O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fаkulteti
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari
Download 1.26 Mb.
|
O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi t-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishining predmeti
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy
ishining maqsad va vazifalari banklarda ichki nazorat va joriy holatini o’rganishdan iboratdir. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari quyidagilardan iborat: Tijorat banklarda bank nazoratini tashkil qilish ahamiyati va uning turlarini nazariy jihatdan o’rganish; 2 Karimov I.A. Mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. Toshkent.:“O’zbekiston”. 2015 yil, 2 b. 6
asoslari ko’rib chiqish; Bank ichki nazoratini tashkil etish tamoyillari va xorij tajribasini o’rganish; Tijorat banklarida ichki nazoratni amalga oshirish tartibini ko’rib chiqish; Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bo’yicha ichki bank qoidalarining tadbiq etilishi va bugungi kundagi amaliy holatini o’rganish; O’zbekistonda bank ichki nazorati tizimining samaradorligini oshirish yo’llarini o’rganish. Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Banklarda nazoratni tashkil etish, ichki nazorat va uni amalga oshirish shartlari, tamoyillari ishning predmeti qilib belgilangan. Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va xajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uzviy bog’langan uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan. va uning turlari Bank faoliyati barcha mamlakatlarda qat’iy ravishda tartibga solinadi va nazorat qilinadi. Zero, banklar mamlakatdagi kapitalni safarbar qilish va kreditlar taqdim etish bilan mamlakat moliya tizimida faol ishtirok etadi. Va albatta, nazoratning asosiy maqsadi aholini qolaversa, mamlakat manfaatlarini himoya qilishdir. Bank nazoratini amalga oshirishning bir qator sabablari manfaatlar nuqtai-nazaridan kelib chiqadi va ular quyidagilardan iborat: Birinchidan , banklar mamlakat aholisining jamg’armasini asosiy saqlovchisi hisoblanadi. Banklar faoliyatini nazorat qilish mamlakat aholisini moddiy zarar ko’rishdan saqlash uchun tashkil etiladi. Chunki banklarning asosiy maqsadi daromad olishga qaratilgan bo’lib, bank daromadliligi uning likvidligi bilan teskari mutanosiblikda bo’lgan holda risk bilan to’g’ri mutanosiblikdadir. Bu esa ba’zi hollarda banklarning investitsion va kredit portfelining yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Bank mijozlari esa bank ro’para kelayotgan risk haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lmaydi. Demak, bankning riskni qabul qilish ehtimolining oshishi mamlakat aholisining jamg’armasining jiddiy zarar ko’rishiga olib keladi. Bankning salbiy faoliyatidan aholi jamg’armalarining faqat qisqa muddatli yuqori likvidli depozitlarga qo’yilgan qismi zarar ko’rib qolmay, balki uzoq muddatli jamg’armasi masalan, pensiya fondiga ajratilgan ajratmalar ham jiddiy zarar ko’rishi mumkin. Bu esa bank nazoratining naqadar muhimligini ko’rsatadi. Ikkinchidan , bank kreditorlari manfaatlarini himoya qilish maqsadida banklar faoliyatini nazorat qilish, tartibga solish amaliyotlari qo’llaniladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va individual shaxslar o’z faoliyatlarini rivojlantirish, turmush farovonliklarini oshirish uchun tijorat banklarining turli xil kreditlaridan foydalanishadi. Ushbu kreditlar keng omma uchun yo’naltirilishini hamda bank xizmatlarining narxini oshib ketmasligini 8
banklar o’rtasidagi kuchli raqobatni ta’minlab, erishadi. Uchinchidan, hukumat o’z iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish uchun samarali bank nazoratini tashkil qilishga harakat qiladi. Banklar hukumatning fiskal agenti bo’lish bilan birga ularning o’zlari ham mamlakat byudjetiga soliq to’lovlarini amalga oshirishlari bilan hukumat tomonidan ularning yuqori daromadliligi qo’llab-quvvatlanadi va shu bilan birga, yuqori daromadlilik past darajadagi likvidlilikni keltirib chiqarib, o’z navbatida yuqori risk tufayli mamlakatda tizimli riskni keltirib chiqaradi. Bu butun iqtisodiyotni inqirozga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, banklar bo’sh pul mablag’larini jalb etib, ularni kreditlar uchun yo’naltirish bilan mamlakatdagi iqtisodiy faollikni oshirib, ishsizlik darajasini kamaytiradi, shu bilan birga, mamlakatdagi pul massasiga bilvosita tasir etib, inflyatsiyani keltirib chiqaradi. Shuning uchun hukumat samarali bank nazoratini tashkil etishga harakat qiladi. To’rtinchidan , bank aktsiyadorlari va ishchi-xodimlar manfaatlarini himoya qilish uchun ham bank nazorati tashkil etiladi. Bozor iqtisodiyoti to’liq qaror topgan rivojlangan davlatlarda davlatning bank nazorati sohasidagi siyosatining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: a) pul taklifi ustidan nazorat o’rnatish; b) iqtisodiyotdagi moliyaviy nobarqarorliklarga barham berish; v) banklarning foyda asosida faoliyat yuritishini ta’minlash; g) bank tizimiga nisbatan ishonchsizlik tuyg’ularini yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik. Iqtisodiyotga davlat aralashuvining qisqarishi, moliyaviy munosabatlarni erkinlashtirilishi barqaror pul-kredit tizimini rivojlantirishga imkoniyat tug’diradi. Ayni vaqtda, kuchayib boruvchi raqobat, o’zgaruvchan baholar sharoitida bank risklari va nobarqarorlik kuchayadi. Yirik banklarning bir vaqtning o’zida bankrot bo’lishi milliy iqtisodiyotga jiddiy ziyon etkazadi, to’lov tizimining izdan chiqishiga, pul taklifining keskin qisqarishiga olib kelishi mumkin. Demak, bank tizimini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish 9
Hozirgi kunda bank nazorati tizimini quyidagi turlarga bo’lish mumkin. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling