O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi toshkent davlat transport universiteti
Download 418.75 Kb.
|
Bafoyev 1
2. TASHKILIY QISM
2.1. Avtobus brigadalari ishini tashkil etishning umumiy masalalari. Haydovchilik kasbiy faoliyatini juda katta yuklanish ostida davom etishi, katta xavf bilan bog‘liq bo‘lishi(haydovchini sinovchi uchuvchiga tenglashtirish mumkin) boshqa kasblarga qaraganda yaqqol ajralib turuvchi o‘zigi xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Haydovchi avtomobilni boshqarar ekan harakatlanish davomida avtomobilning texnik holatini kuzatib borishi, yo‘l sharoiti haqida axborotlarni o‘z vaqtida qabul qilishi va to‘liq anglab etishi, unga mos ravishda avtomobilni boshqarish bo‘yicha echimlar qabul qilishi kerak. Agar haydovchi axboratlarnii o‘z vaqtida qabul qilib olmasa va anglab etmasa, yoki ularni to‘g‘ri baholay olmasa, avtomobilni boshqarish bo‘yicha echimlar kechikib yoki noto‘g‘ri qabul qilinsa, uning xatti-harakatlari xavfli vaziyatni vujudga kelishiga yoki yo‘l-transport hodisalarini sodir etilishiga olib kelishi mumkin. Kuzatuvlar va statistika maʼlumotlari shuni ko‘rsatadiki, ish soatlari qancha katta bo‘lsa, harakat uchun xavflilik ham shuncha katta bo‘lar ekan. Statistika maʼlumotlari shuni ko‘rsatadiki, AQSH da o‘lim bilan tugagan yo‘l-transport hodisalarining (YTH) 3,8% haydovchilarning sezilarli darajada charchashi oqibatida sodir etilar ekan. Bizda o‘tkazilgan kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, haydovchi avtomobilni 7-12 soat boshqarganida 2 marta, 12 soatdan ortiq boshqarganida esa 9 marta ko‘proq YTH sodir etar ekan. Haydovchilarning ish qobiliyatiga ish kunlari ham katta tasir etadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, dam olish kunidan so‘ng ishning 2- kunidan boshlab haydovchilarning ish qobiliyati ortib boradi va 3- kunida u o‘zining eng maksimal qiymatiga erishadi. Ishning 5- kunidan boshlab ish qobiliyati yomonlashib boradi. Shuning uchun haydovchining ish kunini rejalashtirishda harakat xavfsizligi muammosiga alohida ahamiyat berish kerak bo‘ladi. Har bir haydovchining ish tartibi (rejim) avtobus yo‘nalishlaridagi yo‘lovchilar oqimining miqdori, uning notekis taqsimlanishning, yo‘nalishning turi (shahar ichi, shahar atrofi, shaharlararo va hokazo) va boshqa ko‘pgina omillarga bog‘liq bo‘ladi (chiptachining ish tartibi ham). Shunday qilib haydovchilarning (chiptachilarning) ish tartibi yo‘lovchilarga yuqori sifatli transport xizmatini ko‘rsatish, harakat muntazamligini taminlash, avtobuslarning ish unumdorligini oshirishga qaratilgan bo‘lish bilan bir paytda harakat xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalari va qonunlarini ham taminlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksinining 150- moddasiga ko‘ra haydovchilarning ish vaqti xaftasiga 40 soatdan, (haftada olti kun ishlovchi haydovchilar uchun kuniga 7 soatdan, besh kunlik ish haftasida esa 8 soatdan ortib ketmasligi kerak). Yo‘lovchi tashuvchi transportda ish kuni yiliga 365 kun (shanba va yakshanbasiz, bayram kunlarisiz) bo‘lgani uchun ularning ish vaqtini rejalashtirish o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqishi kerak. Bundan ko‘rinib turibdiki, haydovchilar va chiptachilar uchun bayram oldi va dam olish kunlaridan oldingi ish kunlarini 1 soatga kamaytirish degan qonunlarni qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Download 418.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling