O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


 Ichki organlarning endoskopik tekshiruv metodi


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

1.24. Ichki organlarning endoskopik tekshiruv metodi 
Endoskopiya - shilliq qavatni ko`rish, deformatsiya, yara va qon ketish 
manbaasini, o`smalarni va poliplarni aniqlash imkonini beradi. Maxsus 
uskunalar yordamida tekshirilayotgan organning ma`lum qismlarini suratga 
tushirish va mikroskopik tekshiruv o`tkazish uchun biopsiya o`tkazish (shilliq 
qavat, o`sma hosilasini), kerak bo`lgan preparatlarni yuborish imkonini beradi.
Endoskopik tekshiruv usullari: 
Bronxoskopiya (traxeya va bronlarni tekshirish) 
Ezofagoskopiya (Meda tekshiruvi)
Fibroezofogogastroduodenoskopiya (fibrogastroskop yordamida meda, va 
o`n ikki barmoqli ichakni tekshirish) 
Intestinoskopiya (ingichka ichak tekshiruvi) 
Kolonoskopiya (yo`g`on ichak tekshiruvi) 
Rektoromanoskopiya (lat. Rectum – to`g`ri ichak; eskirgan anatomik 
termin «S-romanum» -- sigmasimon ichak: tog`ri va sigmasimon ichak 
tekshiruvi) 
Sistoskopiya (siydik pufagi tekshiruvi). Endoskopik tekshiruv och qorinda 
amalga oshiriladi. FEGDSda bemor 8soatdan kech bo`lmagan paytda 
ovqatlanishi kerak, ertalab esa ovqat qabul qilmasligi, chekmasligi, suv 


112 
ichmasligi kerak. Intestinoskopiya, kolonoskopiya, va rekto-romanoskopiyada 
bemorni irrigoskopiyadagidek tayyorlanadi. Sistoskopik tekshiruvda bemor 
siydik pufagini bushatishi kerak. 
1.25. Ultratovush tekshiruv usuli 
Ultratovush tekshiruv usuli (UTT) – turli ultratovush to`lqinlarini 
o`tkazuvchanlikkka ega bo`lgan yuzalardan tovush to`lqini manbasidan 
megagerslardan tarqaladigan to`lqinlar yordamida tekshiruvdan iborat bo`lgan 
metod. O`tkazuvchanlik darajasi organ zichligi va elastikligiga bog`liq.
UTT (sonografiya) yurak (exokardioografiya) va tomir (dopplerografiya), 
qalqonsimon va qalqonoldi bezi, qorin sohasi organlari, buyrak va kichik 
chaqnoq bo`shlig‘i organlari (siydik pufagi, bachadon, tuxumdonlar, prostata 
bezi), ko`z va miya kasalliklarida qo`llaniladi. 

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling