O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fаkulteti


Download 1.26 Mb.
bet5/23
Sana04.02.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1158826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi t-fayllar.org

tekshiruv usullari 

v Audit


v Analiz 
v Tekshiruv
(reviziya) 
v Monitoring
v Tematik 
tekshiruv
v Xizmat 
tekshiruvi
v Yuridik 
baholash
v Mantiqiy 
nazorat
v Formal 
tekshiruv
v Arifmetik 
tekshiruv
v taqqoslash 
v Inventarizatsiya 

v Ekspertiza


v Boshqaruv 
ma’lumotlari
tahlili

va bosh.



10
Tijorat banklarini nazorat qilish deganda, banklarning barqarorligini 


ta’minlash maqsadida doimiy ravishda amalga oshiriladigan nazorat tushuniladi.
Keng ma’noda aytganda, bank nazorati bu hukumat tomonidan moliyaviy 
sektorni ishonchliligini, barqarorligini ta’minlashda ishlatiladigan tizimdir.
Barcha davlatlardagi bank nazorati tizimlari oldida 2 ta muhim vazifa turadi:
-Bank tizimini mustahkamlash hamda iqtisodiy o’sishiga hamkorlik
qilish.

-Barcha omonatchilar va kreditorlar manfaatlarini himoya qilish.


Bank nazorati oldida turgan asosiy vazifa butun bank tizimi barqarorligini 
ta’minlash bo’lsada, lekin alohida olingan bank duch kelishi mumkin bo’lgan
jiddiy muammolarni va inqirozlarni oldini olish maqsadga erishishdagi eng 
yaxshi yo’ldir. Omonatchilar va kreditorlar manfaatini himoya qilishdan
maqsad, ular o’z mablag’laridan foydalanayotgan banklar tomonidan qanday 
xavf-xatarli operatsiyalar bajarilayotganligi to’g’risida to’liq ma’lumotga ega
emaslar.
Bank faoliyatini nazorat qilishning zarurligi amalga oshiriladigan monetar
siyosatning asosini tashkil etish bilan birgalikda respublikamizning bozor 
iqtisodiyotiga o’tishdagi o’ziga xos yo’li bilan ham bog’liqdir. Respublikamizda
Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyatini nazorat qilinishining asosiy 
maqsadi tijorat banklariga biron bir iqtisodiy chora ko’rish emas, balki bank
faoliyatida mavjud bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etib, bank tizimining 
barqarorligini oshirish natijasida bank omonatchilari va kreditorlarining
manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. 
Shu o’rinda Markaziy bankning tijorat banklarini litsenziyalash borasidagi
siyosatini alohida ta’kidlab o’tish lozim. Banklarni litsenziyalash va ular 
faoliyatini tartibga solish, ya’ni bank nazorati bank tizimining barqarorligini
saqlash, yangi moliyaviy jihatdan barqaror bo’lgan banklarning bozorga 
kiritilishini nazorat etish yo’llaridan biridir. Banklarni ro’yxatga olish va
litsenziyalash jarayonini takomillashuvi, avvalambor, litsenziyalash andozalarini 
talablarni oshirishdan iboratdir.

11
Shuni alohida qayd etish lozimki, respublikamizda Markaziy bank 


tomonidan tijorat banklarini sonini ko’payishga yo’l qo’ygan MDH
davlatlaridan farqli o’laroq, banklarning sonidan ham ko’ra sifatiga alohida 
e’tibor qaratilmoqda. Bu esa, ko’plab davlatlarda yuz bergan moliyaviy
inqirozlarni 
respublikamiz
bank

tizimiga


o’z ta’sirini o’tkazmaganligi 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklarini litsenziyalash
va bank nazoratini tashkil etishda olib borayotgan siyosatini to’g’riligini yana 
bir bor isbotladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, banklar tomonidan o’z kapitali etarliligini 
ta’minlanishi, Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan iqtisodiy me’yorlarga rioya
etilishi, iqtisodiyotning real sohasiga yo’naltirilgan kredit qo’yilmalari o’sishini 
va riskning oqilona diversifikatsiyalanishini ta’minlanishi, kreditlar berish
shartlarini, shuningdek, bank kredit portfelining holatini aktsiyadorlar va 
omonatchilar manfaatlarini himoya qilish nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda
nazorat qilinishi bank nazoratining mohiyatini bildiradi. 
1995 yil 21 dekabrda
“O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki 
to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonun Markaziy bankning muomaladagi
pul massasini tartibga soluvchi davlat organi sifatidagi mavqeini huquqiy 
jihatdan mustahkamladi. Qonunning muhim ahamiyatga molik jihatlaridan biri
shundaki, Markaziy bank o’z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish borasida 
mustaqil hisoblanadi. Bundan tashqari, qonun moddalarida davlat Markaziy
bankning majburiyatlari yuzasidan, Markaziy bank esa davlatning majburiyatlari 
yuzasidan javobgar emasligi aniq qilib ko’rsatib qo’yildi. Shuningdek, 2006
yildagi bank tizimi qonunchiligidagi o’zgarishlarga
4
ko’ra Markaziy Bankka 

mikrokredit tashkilotlariga litsenziyalar berish va ular ustidan nazoratni tashkil


etish vazifasi yuklatildi. Hozirgi kunda Markaziy bank kredit tashkilotlari, 
lombardlar va mikrokredit tashkilotlari ustidan nazorat olib boradi va ular
faoliyatini tartibga soladi. 
4
2006 yil 20 sentyabrda “Mirkokredit tashkilotlari to’g’risida”gi qonun qabul qilinishi bilan “O’zbekiston 

Respublikasining Markaziy banki to’g’risida”gi qonunga o’zgartirish kiritildi.



12
Demak, Markaziy bankni


ng nazorat qilish sferasi kengaydi va uni
quyidagicha tasvirlash mumkin. 



Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling