O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 191.56 Kb.
|
kkk111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Munosabatlar nizolari
- O ’z-o’zini nazorat etish uchun savollar
- ADABIYOTLAR
- 6- ma’ruza mavzusi. Konfliktli vaziyatlarni hal etishda oilaning o’rni. Reja
Pedagogik jamoadagi nizolar o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida юzaga keluvchi va o’z hizmat vazifalarini bajarishdan voz kechishida yoki yomon bajarishida ham namoyon bo’ladi.
Nizoda o’qituvchi o’z pozitsiyasini to'sri aniqlashi juda muhim, chunki pedagogik jamoa uning tomonida bo’lsa юzaga kelgan vaziyatdan chiqish unga oson bo’ladi. Agarda sinf intizomni buzuvchi bilan birgalikda tartibsizlik qila boshlasa yoki ikki tomonlama pozitsiyada bo’lsa bu salbiy oqibatlarga olib keladi (misol uchun, nizolar doimiy tus olishi mumkin). Munosabatlar nizolari ko’pincha pedagogning muaamoli vaziyatlarni mohirona hal qila olmasligi natijasida юzaga keladi va odatda uzoq davom etadi. Ushbu nizolar shahsiy tus oladi, o’quvchining o’qituvchini uzoq vaqt davomida yoqtirmasligini keltirib chiqaradi, ularning munosabatlarini ancha vaqtga buzadi. O’z-o’zini nazorat etish uchun savollar: Pedagogik jamoadagi nizolarning o’ziga hos hususiyatlari haqida nimalarni bilasiz. Pedagogik jamoadagi nizolarning namoyon bo’lish shakllari qanday. Pedagogik jamoadagi nizolarni bartaraf etishda rahbarning hulq-atvor pozitsiyasi qanday tavsiflanadi. Pedagogik jamoadagi nizolarni bartaraf etish yo’llarini qanday izohlaysiz. ADABIYOTLAR: A.S. Kozlov “Protsedurnaya pomoщь v razreshenii konfliktov”. Jurnal “Prikladnaya psihologiya”, № 4. Moskva - 1998g. O.N. Lukashonok, N.E. Щurkova “Konfliktologicheskiy etюd dlya uchitelya”. Moskva - 1998g. (80s.) V.A. Sonin “Slovarь personaliy. Psihologi ot A do YA”. Moskva: moskovskiy psihologo-sotsialьnыy institut - 1997. -160 s. V.P. SHeynov “Konfliktы v nashey jizni i ih razreshenie”. Minsk - 1997g. (288s.) 6- ma’ruza mavzusi. Konfliktli vaziyatlarni hal etishda oilaning o’rni. Reja: Konfliktli vaziyatlarni hal etishda oila tarbisining ta’siri. Oilaviy tarbiyani samarali tashkil etish yo’llari. Konfliktlarni hal etishda ota-onalarning pedagogik-psihologik savodhonligi. Nizolar faqatgina ob’ektiv emas, balki sub’ektiv shartlar sababli ham kelib chiqishi mumkin. Ob’ektiv vaziyatlarga pedagogik jarayonga unchalik boғliq bo’lmagan va nizoga olib kelishi mumkin bo’lgan vaziyat kiradi. Sub’ektiv shartlarini bolalarning tarbiyalari va rivojlanganliklari darajasi, nizolar ishtirokchilarining vaziyatning nizolilik darajasini anglab etishlari, ularning ma’naviy-qadriyatli yo’nalishlari tashkil qiladi. Bu jarayonda esa oilaning ta’sir kuchi kata imkoniyatlarga ega bo’ladi. CHunki, yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, tarbiyalash va madaniyatini shakllantirish o’zber oilalari uchun dolzarb masalalaridandir. Oilaviy tarbiyada eng muhim shart – oilaning mustahkam, ma’naviy soғlom asosga qurilganligi, avvalo ota-onalarning o’zlari tarbiyalangan bo’lishlari, ular o’rtasida totuvlik, ahillikning barqaror bo’lishi, farzandlarini kelajak hayotga, ijtimoiy munosabatlarga tayyorlash ularning kundalik e’tiqod tarzida ma’suliyatli burch ekanligini ongli tushunishlari va buni amalda oqlashlari kerak. YOshlarda ijtimoiy munosabatlarga tayyorgarlik, ma’naviy-ahloqiy barkamollik madaniyatining shakllanishida ota-onalarning hayotiy tajribasi katta ahamiyat kasbetadi. Lekin yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash masalasi ota-onalar va oilaning boshqa a’zolari uchun oғir ish hisoblanadi. Ko’p ota- onalar farzandlari bilan bu mavzularda suhbat qurishda zaruriy bilim va malakaga va boshqa sohalarda bilimlari sayozligidir. Ko’pchilik ota-onalar farzandlari nizolarga kirishishini ijtimoiy hayotda o’z o’rnini topishga intilishi bilan belgilaydilar va bunga beparvo qaraydilar. Ota-onalarning aksariyat qismi farzandlarining noto’ғri tarbiyasi kelgusida nohush oqibatlarga olib kelishini tushunmaydilar. Sotsiologik tadqiqot natijalariga ko’ra, bugungi kunda farzanda tarbiyasi va yoshlardagi agressiv hulq-atvor normalarining namoyon bo’lishida oilalardagi psihologik muhitning nosoғlomligi, ota-onalarning farzand tarbiyasini «ikkinchi o’ringa» qo’yayotganligi va noto’liq oilalar sonining orib borayotganligi sabab bo’lmoqda. Bu esa ta’lim muassasalari va mahallalarda yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash borasidagi nafaqat yoshlar balkim ularning ota-onalari bilan ham pedagogik bilimlar tarғibotini olib borishni taqozo etadi. Download 191.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling