O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fаkulteti


Download 1.26 Mb.
bet7/23
Sana04.02.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1158826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi t-fayllar.org

hisobdorligi 
Avstriya 
Moliya Vazirligi
Parlament 
Belgiya
Bank va Moliya Komissiyasi 
Iqtisodiyot Vazirligi va Moliya
Vazirligi 
Braziliya
Braziliya Markaziy Banki 
Moliya vazirligi
Xitoy

Xitoy Xalq Banki


Davlat Konsuli 
Misr
Misr Markaziy Banki 

Markaziy bank mustaqil organ


Gretsiya 
Gretsiya Banki
Parlament 
Hindiston
Moliyaviy Nazorat 
Boshqarmasi
Hindiston Rezerv Banki 
Isroil
Markaziy Bankning Bank 

nazorati Departamenti


Markaziy Bank raisi 
Rossiya
Rossiya Federatsiyasi Markaziy 
Banki
Davlat Dumasi 

Shvetsiya


Finansinspektionen (Moliyaviy 
nazorat)
Hukumat

Shveytsariya


Banklarning Federal 
Komissiyasi
Parlament va Hukumat 
Banklar faoliyatini rivojlanish tarixi va rivojlangan davlatlarda bank 

tizimini nazorat qilishni tashkil etish tajribasiga ko’ra hozirgi kunda bank


faoliyatini nazorati uchta usul bo’yicha amalga oshirilmoqda. Bank nazoratining 
birinchi usuli – bu Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyatini
masofadan, ya’ni ularni moliyaviy hisobotlarini tahlil qilish orqali amalga 
oshirilsa, ikkinchi usuli – bu joylarda inspektsiya, ya’ni barcha moliyaviy
hisobotlar va ularga tegishli qo’shimcha ma’lumotlar tijorat banklarining o’zida 
tekshirish o’tkazish jarayoni orqali amalga oshiriladi. Uchinchi usul – bu
masofadan turib va joylarda tekshirish usullaridan bir vaqtda foydalanishdan 
iborat.
Masofadan turib tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish usuli asosan, 
Evropa mamlakatlarida keng qo’llanilgan. Bunda Markaziy bank tijorat banklari
moliyaviy hisobotlarini tahlil qilish yo’li bilan nazorat olib boriladi. Bu usulda 
6
James R. Barth,Gerard Caprio, Jr. Ross Levine “The Regulation and Supervision of Banks Around the World” 

A New Database February 2007.



14
Markaziy bankning nazorat departamentlari tashqi audit firmalari bilan yaqin 


munosabatda bo’ladi. Har yili yil tugashidan oldin barcha sertifikatlangan tashqi
audit firmalariga audit tekshirishlarida tijorat banklari faoliyatining qaysi 
qirralariga asosiy e’tiborni qaratishlari zarurligi ko’rsatiladi. Ayrim hollarda
tashqi audit firmalarining ishchi materiallariga, garchi ularning xususiy mulki 
bo’lsada, ushbu materiallardan foydalanish talab qilinadi.
Keyingi yillarda Amerika va Evropa bank nazorati amaliyotida uchinchi 
usul, ya’ni tijorat banklari faoliyatini masofadan turib va joyiga chiqib
inspektsiya tekshirishlarini o’tkazish qo’shib olib borilmoqda. Respublikamizda 
bank nazoratini tashkil qilish asoslari yoritilgan paragrafda ko’rganimizdek, har
ikkala usuldan foydalaniladi. Xuddi shu usullarga mos departament va 
boshqarmalar tashkil qilingan bo’lib, ular bir-birlari bilan chambarchas bog’liq
ravishda ish olib boradi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarni mujassamlab, ta’kidlash joizki nazorat
mohiyatini falsafiy talqinida uning funktsiyalaridan chiqarmoq zarur edi. Lekin, 
amaliy tajribalardan ko’rinadiki, nazorat mohiyati uning bosh maqsadi va shu
maqsad yo’lida olib boradigan nazorat usullarini yuzaga keltiruvchi vazifalarida 
aks etadi. Bosh maqsad bank mohiyatidagi kamchiliklarni bartaraf etib, bank
tizimining barqarorligini oshirish natijasida bank omonatchilari va kreditorlari 
manfaatlarini himoya qilishdan iborat ekan, nazoratning oldiga qo’yilgan
vazifalari uning usullari oldiga qo’yilgan maqsadga muvofiq ravishda o’zgaradi. 
Lekin, har qanday o’zgarish bosh maqsaddan chetga chiqmaydi, balki uni
boyitib, yanada to’ldirib boradi. Agar biz jahon mamlakatlari kredit tizimining 
tarixiy rivojiga nazar solsak, bank va ular mijozlarining ko’p bor xonavayron
bo’lganiga guvoh bo’lamiz. Bu esa O’zbekistonda bank ustidan davlat nazorati 
o’rnatilishi zarurligiga olib keladi.
Jahon tajribasidan keng o’rin olgan masofadan turib nazorat o’rnatish 
bank faoliyatiga oid moliyaviy va boshqa hisobotlarni tahlil qilish hamda
tekshiruvdan o’tkazishni ko’zda tutadi. Hisobotlar balans, foyda va zararlar 
haqidagi hisobot, faoliyat turi, kreditlar, qo’yilmalar, majburiyatlar, kapital,

15
likvidlik, 


ssudalar
bo’yicha yo’qotishlarga qarshi zaxiralar haqidagi 
ma’lumotlarni o’z ichiga olishi mumkin.
Demak, masofadan nazorat qilish yoki uzoqlashtirilgan monitoring bank 
holatini so’nggi ma’lumotlar asosida baholash imkonini beradi. Ya’ni
masofadan nazorat etish bank faoliyati samaradorligiga xalal berishi mumkin 
bo’lgan omillarni aniqlab, kelgusida ular bilan bog’liq xarajatlarning oldini
oladi.

Bundan tashqari, yil yakuni bo’yicha tijorat banklari chet el tashqi


auditorlar xizmatidan foydalanadiki, uning asosida bankning moliyaviy holati 
to’g’risida hamda ehtimoliy to’lovga layoqatsizligi yoki nolikvidligi haqida
masofadan nazorat qilish tizimiga axborot beriladi. Keyingi paragrafda samarali 
bank nazoratini olib borishda bank auditining roli alohida ko’rib chiqiladi.
Xalqaro amaliyotdagi va o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra shakliy 
belgilariga qarab, masofadan nazorat yoki diagnostika tizimini to’rtta keng
toifalarga ajratish mumkin:
1) banklarni baholashning reyting tizimi;
2) moliya koeffitsientlari va guruhlab tahlil qilish tizimlari; 
3) bank risklarini baholashning yalpi tizimlari;
4) statistik modellar. 
Masofadan nazorat qilish monitoringi natijalari asosida reyting tuzish
nazorat ma’lumotlari va nazorat organlari foydalanishi mumkin bo’lgan boshqa 
axborotlar, shu jumladan, joyiga chiqib o’tkazilgan tekshiruv natijalariga
asoslanadi. Frantsiya banklari reyting tizimi masalan, Frantsiya Banki va bank 
komissiyasining
ma’lumotlar bazalarida (xususan, banklarning o’zlari 
tomonidan taqdim etilgan va moliya bozorlarining maxsus ma’lumotlar bazasida
saqlanayotgan) ma’lumotlaridan, Frantsiyaning boshqa nazorat organlari 
ma’lumotlaridan va boshqa Evropa davlatlarining nazorat organlari bilan
tuzilgan o’zaro bitimlarga muvofiq olinayotgan axborotlardan foydalanadi. 
Dastlabki
tizimlardan 
bankni
inspektsiya 

tekshiruvidan


o’tkazish 
komponenti sifatida foydalanilgan. Biroq hozirgi paytda masofadan nazorat

16
qilish bank tizimini va muayyan bank risklari tizimini baholashning mustaqil 


elementi bo’lib qoldi. Federal rezerv tizimida yakka tartibdagi bank monitoringi
erta diagnostikaning statistika modellarini talqin etishning tarkibiy bo’lagi 
sifatida qo’llaniladi. Ayni paytda, tanlab olinadigan ko’rsatkichlar har doim ham
bankning umumiy ahvoliga mos kelavermaydi (ayniqsa, yirik banklar misolida 
shunday bo’ladi).
Bunday tizim doirasida kredit tashkiloti risklarini umumiy baholash ro’y 
beradi. RATE ingliz reyting tizimi butun tashkilot uchun risklar toifalarini
ajratishni ko’zda tutadi. Niderlandiyada qo’llaniladigan RAST tizimi bankni 
yoki bank bo’linmalarini alohida baholanishi bilan ajraladi. Har bir bo’linma
barcha risklar, ichki tuzilma va har biriga ball beriladigan qator mezonlar 
bo’yicha nazorat tizimida baholanadi. Yakka tartibdagi ballar bank yoki guruhni
yakuniy baholashgacha bosqichma-bosqich uyg’unlashtirilib boriladi. 
Yalpi yondashuv riskning miqdor va sifat omillarini baholash imkonini
beradi. Bank ahvoli haqida har tomonlama axborot olish uchun milliy va xorijiy 
nazorat organlarining birgalikdagi harakati talab etiladi (Buyuk Britaniyaning
Moliya xizmati boshqarmasi mustaqil tekshiruvga oid qo’shimcha xarajatlardan 
qochish maqsadida ana shunday ma’lumotlarni so’rab oladi). Tizim bank
guruhlarini va ularning tarkibiy qismlarini birlashib va birlashmagan holda 
baholashda qo’llanilishi mumkin. Nazorat organi berilgan ballar haqida xabar
qilmasligi mumkin. Biroq umumiy rivojlanish tamoyillari va yirik risk bank 
rahbariyati bilan muhokama qilinadi.
Statistik modellarning asosiy vazifasi banklarning kelajakdagi ahvolini 
taxmin qilish, ya’ni bank muammolarini ilk bosqichlardayoq diagnostikadan
o’tkazishdan iboratdir. Ushbu modellar risklarni baholash uchun bank faoliyati 
haqida nazorat organlari tomonidan yig’ilgan ma’lumotlardan foydalanadi.
Modellar hisob-kitoblari natijasida olingan ma’lumotlarga tayanib, bankrotlikka 
uchrash ehtimoli yuqori va kam bo’lgan banklarni ajratadilar.
Ko’pchilik modellar o’zaro bog’liq yoki mustaqil ko’rsatkichlar 
o’rtasidagi aloqalarni (bankrotlik yoki yashovchanlik, reyting) tahlil qiladilar.

17
Model asosida berilgan vaqt oralig’i mobaynida voqealarning ro’y berishi 


baholanadi. Italiyada joriy etilishi rejalashtirilayotgan erta diagnostika modeli
dyuratsiyadan foydalanadi. Model har bir bank oxiroqibatda bankrotlikka 
uchraydi, degan fikrga asoslanadi. Bunday modelda bankrotlik emas, balki
bankrotlik holati ro’y berishigacha qolgan vaqt asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. 
Bank nazoratida masofadan nazorat qilishning qulayligi, samaradorligi va
tezkorligining asosiy mohiyati quyidagicha: 
─ tijorat banklari faoliyatini doimiy, har chorakda, har oyda yoki ayrim
hollarda har haftada, har kunda o’rnatilgan monitoring asosida bank holati va 
likvidliligini nazorat qiladi;
─ qabul qilingan doimiy axborotlar asosida bankning holatini boshqa 
banklar bilan solishtiradi;
─ masofadan nazorat o’rnatish tizimida mehnat sarfining ozligi bilan 
tezkor va ish ko’lami samaradorligini oshiradi;
─ ayrim hollarda joylarda olib borilgan inspektsiya tekshiruvlari natijalari 
bilan masofadan nazorat qilish uchun banklar tomonidan taqdim etilgan
moliyaviy faoliyati to’g’risidagi hisobotlar natijalari bilan solishtirilganda ular 
orasida farq mavjudligi aniqlanadi. Ya’ni masofadan nazorat qilish natijalari
o’zining haqiqiy holatini to’g’ri aks ettirishi bilan samaralidir; 
─ shuningdek, inspektsiya tekshirishlari uchun masofadan nazorat qilish
tizimi bank faoliyatida aniqlangan kamchiliklar va ish ko’lamini qaysi 
yo’nalishda olib borish to’g’risida ko’rsatma beradi.
Banklarni joyiga chiqib (inspektsiya qilish) tekshirish. Tijorat banklari 
faoliyatini masofadan turib nazorat qilish keng ma’noda tahlil qilingan bank
faoliyatini tartibga solib turish va nazorat etish individual bo’lmay, balki bunday 
nazorat natijalarini solishtirish va ma’lumotlardan xalqaro amaliyotda keng
foydalanish 
maqsadida
umumiy

ko’rsatkichlardan foydalaniladi, ya’ni


standartlashgan tizimning qo’llanishi muhimdir. 

18
Standartlashtirilgan reyting tizimi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar 


amaliyotida tashkil topib rivojlanganligini hisobga olib, savol mazmunidan
kelib, aynan AQSh amaliyotiga nazar tashlaymiz. 
Joyida nazorat o’tkazishning afzalliklariga to’xtalganda qayd etmoq
zarurki, inspektsiya xodimi nafaqat kamchilikni topadi, balki uni bartaraf etish 
yo’llarini ham ko’rsatib beradi. Alohida hollarda kamchiliklarni bartaraf etish
yuzasidan tuzilishi kerak bo’lgan jarayonda shaxsan o’zi ishtirok etadi.
Nazorat ob’ekti faoliyati qoniqarsiz topilganda Markaziy bank o’z
otalig’iga olgan holda kuzatuvchisini bank faoliyatini joyida doimiy nazorat 
qilib borilishini ma’qul deb topadi.
Shunday qilib, Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyatini tartibga 
solish va nazorat etishda joyida nazorat qilish ancha samarali bo’lib, unda jahon
tajribasida o’z o’rnini topgan yagona standartlashgan «CAMEL» tizimini 
qo’llanilishi banklarning raqobatli faoliyatida ularning inqirozga tushib qolishini
oldini oladi. Shu bilan banklarda o’z pul mablag’larini saqlab kelayotgan 
jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlari himoya etiladi.



Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling