2019 – 2020 yillar O`zbekiston Respublikasi bo`yicha INI
dinamikasi % da.
2019 – yilning dekabr oyiga nisbatan.
o‘tgan
yilning mos oyiga nisbatan
O’tgan yilning dekabriga nisbatan 2019 va 2020- yillarning
yanvar-avgust
oylarida umumiy INI ko‘rsatkichlari orasidagi katta tafovut avgust oyida (mos
ravishda 108,2 % ga qarshi 104,8 %, yoki 3,4 punkt), minimal darajadagi farq
esa aprel oyida (105,3 % ga qarshi 104,5 %, yoki 0,8 punkt) qayd etildi.
2020- yilning avgust oyida yillik umumiy INI o‘tgan
oyning shu
ko‘rsatkichiga nisbatan 2,7 punktga pasaydi (114,4 % dan 111,7 % gacha).
Shu bilan birga, o‘tgan yilning avgust oyiga nisbatan 2020- yilning avgust oyidagi
natija 2019- yilning avgust oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan 4,8
punktga past
bo‘ldi (111,7 % ga qarshi 116,5 %).
Ma`lumot uchun: 2019- yilning avgust oyida asosiy guruhlar uchun narxlar va
tariflarning oylik o‘sishi 2020- yilning avgustiga nisbatan sezilarli darajada
yuqori bo‘lgan. Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari 2,3 % ga,
nooziq-ovqat
mahsulotlar 2,1 % ga, xizmatlar esa 5,6 % ga qimmatlashgan. Oziq-ovqat
mahsulotlariga kelsak, bu bo‘shliq asosan go‘sht
va non mahsulotlari,
nooziq-ovqat mahsulotlar bo‘yicha avtomobillar uchun yoqilg‘i narxlarining
sezilarli darajada oshishi (14,7 %), xizmatlar
sohasida esa asosan uy-joy
kommunal xo‘jaligi tariflari (o‘rtacha 16,0 %) narxlarining yuqori darajada
o‘sishi bilan bog‘liq.
Hozirgi vaqtda dunyoning ko‘plab
mamlakatlarini qamrab olgan
koronavirus pandemiyasi (COVID-19) INI ni shakllantirish uchun
ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash jarayoniga o‘zgarishlar kiritdi.
Xususan, deyarli barcha mamlakatlarning (shu
jumladan, O‘zbekistonda
ham) statistika idoralari tomonidan tanlangan chakana savdo punktlarida (ya’ni
tovarlar va xizmatlar, mavjud bo‘lmagan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar)
“yetishmayotgan tovarlar” sonini ko‘payishi muammosiga duch keldilar.
Yuzaga kelgan mavjud vaziyat ba’zi hollarda ma’lumot yig‘ishning
standart
usullaridan foydalanishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: