O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fаkulteti


III BOB. O’ZBEKISTONDA BANK ICHKI NAZORATI TIZIMINING


Download 1.26 Mb.
bet20/23
Sana04.02.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1158826
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi t-fayllar.org

III BOB. O’ZBEKISTONDA BANK ICHKI NAZORATI TIZIMINING 

SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI

Bank ichki nazorati samaradorligini oshirishdagi asosiy yo’nalishlar sifatida


nazariy jihatdan birqancha omillarni ko’rib o’tish mumkin. O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26- noyabrdagi PQ-1438-sonli “2011-2015
yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini 
oshirish va yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor
yo’nalishlari to’g’risida” qarori asosida bank ichki nazoratiga oid bir qancha 
masalalar belgilab berildi. Shulardan biri bankning korporativ boshqaruv
tuzilmasiga Bank Kengashiga bo’ysunuvchi risklar nazoratini amalga oshiruvchi 
tegishli Qo’mitani majburiy ravishda kiritilishini joriy qilishdir. Bunga Markaziy
bankning uslubiy ko’rsatmasini ishlab chiqish va shu asosda bank Kengashlari 
o’zlarining tegishli qarorlarini qabul qilishi orqali erishish ko’zda tutilgan.
Umuman jaxon amaliyotida risk nazorati bo’yicha alohida bo’linma bir necha 
yillardan beri samarali ishlab kelayotgan nazorat bo’linmasidir. Ko’pgina xorij
bank amaliyotining ichki nazorat mexanizmini kuzatganimizda uning tarkibida 
alohida tuzilma sifatida risklarni boshqaruvchi guruh mavjudligini ko’ramiz. Bu
esa tijorat banklari duch keladiga turli risklarni to’g’ri aniqlash va baholash 
imkoniyatini kengaytiradi. Bundan tashqari PQ-1438 sonli qarorda bank
operatsiyalarini amalga oshirishda operatsion va bozor tavakkalchiliklarini 
aniqlash bo’yicha meyoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish vazifasi Markaziy
bankka yuklatilgan.
Prezidentimizning yuqoridagi PQ-1438 sonli qaroriga 1-ilovada “2011-2015-
yillarda respublika bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish 
va yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishish bo’yicha chora-tadbirlar
majmuasi” berilgan. Ushbu majmuada jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni 
legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha
xalqaro andozalarini joriy qilish hamda ichki nazorat va xavfsizlikni ta’minlash 
tizimlarini yanada takomillashtirish bo’yicha alohida bo’lim kiritilgan va unda
quyidagi masalalar o’rtaga tashlangan: 

62
FATF va tegishli hududiy tashkilotlar tavsiyalariga muofiq tijorat banklari


nobank kredit tashkilotlari va boshqa moliyaviy tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan
olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi 
kurashish bo’yicha meyoriy-huquqiy bazalarini yanada takomillashtirish;
Tijorat banklari, nobank kredit tashkilotlari va boshqa moliya tashkilotlarida 
ichki nazoratga mas’ul bo’lgan xodimlar uchun o’quv kurslarini , shu jumladan
xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda tashkil etish; 
Tijorat banklari , nobank kredit tashkilotlari va ularning filiallarida ichki
nazorat tizimini tashkil qilish va uning faoliyat yuritishi bo’yicha qoida va 
tartiblarni takomillashtirish;
Shubxali va gumonli operatsiyalarni aniqlash, shuningdek axborotlar 
xavfsizligini ta’minlash va bank mijozi to’g’risidagi ma’lumotlarni sir saqlash
jarayonlarini 
takomillashtirish
uchun

tijorat
banklari 


va
nobank

kredit
tashkilotlarining ichki nazorat tizimida yangi texnologiyalar va dasturiy 


taminotlardan foydalanishni joriy qilish va kengaytirish;
Jahon amaliyoti ko’rsatadiki, har qanday tizimni tashkil qilishda dasturiy 
ta’minotdan unumli foydalanish ish sifatini va tezligini ta’minlashda muhim
o’ringa ega.
Plastik kartochkalar bilan hisob –kitob qilish tizimining ma’lumotlar
bazasiga ruxsatsiz kirishidan ishonchli himoyalashni va maxfiy axborotlarni 
ximoyalashni ta’minlashga imkon beruvchi yangi dasturiy mahsulotlarni ishlab
chiqish va ma’lumotlar bazasiga kira oladigan shaxslar doirasini qisqartirish 
hisobiga tovlamachilik faoliyatidan kelib chiqadigan tavakkalchiliklarni oldini
olish;

Videokuzatuv vositalarini o’rnatish, tashqi qo’riqlash bo’limlari bilan


bog’langan tashvish-signalizatsiya qurilmalari bilan majburiy jihozlanishi ustidan 
nazoratni kuchaytirish orqali tijorat banklarining barcha bo’linmalarida (filiallar,
minibanklar, jamg’arma va maxsus kassalar), uzoq joylashgan bank uskunalarida 
(bankomatlar, terminallar, info-kioskalar va bosh) xavfsizlikni taminlash tizimini
takomilashtirish. 

63
Yuqoridagilar banklarda ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirishga 


qaratilgan bugungi kundagi eng asosiy vazifalar hisoblanadi. Ularni amaliyotda
keng joriy qilishning grafigi ham tasdiqlangan va shu grafik asosida tijorat banklari 
o’zlarining ichki loyihalarini ishlab chiqqanlar.
So’nggi yillarda ko’pgina g’arb mamlakatlari banklarida komplaens-kontroler 
xizmati rivojlanib bormoqda. Ushbu xizmat bank faoliyatining qonunchilik
doirasida faoliyat ko’rsatishini tartibga solish, yangi standart va normalarni (misol 
uchun Bazel qo’mitasining kapital yetarliligi to’g’risidagi talablari, moliyaviy
hisobotlarning xalqaro standartlari va boshqalar) bank faoliyatiga joriy qilishga 
yordam beradi. Bazel II ning operatsion risklar hisobi to’g’risidagi talablarini
amaliyotda qo’llash muhim ahamiyatga ega. Ushbu operatsion risklardan biri 
reputatsion risk bo’lib, u faoliyatning qonun talablari, standart va normalarga
mosligi bilan bog’liq.
“Komplaens” atamasi muofiqlik so’ziga mos keladi va komplaens-
kontrolerning asosiy funksiyasi – qonunchilik hujjatlari, tartibga solish qoidalari va 
nazorat organlarining talablariga amal qilinishini ta’minlash hisoblanadi. Takidlash
kerakki, 
komplaens-kontroler tushunchasiga hali aniq tarif keltirilmagan,
mutaxasislar uni turli xil talqin qiladilar. Ko’pchilik fikricha uning mazmuni bank-
moliya tizimining yangi talablari va ro’y berayotgan o’zgarishlar bilan bank
tizimini to’ldirish va taraqqiy toptirishdan iborat. Boshqa bir guruh mutaxasislar 
komplaens-kontroler atamsini deontologiya (ish etikasi)ga amal qilinishini nazorat
qilish sifatida tushunadilar.
So’nggi vaqtlarda komplaens-kontroler va uning bajaradigan funksiyalarini
milliy va xalqaro darajada o’rganishga urinish ortib bordi. 2005-yilda bank 
nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi “Komplaens va uning banklarda bajaradigan
funksiyalari” (Compliance et la function de compliance) nomli hujjatni e’lon qildi 
va ushbu hujjat uch tomonlama muhim ahamiyatga ega: birinchidan, banklarda
komplaens-kontroler xizmatining alohida maqomi belgilab qo’yildi; ikkinchidan, 
jahon talablari va standartlari asosida har bir bankda komplaens-risk boshqaruvi
bo’lishi shartligi belgilab qo’yildi; uchinchidan, komplaens-kontroler xizmatini 

64
tashkil qilishda har bir bank mustaqil bo’lsada, uni amalga oshirishning umumiy 


tamoyillari mavjudligi belgilandi.
Bazel qo’mitasining rekomendatsiyasiga asosan banklarda komplaens-
kontroler xizmati quyidagi funksiyalarni bajarishi kerak:
Bank faoliyati bilan bog’liq komplaens-risklarni aniqlash va baholash va 
ushbu risklar darajasini muntazam baholab borish;
Bazel II ning yangi talablari doirasida qonunchilik hujjatlari, qoida va 
standartlarga amal qilinishi yuzasidan boshqaruvga hisobot taqdim etib borish;
Qoida

va
standartlarga, shu jumladan jinoiy faoliyatdan olingan 


daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo’yicha qoida va tartiblarga
yetarli darajada amal qilinishi yuzasidan turli yo’riqnomalar ishlab chiqish; 
Ichki tartiblar va operatsiyalarning amaldagi qonunchilikka mosligini
baholash; 
Xodimlarning o’z faoliyatida qonunchilik hujjatlariga amal qilishini
o’rganish; 
Tashqi tartibga soluvchi organlar bilan aloqalarni qo’llab-quvvatlash.
Yirik banklarda komplaens-kontroler xizmati bir qancha bo’linmalardan 
iborat bo’ladi, jumladan: jinoiy faoliyatdan topilgan kapitalni legallashtirishga
qarshi kurashish bo’yicha guruh (moliyaviy monitoring bo’limi); manfaatlar 
to’qnashuvini oldini olish bo’yicha guruh; axborotlar nazorati rejimini o’rganish
bo’yicha guruh; mijozlar e’tirozlarini tahlil qilish va nazorat ostiga olish bo’yicha 
guruh va boshqalar. So’nggi vaqtlarda komplaens-kontrolerning ixtisoslasuvi
kuchayib bormoqda. Ulardan ko’pchiligi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni 
legallashtirishga qarshi kurashishga ixtisoslashgan.
Har bir yirik bank komplaens-kontrolerni tashkil qilish va u bajaradigan 
vazifalarni begilashda mustaqil. Belgiya bank guruhi hisoblanmish – Dexia
o’zining mustaqil komplaens-kontroler xizmatiga ega bo’lib, u bank faoliyatining 
qonun talablari, bank siyosati va axloq normalariga muofiqligini baholaydi. Ushbu
xizmat bank ijro organlari va boshqaruvi tomonida maqullangan Xartiya 
komplaens-kontroler (Une Charte Compliace) tomonidan amalga oshiriladi.

65
Komplaens-kontroler boshlig’i komplaens-kontroler tizimini boshqaradi, ushbu 


tizim bank filiallari va operatsion bo’linmalaridagi xodimlar jamlanmasidan iborat.
Dexia guruhidagi komplaens-kontroler faoliyatning quyidagi yo’nalishlarini 
o’zida jamlagan:
ü
Professional deontologiya 

ü
Bank boshqaruvida belgilangan tamoyillarga amal qilinishi 


ü
Insayderlar ma’lumotlaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish 

ü
Jinoiy faoliyatdan olingan kapitalning legallashtirilishini oldini olish 


ü
Xodimlarning shaxsiy hisobraqamlari bo’yicha operatsiyalar nazorati 

ü
Moliyaviy instrumentlar bilan bog’liq shartnomalar ustidan nazorat 


ü
Xodimlar va mijozlarning shaxsiy hayotini hurmat qilish va boshqalar. 

Hozirgi vaqtda ko’pgina fransuz banklarida ham komplaens-kontroler xizmati


rivojlanib bormoqda va ularning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilanadi: 
- Qonunchilikka to’la rioya qilinishini doimiy nazorat qilish
- Mijozlar manfaatiga ustunlik berilishini ta’minlash 
1997-yil 1-oktabrdan Yevroittifoqqa a’zo mamlakatlar uchun banklarda ichki
nazoratni tashkil qilishga oid 97-02 reglament ishlab chiqildi. Fransuz banklarining 
deyarli 80 %i o’z ish jarayonida ushbu reglament qoidalarini qo’llay boshlagan.
Reglament bank boshqaruv organlarining ichki nazoratni tashkil qilish va samarali 
amalga oshirilishiga javobgarligini oshirishni ko’zda tutadi. 1998-yidan etiboran
fransuz banklarining boshqaruv a’zolari risk nazorati va unga qat’iy amal qilish 
borasidagi ishlar to’g’risida axborot berishlari shart qilib belgilandi. Ushbu
axborotlar o’z ichiga risk nazorati, risk chegaralari to’g’risidagi ma’lumotlar, 
bankning riskka moyilligining muhokamasi kabilarni o’z ichiga qamrab oladi.
Agar bank moliya bozorlarida yirik hajmdagi operatsiyalarni amalga oshirsa, 
boshqaruv o’z azolaridan biriga moliya bozoridagi risklar va ichki nazorat ish
faoliyati to’g’risidagi hisobotlarni tahli qilish va o’z xulosalarini bildirishni 
yuklashi mumkin. Reglament har bir bankda audir boshqarmasini tashkil etishni
shart qilib qo’ymagan, lekin ko’pgina fransuz banklarida u mavjud: uning tarkibi, 
strukturasi va javobgarligini har bir bank mustaqil belgilaydi.

66
Bankda audit yoki inspeksion xizmat zaruriy ma’lumotlarni taqdim etish 


orqali nazoratni tashkil qilishda alohida o’ringa ega. Yirik banklarda ichki audit
xizmati o’zining tashkilliy strukturasiga ega bo’lib, bosh banklarda markaziy audit 
xizmati faoliyat yuritadi va unga filiallarda hamda bo’linmalardagi audit xizmatlari
bo’ysunadi. Nisbatan kichikroq banklar bank boshqaruvining funksional va 
operativ bo’linmalarida faoliyat yurituvchi “ichki nazorat korrespondentlari”
tizimini yaratishi zarur. Uning bosh maqsadi – operatsiyalarni amalga oshirishda 
va ishchi o’rinlarida joriy nazorat mexanizmlarini amalga oshirish hisoblanadi.
Kichik va o’rta banklar maxsus ichki nazorat xizmatini tashkil qilishga 
imkoniyati bo’lmasligi mumkin, modomiki bunda ichki nazorat bajaradigan
funksiyalarni taqsimlash qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Biroq ular mavjud risklar 
va ulardan keladigan yo’qotishlar o’rtasidagi aniq muvozanatni yaratish maqsadida
o’zlarining strategiyalarini ishlab chiqadi.
Yirik banklarda ichki nazoratni rivojlantirishdagi eng asosiy qiyinchilik
tashkiliy to’zilma, ma’lumotlar tizimi va operatsiyalarning murakkabligi bilan 
chambarchas bog’liq, shuningdek psixologik omillar (mentalitet) ham xalal
bermoqda. 
Bank Societe Generale 1997-yilda komplaens-kontroler bo’yicha maxsus
departament tashkil qildi va uning barcha, xususan Nyu York, Gongkong, London 
kabi shaharlardagi filiallarida u o’zining barcha vazifalarini to’laqonli bajarmoqda.
So’nggi yillarda komplaens-kontrolerlar bankda yuqori darajadagi xulq-atvor 
namoyish etuvchi (Fransiyada ular deontolog deb ataladi) eng zaruriy xodimlar
sifatida nom qozondi. Bugungi kunda Societe Generaleda 300 dan ortiq xodim 
to’g’ridan-to’g’ri yoki bilvosita komplaens-kontrolerning vazifalarini bajaradi.
Ular bank faoliyatining asosiy uch yo’nalishi bo’yicha taqsimlangan: chakana 
operatsiyalarda, investitsion operatsiyalarda va vip mijozlarga xizmat ko’rsatishda.
Parijda yig’ilgan 20 kishidan iborat guruh komplaens-kontroler borasida bankning 
umumiy siyosatini ishlab chiqadi.
1997-yilda Fransiyada Bank va Moliyaviy nazorat Qo’mitasi (Comite de la 
Regulation Bancaire et Financiere) tomonidan ishlab chiqilgan CRB 97-03

67
reglament qabul qilindi. Unga ko’ra banklar bank amaliyotlarining qonunchilik va 


tartibga solish qoidalariga muofiqligi nazoratini amalga oshirishi shart. Ko’pgina
yirik farnsuz banlari komplaens-kontroler xizmatini yaratishdi va uning faoliyatini 
takomillashtirib borishdi. 2004-yi dekabrida BNP Paribas ham faoliyatning
qonunchilikka mosligini nazorat qilish vazifasini bajaruvchi o’zining komplaens-
kontroler xizmatini tashkil qildi.

68


XULOSA

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda samarali nazorat 


mexanizmi har bir xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyati uchun zarur. Chunki
mablag’lar va boshqa mol-mulkdan unumli foydalanish ushbu subyektning kelgusi 
faoliaytiga ijobiy tasir ko’rsatadi. Xuddi shunday tijorat banklari iqtisodiyotning
qon tomiri bo’gani uchun bajarilayotgan operatsiyalarning meyoriy hujjatlarga 
muofiqligi, pul mablag’lari va boshqa mol-mulkdan samarali faydalanish,
banklarning noqonuniy faoliyatga jalb qilinishini oldini olishda ichki nazorat 
tizimining o’rni katta. Bugungi kunda bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning
sifat darajasini oshirishda xalqaro tashkilotlar, xususan FATF ( Financial Action 
Task Force) va uning hududiy guruhlari tajribasi, shuningdek rivojlangan
mamlakatlar bank tizimida yo’lga qo’yilgan nazorat mexanizmlari usullaridan 
keng foydalanish maqsadga muofiq bo’ladi. Bizningcha, Yevropa banklarida amal
qilayotgan nazorat usullarining ko’pgina ijobiy tomonlarini mamlakatimiz bank 
tizimiga tadbiq qilish kerak. Masalan, bu borada asosiy diqqat-e’tibor nazorat
tizimi xodimlariga qo’yiladigan talablarni oshirish va ular malakasini doimiy 
ko’zatib borishga qaratilishi kerak. Ichki nazorat avvalo aksionerlar va mijozlar
manfaatiga xizmat qiladi, shuning uchun bankning yuqori boshqaruv organi 
faoliyatni tashkil qilish va uni boshqarishda kuchli nazoratga asoslangan
menejmentni shakllantirishga katta e’tibor berishi lozim. Aks holda Markaziy bank 
tomonidan ushbu bank faoliyatiga jiddiy to’siqlar qo’yilishi va hattoki
operatsiyalarni amalga oshirish huquqidan maxrum etishi ham mumkin. Nazorat 
tizimini xalqaro Bazel qo’mitasi takliflari asosida va rivojlangan mamlakatlar
tajribasiga tayangan holda tashkil qilish uning samarali faoliyat yurishida xal 
qiluvchi omildir.
Bank faoliyatining ushbu yo’nalishini chuqur o’rganish va amalga oshirilgan 
tahlillar natijasida quyidagi taklif va mulohazalar shakllandi:
1.

Banklarda ichki nazorat tizimi ishini yengillashtirish va sifatini


oshirish uchun zamonaviy dasturiy ta’minotlardan foydalanish kerak. Rivojlangan 

69
mamlakatlar bank amaliyotlari shuni ko’rsatadiki, zamonaviy komputer dasturlari 


asosida ish tashkil qilingan banklarda mijozlarga xizmat ko’rsatish darajasi va
tezkorligi yuqori darajada bo’ladi, shuningdek bank operatsiyalarini nazoratdan 
o’tkazishda operativ dasturlar bo’lishi kamchiliklarni tezkorlik bilan aniqlanishi,
ayniqsa jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni 
moliyalashtirishga urinishlarni oldindan aniqlashda muhim o’ringa ega.
2.

Ichki nazorat xizmati xodimlarini FATFning hududiy guruhlari


(xususan Yevroosiyo guruhi) ning ishchi guruhlari yoki nazorat mexanizmi kuchli 
yaratilgan davlatlarda malaka oshirishini qo’llab-quvvatlash. Bunda katta e’tibor
jinoiy

faoliyatdan


olingan

daromadlarni


legallashtirish 
va
terrorizmni 

moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni qo’llab-


quvvatlash, jinoiy amaliyotlarni aniqlash va unga qarshi operativ kurashish 
bo’yicha xodimlarning malakalarini oshirishga qaratiladi. Ma’lumki so’nggi
yillarda g’arb banklari amaliyotida komplaens-kontroler xizmati rivojlanib bordi 
va bugungi kunda banklar reputatsiyasining tushib ketishiga qarshi samarali ish
olib bormoqda. Mamlakatimizda ham ushbu xizmat sekin asta shakllanmoqda va 
xodimlarning ushbu yo’nalishda rivojlangan davlatlar amaliyotini o’rganishi
maqsadga muofiq ish bo’ladi. 
3.
Ichki nazorat xodimlarining moliyaviy mustaqilligini ta’minlash 

kerak. Bunday taklif berilishidan ko’zlangan asosiy maqsad shuki, bank ichki


muhitida bo’ladigan turli firibgarliklar va o’zboshimchaliklarni odini olishdir. 
Moddiy manfaat bank xodimlarining turli noqonuniy operatsiyalar qilishiga olib
kelishi mumkin, shuning uchun ichki nazorat xizmati bunday jarayonlarni vaqtida 
aniqlashi va tezlik bilan unga qarshi tadbirlar ko’rishi zarur. Boshqa tomondan esa
nazorat xodimlarining o’zlari ham bunday jarayonlarga tortilmasligi uchun ular 
moddiy manfaatga berilmasligi kerak. Bu tajriba jahon amaliyotida uzoq yillardan
beri mavjud bo’lib o’zining ijobiy samarasini bergan. Moliyaviy mustaqillikni 
taminlashning bir yo’nalishi sifatida nazorat xodimlari ish-faoliyati tahliliga
asoslanib ularni moddiy rag’batlantirishni amaliyotga tadbiq qilish kerak. Bunda 

70
ma’lum vaqt oralig’da o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvlari xulosalariga 


tayanilishi mumkin.
4.

Mamlakatimiz bank tizimida komplaens-kontroler xizmatini kengroq


amalga tadbiq etish maqsadga muofiq bo’ladi. Chunki keng ommaning bank 
tizimiga bo’lgan ishonchi banklar uchun eng muhim asos hisoblanadi. Shuni
inobatga olib bank tizimining barqaror faoliyat yuritishi, ya’ni bank barcha 
amaliyotlarining meyoriy-huquqiy asosga ega ekanligini doimiy monitoring qilib
borish va bu jarayon uzluksizligini ta’minlashda komplaens-kontroler xizmatining 
o’rni kattadir. Bu xizmat g’arb amaliyotida bir necha yillardan beri mavjud bo’lib,
bank reputatsiyasini saqlab turishda kata ahamiyat kasb etmoqda va qachondir 
bizning bank amaliyotimizga ham kirib kelishi tayindir, zero mamlakatimizning
jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi kundan-kun ortib bormoqda. Bundan 
tashqari, komplaens-kontroler xizmatining eng asosiy funksiyalaridan biri – bu
Bazel II talablarini banklarda joriy qilish ekanligi bizning hozirgi kundagi banklar 
oldida turgan aosiy vazifalardan birini hal etishda kata ahamiyatga ega bo’ladi.

71




Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling