O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fаkulteti


Mamlakatimiz tijorat banklarida ichki nazoratni tashkil etishning


Download 1.26 Mb.
bet8/23
Sana04.02.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1158826
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi t-fayllar.org

1.2. Mamlakatimiz tijorat banklarida ichki nazoratni tashkil etishning 


huquqiy asoslari. 

Bizga ma’lumki, bank nazorati organi bankda amalga oshirayotgan 


operatsiyalari hajmi va tavsifiga muvofiq ichki nazorat tizimining faoliyat
ko’rsatishini talab qilishi, bu tizim – bankni boshqarish, zahiralarni to’ldirish, 
aktiv va passivlar bo’yicha moliyaviy hisobotlarni tuzish, aktivlar saqlanishini
kuzatish bo’yicha, mustaqil ichki va tashqi auditga tegishli funktsiyalarni 
amalga oshirish bo’yicha vakolat va majburiyatlarni aniqlab berishi kerak.
Bank ichki nazoratini tashkil etish O’zbekiston Respublikasida mavjud 
banklar faoliyatining muhim yo’nalishlaridan biri sanaladi. Kredit tashkilotlarida
ichki

nazoratning


zaruriyati 
xususida
umumiy

talablar


“O’zbekiston 
Respublikasining Markaziy banki to’g’risida” (21 dekabr 1995 yil), “Banklar va

19
bank faoliyati to’g’risida” (1996-yil 25 aprel), “Auditorlik faoliyati to’g’risida” 


(2000 yil 26 may) va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga
va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi (2004 yil 26 
avgust) qonunlari bilan belgilanadi.
Bank ichki nazorati bank operatsiyalarining 
amalga oshirilishini nazorat qilish uchun bank tomonidan qabul qilinadigan
metodlar va yo’nalishlar jamlanmasini xarakterlaydi. Biroq, ichki nazorat 
shunchaki ma’lum bir vaqtda amalga oshiriladigan jarayon sifatida qaralmaydi.
Jumladan, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va 
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonunda ichki
nazoratga shunday ta’rif beriladi:
Ichki nazorat pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog’liq
operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning maxsus vakolatli davlat 
organiga xabar qilinishi lozim bo’lgan operatsiyalarni aniqlashga doir
faoliyatidir. 
Banklar uchun yaxlit moliyaviy maqsadga erishishni ta’minlash, 

omonatchilar aktivlarini himoyalash, turli o’g’irliklarga qarshi xavfsizlikni


oshirish uchun samarali ichki nazorat juda muhim. Ichki nazorat tizimining 
murakkablik darajasi bank hajmi, uning tashkiliy tuzilishiga bog’liq holda
o’zgaradi, ammo shunday elementlar mavjudki, ular har qanday tizimda mavjud 
bo’lishi kerak. Amaliy jihatdan har bir amalga oshirilayotgan bank operatsiyasi
nazorat jihatiga ega bo’lishi kerak. 
Ichki nazorat potentsial xatoliklar, yo’qotishlar va har qanday tipdagi
qonun buzilishlarga qarshi asosiy himoya mexanizmi hisoblanadi. U bank 
operatsiyalarining ishonchliligi, xavfsizligi, samaradorligi va qonuniyligini
ta’minlash uchun zarur. Bundan tashqari, nazorat tizimi yuqori darajadagi bank 
boshqaruvi uchun ham juda muhim.
Amerikaning aktsionerlik va davlat korxonalari uchun buxgalteriya 
hisobi
bo’yicha mutaxassislarni tayyorlovchi Instituti ichki nazoratni 

quyidagicha talqin etadi:


Ichki nazorat tashkilot rejasi va shu tashkilot (ma’lum 

20
biznes sohasi) tomonidan quyidagilarni ta’minlash maqsadida qabul qilingan 


chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi:
- o’z aktivlarini saqlash; 
- hisobotlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi va aniqligini tekshirish;
- operatsiyalar samaradorligini oshirishga ko’maklashish; 
- tasdiqlangan boshqaruv siyosatiga rioya qilinishini rag’batlantirish.
Ma’lumki, nazariy jihatdan ichki audit va ichki nazoratni taqqoslash 
zaruriyati paydo bo’ladi va bu taqqoslash bizga ikkala tizimning mohiyatini
to’laroq ochib berishga imkon yaratadi. Ichki audit bo’limi ichki nazorat tizimini 
kuzatish va ichki nazoratning qanday shaklda amal qilayotganini aniqlash uchun
javobgar. Ichki audit shuningdek, operatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlab 
chiqilgan tartiblarni ta’minlaydi. Bundan tashqari ichki audit bo’limi bankda
profilaktik funktsiyani ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.



Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling