarini inobatga olgan
xolda filialdagi Ichki nazorat xizmati xodimlari mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan 
olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida
operatsiyalarning amalga oshirilishini baxolaydi va tegishli (yuqori yoki past) xatar 
darajasini belgilaydi.
Bankda quyidagi mezonlarga javob beradigan mijozlarni yuqori darajadagi 
xatar toifasiga kiritiladi va ularga nisbatan kuchaytirilgan e'tibor qaratiladi:
1. Terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotganligi yoxud terrorchilik faoliyati 
bilan shug’ullanayotgan shaxslarning nazorati ostida ekanligi yoxud terrorchilik
faoliyati bilan shug’ullanayotgan yoki shugullanishda gumon qilinayotgan 
tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori ekanligi yoxud uni nazorat
qilayotganligi to’g’risida mavjud bo’lgan ma'lumotga tegishli shaxslar; 

60
2. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni 


moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro xamkorlikda ishtirok
etmayotgan davlatda yoxud offshor xududda doimiy yashayotgan, turgan yoki 
ro’yxatga olingan shaxslar;
3. Offshor xududlarda xisobvaraqqa ega bo’lgan rezident va norezidentlar; 
4. Xaqiqatda joylashgan joyi ta'sis yoki ro’yxatga olish xujjatlarida
ko’rsatilgan ma'lumotlarga muvofiq bo’lmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi 
tadbirkorlar;
5. Faoliyat davri (davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan boshlab) moliyaviy 
yilning bir choragidan oshmagan yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
6. Xaqiqiy egasi mazkur bandning "1", "2" kichik bandlarida kursatilgan 
shaxslar hisoblangan tashkilotlar;
7. Muntazam ravishda (masalan, 3 oy ichida ikki va undan ortiq marta) 
shubxali yoki gumonli operatsiyalarni amalga oshiruvchi mijozlar;
Mijozlar operatsiyalarining joriy tekshiruvi tijorat bankining mijozlarga 
bevosita xizmat ko’rsatuvchi (mas'ul ijrochilar, kassirlar va shu kabi) tegishli
xodimlari tomonidan, lavozim majburiyatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur 
xodimlar gumonli operatsiyalar aniqlangan taqdirda bunday operatsiyalar haqida
bevosita o’z rahbariga va Ichki nazorat xizmati xodimlariga yozma ravishda xabar 
berishga majburdirlar.Mijozlar operatsiyalarining keyingi tekshiruvi Ichki nazorat
xizmati xodimlari tomonidan joriy tekshiruv jarayonida aniqlanmaydigan shubhali 
operatsiyalarni aniqlash maqsadida, mijozning o’tgan davr mobaynida bajargan
operatsiyalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.

61



Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling