O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fаkulteti
Download 1.26 Mb.
|
O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi t-fayllar.org
hisobdorligi
Avstriya Moliya Vazirligi Parlament Belgiya Bank va Moliya Komissiyasi Iqtisodiyot Vazirligi va Moliya Vazirligi Braziliya Braziliya Markaziy Banki Moliya vazirligi Xitoy Xitoy Xalq Banki Davlat Konsuli Misr Misr Markaziy Banki Markaziy bank mustaqil organ Gretsiya Gretsiya Banki Parlament Hindiston Moliyaviy Nazorat Boshqarmasi Hindiston Rezerv Banki Isroil Markaziy Bankning Bank nazorati Departamenti Markaziy Bank raisi Rossiya Rossiya Federatsiyasi Markaziy Banki Davlat Dumasi Shvetsiya Finansinspektionen (Moliyaviy nazorat) Hukumat Shveytsariya Banklarning Federal Komissiyasi Parlament va Hukumat Banklar faoliyatini rivojlanish tarixi va rivojlangan davlatlarda bank tizimini nazorat qilishni tashkil etish tajribasiga ko’ra hozirgi kunda bank faoliyatini nazorati uchta usul bo’yicha amalga oshirilmoqda. Bank nazoratining birinchi usuli – bu Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyatini masofadan, ya’ni ularni moliyaviy hisobotlarini tahlil qilish orqali amalga oshirilsa, ikkinchi usuli – bu joylarda inspektsiya, ya’ni barcha moliyaviy hisobotlar va ularga tegishli qo’shimcha ma’lumotlar tijorat banklarining o’zida tekshirish o’tkazish jarayoni orqali amalga oshiriladi. Uchinchi usul – bu masofadan turib va joylarda tekshirish usullaridan bir vaqtda foydalanishdan iborat. Masofadan turib tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish usuli asosan, Evropa mamlakatlarida keng qo’llanilgan. Bunda Markaziy bank tijorat banklari moliyaviy hisobotlarini tahlil qilish yo’li bilan nazorat olib boriladi. Bu usulda 6 James R. Barth,Gerard Caprio, Jr. Ross Levine “The Regulation and Supervision of Banks Around the World” A New Database February 2007. 14
munosabatda bo’ladi. Har yili yil tugashidan oldin barcha sertifikatlangan tashqi audit firmalariga audit tekshirishlarida tijorat banklari faoliyatining qaysi qirralariga asosiy e’tiborni qaratishlari zarurligi ko’rsatiladi. Ayrim hollarda tashqi audit firmalarining ishchi materiallariga, garchi ularning xususiy mulki bo’lsada, ushbu materiallardan foydalanish talab qilinadi. Keyingi yillarda Amerika va Evropa bank nazorati amaliyotida uchinchi usul, ya’ni tijorat banklari faoliyatini masofadan turib va joyiga chiqib inspektsiya tekshirishlarini o’tkazish qo’shib olib borilmoqda. Respublikamizda bank nazoratini tashkil qilish asoslari yoritilgan paragrafda ko’rganimizdek, har ikkala usuldan foydalaniladi. Xuddi shu usullarga mos departament va boshqarmalar tashkil qilingan bo’lib, ular bir-birlari bilan chambarchas bog’liq ravishda ish olib boradi. Yuqorida keltirilgan fikrlarni mujassamlab, ta’kidlash joizki nazorat mohiyatini falsafiy talqinida uning funktsiyalaridan chiqarmoq zarur edi. Lekin, amaliy tajribalardan ko’rinadiki, nazorat mohiyati uning bosh maqsadi va shu maqsad yo’lida olib boradigan nazorat usullarini yuzaga keltiruvchi vazifalarida aks etadi. Bosh maqsad bank mohiyatidagi kamchiliklarni bartaraf etib, bank tizimining barqarorligini oshirish natijasida bank omonatchilari va kreditorlari manfaatlarini himoya qilishdan iborat ekan, nazoratning oldiga qo’yilgan vazifalari uning usullari oldiga qo’yilgan maqsadga muvofiq ravishda o’zgaradi. Lekin, har qanday o’zgarish bosh maqsaddan chetga chiqmaydi, balki uni boyitib, yanada to’ldirib boradi. Agar biz jahon mamlakatlari kredit tizimining tarixiy rivojiga nazar solsak, bank va ular mijozlarining ko’p bor xonavayron bo’lganiga guvoh bo’lamiz. Bu esa O’zbekistonda bank ustidan davlat nazorati o’rnatilishi zarurligiga olib keladi. Jahon tajribasidan keng o’rin olgan masofadan turib nazorat o’rnatish bank faoliyatiga oid moliyaviy va boshqa hisobotlarni tahlil qilish hamda tekshiruvdan o’tkazishni ko’zda tutadi. Hisobotlar balans, foyda va zararlar haqidagi hisobot, faoliyat turi, kreditlar, qo’yilmalar, majburiyatlar, kapital, 15
ssudalar bo’yicha yo’qotishlarga qarshi zaxiralar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi mumkin. Demak, masofadan nazorat qilish yoki uzoqlashtirilgan monitoring bank holatini so’nggi ma’lumotlar asosida baholash imkonini beradi. Ya’ni masofadan nazorat etish bank faoliyati samaradorligiga xalal berishi mumkin bo’lgan omillarni aniqlab, kelgusida ular bilan bog’liq xarajatlarning oldini oladi. Bundan tashqari, yil yakuni bo’yicha tijorat banklari chet el tashqi auditorlar xizmatidan foydalanadiki, uning asosida bankning moliyaviy holati to’g’risida hamda ehtimoliy to’lovga layoqatsizligi yoki nolikvidligi haqida masofadan nazorat qilish tizimiga axborot beriladi. Keyingi paragrafda samarali bank nazoratini olib borishda bank auditining roli alohida ko’rib chiqiladi. Xalqaro amaliyotdagi va o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra shakliy belgilariga qarab, masofadan nazorat yoki diagnostika tizimini to’rtta keng toifalarga ajratish mumkin: 1) banklarni baholashning reyting tizimi; 2) moliya koeffitsientlari va guruhlab tahlil qilish tizimlari; 3) bank risklarini baholashning yalpi tizimlari; 4) statistik modellar. Masofadan nazorat qilish monitoringi natijalari asosida reyting tuzish nazorat ma’lumotlari va nazorat organlari foydalanishi mumkin bo’lgan boshqa axborotlar, shu jumladan, joyiga chiqib o’tkazilgan tekshiruv natijalariga asoslanadi. Frantsiya banklari reyting tizimi masalan, Frantsiya Banki va bank komissiyasining ma’lumotlar bazalarida (xususan, banklarning o’zlari tomonidan taqdim etilgan va moliya bozorlarining maxsus ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan) ma’lumotlaridan, Frantsiyaning boshqa nazorat organlari ma’lumotlaridan va boshqa Evropa davlatlarining nazorat organlari bilan tuzilgan o’zaro bitimlarga muvofiq olinayotgan axborotlardan foydalanadi. Dastlabki tizimlardan bankni inspektsiya tekshiruvidan o’tkazish komponenti sifatida foydalanilgan. Biroq hozirgi paytda masofadan nazorat 16
elementi bo’lib qoldi. Federal rezerv tizimida yakka tartibdagi bank monitoringi erta diagnostikaning statistika modellarini talqin etishning tarkibiy bo’lagi sifatida qo’llaniladi. Ayni paytda, tanlab olinadigan ko’rsatkichlar har doim ham bankning umumiy ahvoliga mos kelavermaydi (ayniqsa, yirik banklar misolida shunday bo’ladi). Bunday tizim doirasida kredit tashkiloti risklarini umumiy baholash ro’y beradi. RATE ingliz reyting tizimi butun tashkilot uchun risklar toifalarini ajratishni ko’zda tutadi. Niderlandiyada qo’llaniladigan RAST tizimi bankni yoki bank bo’linmalarini alohida baholanishi bilan ajraladi. Har bir bo’linma barcha risklar, ichki tuzilma va har biriga ball beriladigan qator mezonlar bo’yicha nazorat tizimida baholanadi. Yakka tartibdagi ballar bank yoki guruhni yakuniy baholashgacha bosqichma-bosqich uyg’unlashtirilib boriladi. Yalpi yondashuv riskning miqdor va sifat omillarini baholash imkonini beradi. Bank ahvoli haqida har tomonlama axborot olish uchun milliy va xorijiy nazorat organlarining birgalikdagi harakati talab etiladi (Buyuk Britaniyaning Moliya xizmati boshqarmasi mustaqil tekshiruvga oid qo’shimcha xarajatlardan qochish maqsadida ana shunday ma’lumotlarni so’rab oladi). Tizim bank guruhlarini va ularning tarkibiy qismlarini birlashib va birlashmagan holda baholashda qo’llanilishi mumkin. Nazorat organi berilgan ballar haqida xabar qilmasligi mumkin. Biroq umumiy rivojlanish tamoyillari va yirik risk bank rahbariyati bilan muhokama qilinadi. Statistik modellarning asosiy vazifasi banklarning kelajakdagi ahvolini taxmin qilish, ya’ni bank muammolarini ilk bosqichlardayoq diagnostikadan o’tkazishdan iboratdir. Ushbu modellar risklarni baholash uchun bank faoliyati haqida nazorat organlari tomonidan yig’ilgan ma’lumotlardan foydalanadi. Modellar hisob-kitoblari natijasida olingan ma’lumotlarga tayanib, bankrotlikka uchrash ehtimoli yuqori va kam bo’lgan banklarni ajratadilar. Ko’pchilik modellar o’zaro bog’liq yoki mustaqil ko’rsatkichlar o’rtasidagi aloqalarni (bankrotlik yoki yashovchanlik, reyting) tahlil qiladilar. 17
baholanadi. Italiyada joriy etilishi rejalashtirilayotgan erta diagnostika modeli dyuratsiyadan foydalanadi. Model har bir bank oxiroqibatda bankrotlikka uchraydi, degan fikrga asoslanadi. Bunday modelda bankrotlik emas, balki bankrotlik holati ro’y berishigacha qolgan vaqt asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Bank nazoratida masofadan nazorat qilishning qulayligi, samaradorligi va tezkorligining asosiy mohiyati quyidagicha: ─ tijorat banklari faoliyatini doimiy, har chorakda, har oyda yoki ayrim hollarda har haftada, har kunda o’rnatilgan monitoring asosida bank holati va likvidliligini nazorat qiladi; ─ qabul qilingan doimiy axborotlar asosida bankning holatini boshqa banklar bilan solishtiradi; ─ masofadan nazorat o’rnatish tizimida mehnat sarfining ozligi bilan tezkor va ish ko’lami samaradorligini oshiradi; ─ ayrim hollarda joylarda olib borilgan inspektsiya tekshiruvlari natijalari bilan masofadan nazorat qilish uchun banklar tomonidan taqdim etilgan moliyaviy faoliyati to’g’risidagi hisobotlar natijalari bilan solishtirilganda ular orasida farq mavjudligi aniqlanadi. Ya’ni masofadan nazorat qilish natijalari o’zining haqiqiy holatini to’g’ri aks ettirishi bilan samaralidir; ─ shuningdek, inspektsiya tekshirishlari uchun masofadan nazorat qilish tizimi bank faoliyatida aniqlangan kamchiliklar va ish ko’lamini qaysi yo’nalishda olib borish to’g’risida ko’rsatma beradi. Banklarni joyiga chiqib (inspektsiya qilish) tekshirish. Tijorat banklari faoliyatini masofadan turib nazorat qilish keng ma’noda tahlil qilingan bank faoliyatini tartibga solib turish va nazorat etish individual bo’lmay, balki bunday nazorat natijalarini solishtirish va ma’lumotlardan xalqaro amaliyotda keng foydalanish maqsadida umumiy ko’rsatkichlardan foydalaniladi, ya’ni standartlashgan tizimning qo’llanishi muhimdir. 18
amaliyotida tashkil topib rivojlanganligini hisobga olib, savol mazmunidan kelib, aynan AQSh amaliyotiga nazar tashlaymiz. Joyida nazorat o’tkazishning afzalliklariga to’xtalganda qayd etmoq zarurki, inspektsiya xodimi nafaqat kamchilikni topadi, balki uni bartaraf etish yo’llarini ham ko’rsatib beradi. Alohida hollarda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tuzilishi kerak bo’lgan jarayonda shaxsan o’zi ishtirok etadi. Nazorat ob’ekti faoliyati qoniqarsiz topilganda Markaziy bank o’z otalig’iga olgan holda kuzatuvchisini bank faoliyatini joyida doimiy nazorat qilib borilishini ma’qul deb topadi. Shunday qilib, Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat etishda joyida nazorat qilish ancha samarali bo’lib, unda jahon tajribasida o’z o’rnini topgan yagona standartlashgan «CAMEL» tizimini qo’llanilishi banklarning raqobatli faoliyatida ularning inqirozga tushib qolishini oldini oladi. Shu bilan banklarda o’z pul mablag’larini saqlab kelayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlari himoya etiladi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling