O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fаkulteti
Download 1.26 Mb.
|
O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi t-fayllar.org
tekshiruv usullari
v Audit v Analiz v Tekshiruv (reviziya) v Monitoring v Tematik tekshiruv v Xizmat tekshiruvi v Yuridik baholash v Mantiqiy nazorat v Formal tekshiruv v Arifmetik tekshiruv v taqqoslash v Inventarizatsiya v Ekspertiza v Boshqaruv ma’lumotlari tahlili va bosh. 10
ta’minlash maqsadida doimiy ravishda amalga oshiriladigan nazorat tushuniladi. Keng ma’noda aytganda, bank nazorati bu hukumat tomonidan moliyaviy sektorni ishonchliligini, barqarorligini ta’minlashda ishlatiladigan tizimdir. Barcha davlatlardagi bank nazorati tizimlari oldida 2 ta muhim vazifa turadi: -Bank tizimini mustahkamlash hamda iqtisodiy o’sishiga hamkorlik qilish. -Barcha omonatchilar va kreditorlar manfaatlarini himoya qilish. Bank nazorati oldida turgan asosiy vazifa butun bank tizimi barqarorligini ta’minlash bo’lsada, lekin alohida olingan bank duch kelishi mumkin bo’lgan jiddiy muammolarni va inqirozlarni oldini olish maqsadga erishishdagi eng yaxshi yo’ldir. Omonatchilar va kreditorlar manfaatini himoya qilishdan maqsad, ular o’z mablag’laridan foydalanayotgan banklar tomonidan qanday xavf-xatarli operatsiyalar bajarilayotganligi to’g’risida to’liq ma’lumotga ega emaslar. Bank faoliyatini nazorat qilishning zarurligi amalga oshiriladigan monetar siyosatning asosini tashkil etish bilan birgalikda respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o’tishdagi o’ziga xos yo’li bilan ham bog’liqdir. Respublikamizda Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyatini nazorat qilinishining asosiy maqsadi tijorat banklariga biron bir iqtisodiy chora ko’rish emas, balki bank faoliyatida mavjud bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etib, bank tizimining barqarorligini oshirish natijasida bank omonatchilari va kreditorlarining manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. Shu o’rinda Markaziy bankning tijorat banklarini litsenziyalash borasidagi siyosatini alohida ta’kidlab o’tish lozim. Banklarni litsenziyalash va ular faoliyatini tartibga solish, ya’ni bank nazorati bank tizimining barqarorligini saqlash, yangi moliyaviy jihatdan barqaror bo’lgan banklarning bozorga kiritilishini nazorat etish yo’llaridan biridir. Banklarni ro’yxatga olish va litsenziyalash jarayonini takomillashuvi, avvalambor, litsenziyalash andozalarini talablarni oshirishdan iboratdir. 11
tomonidan tijorat banklarini sonini ko’payishga yo’l qo’ygan MDH davlatlaridan farqli o’laroq, banklarning sonidan ham ko’ra sifatiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa, ko’plab davlatlarda yuz bergan moliyaviy inqirozlarni respublikamiz bank tizimiga o’z ta’sirini o’tkazmaganligi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklarini litsenziyalash va bank nazoratini tashkil etishda olib borayotgan siyosatini to’g’riligini yana bir bor isbotladi. Shuni ta’kidlash lozimki, banklar tomonidan o’z kapitali etarliligini ta’minlanishi, Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan iqtisodiy me’yorlarga rioya etilishi, iqtisodiyotning real sohasiga yo’naltirilgan kredit qo’yilmalari o’sishini va riskning oqilona diversifikatsiyalanishini ta’minlanishi, kreditlar berish shartlarini, shuningdek, bank kredit portfelining holatini aktsiyadorlar va omonatchilar manfaatlarini himoya qilish nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda nazorat qilinishi bank nazoratining mohiyatini bildiradi. 1995 yil 21 dekabrda “O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonun Markaziy bankning muomaladagi pul massasini tartibga soluvchi davlat organi sifatidagi mavqeini huquqiy jihatdan mustahkamladi. Qonunning muhim ahamiyatga molik jihatlaridan biri shundaki, Markaziy bank o’z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish borasida mustaqil hisoblanadi. Bundan tashqari, qonun moddalarida davlat Markaziy bankning majburiyatlari yuzasidan, Markaziy bank esa davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar emasligi aniq qilib ko’rsatib qo’yildi. Shuningdek, 2006 yildagi bank tizimi qonunchiligidagi o’zgarishlarga 4 ko’ra Markaziy Bankka mikrokredit tashkilotlariga litsenziyalar berish va ular ustidan nazoratni tashkil etish vazifasi yuklatildi. Hozirgi kunda Markaziy bank kredit tashkilotlari, lombardlar va mikrokredit tashkilotlari ustidan nazorat olib boradi va ular faoliyatini tartibga soladi. 4 2006 yil 20 sentyabrda “Mirkokredit tashkilotlari to’g’risida”gi qonun qabul qilinishi bilan “O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida”gi qonunga o’zgartirish kiritildi. 12
ng nazorat qilish sferasi kengaydi va uni quyidagicha tasvirlash mumkin. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling