O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta mahsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti


Valyuta birjasi - milliy valyutalar kurslari bo‘yicha ularning erkin oldisotdisi amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli


Download 143.95 Kb.
bet7/12
Sana09.06.2023
Hajmi143.95 Kb.
#1475300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi

Valyuta birjasi - milliy valyutalar kurslari bo‘yicha ularning erkin oldisotdisi amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli.
Mehnat birjasi — ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro‘yxatga oluvchi muassasa.
Birjada ishtirokchilar tomonidan tovar ayirboshlash to‘g‘risidagi bitimlar tuziladi, lekin tovarni yetkazib berish va uning haqini to‘lash birjadan tashqarida yuz beradi. Bunda tovaming egasi va xaridorlari qatnashishi shart emas. Ular nomidan ishni brokyerlar (dallollar) yuritadi. Broker (makler) - bu tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma. Ular odatda mijozlar topshirig‘iga ko‘ra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga o‘z nomidan savdo bitimlari tutishi ham mumkin.
Birjaning yana bir xususiyati shundaki, bu yerda hali ishlab chiqarilmagan, lekin tayyorlanishi aniq bo’lgan, oldin sotib olinib, egasi ixtiyoriga kelib tushmagan tovarlar ham sotiladi.
Birjalar ixtisoslashgan yoki universal bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan birjalarda ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal birjalarda har xil tovarlar sotiladi.
Auksion - alohida xususiyatlarga ega bo’lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi.
Auksionda savdo tovarlaming nisbatan cheklangan ro‘yxati bo‘yicha, ommaviy sotovga qo‘yish yo'li bilan o‘tkaziladi. Auksion e’lon qilingan vaqtda va ma’lum davrda o'tkaziladi. Bunda tovarlaming bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Auksion savdosida namuna tovarlar ro‘yxatda ko‘rsatilgan tartibda savdoga qo‘yiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovami sotib oladi. Auksionlarda san’at asarlari, noyob buyumlar, kolleksiyalar ham sotilishi mumkin.
Savdo yarmarkasi - muayyan belgilangan vaqtda va joyda o'tkaziluvchi hamda o’tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari ko‘rgazmasi. Savdo bitimlari tovar ishlab chiqaruvchi bilan savdo firmalari o‘rtasida tuzilib, unda bevosita iste’molchi qatnashmaydi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o‘zgartirishdan iboratdir.
Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri deganda ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o‘zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davr tushuniladi.


Download 143.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling