O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 483.74 Kb.
|
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
Birinchidan, loyiha faoliyatining bosqichlari va fazalari bo‘yicha tasniflash: investitsiyalash oldi fazasidagi, investitsiyalash fazasidagi, ishlab chiqarish fazasidagi risklar.
Ikkinchidan, loyiha faoliyati ishtirokchilari uchun risk tahdidlariga taʼsir etishning imkoniyatlarini mezonlari bo‘yicha tasniflash. SHu nuktai-nazar bo‘yicha riskni: ichki va tashqi risklarga ajratish mumkin. Tashqi risklarga siyosiy risklar va fors-major risklari kiradi. Fors-major riskiga tabiiy ofatlar: yong‘in, suv toshqini, qurg‘oqchilik kabilar kiradi. Tashqi risklar loyiha faoliyatining barcha faza va bosqichlarida mavjud. Uchinchidan, riskdan himoyalash imkoniyatlari nuqtai-nazaridan tasniflash: Sug‘urtalanadigan risklar; Sug‘urtalanmaydigan risklar. Sug‘urtalanadigan risklar o‘z navbatida: a) kafolat; b) sug‘urta; v) zahira fondi hisobiga qoplanadigan risklarga bo‘linadi. Bundan tashqari, loyiha faoliyatining haqiqiy amaliyotiga asoslangan, eng ko‘p uchraydigan risklar ham bo‘lib, ularga loyiha ishtirokchilari etibor bersalar ham, hech bir guruhlash mezoni doirasiga kirmaydigan risklar ham mavjud. Ular: Iqtisodiy qonunlarning va iqtisodiy holatning o‘zgarib turishi, investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan bog‘liq risklar; tashqi iqtisodiy risklar — savdo va mahsulot etkazib berishga cheklashlar kiritish, chegaralarning berkilishi va shu kabi yehtimolliklar riski; siyosiy holatning noaniqligi, hududdagi yoki mamlakatdagi nomaʼqul ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar riski; tyexnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi, yangi tyexnika-tyexnologiya parametrlari, mahsulot sifati haqidagi maʼlumotlarning to‘liq yemasligi yoki noaniqligi; bozor konʼyunkturasining, yaʼni aniq davrdagi iqtisodiyotning joriy holatini xarakterlovchi belgilar, masalan, baho, valyuta kurslari, yalpi ichki mahsulot va boshqalarning o‘zgarib turishi; tabiiy iqlim sharoitlarining, tabiiy ofatlar yehtimolining o‘zgarib turishi; ishlab chiqarish tyexnik risklari - asbob-uskunalarning bo‘zilishi va to‘xtab qolishi, ishlab chiqarishdagi brak va boshqalar; loyiha ishtirokchilarining o‘zlarini tutishlari, qiziqishlari, maqsadlarining noaniqligi, ularning moliyaviy holati va ishdagi obro‘si haqidagi maʼlumotlarning to‘liq yemasligi, noaniqligi. Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va loyihaning ayrim turlari bo‘yicha risklar bo‘lishi mumkin. Masalan, konchilik va neft-gaz qazib chiqarish sanoatida gyeologik riskka, yaʼni zahiralarni to‘g‘ri baholash riskiga alohida etibor beriladi. Kimyo sanoati, kon qazib olish, qora va rangli metallurgiya loyihalarida yekologik riskka katta etibor beriladi. Yuqorida keltirilgan tasniflashlarga asoslangan holda, loyiha faoliyatidagi risklarni quyidagi guruhini keltirish mumkin: Loyiha ishtirokchilari riski; Loyiha smeta qiymatining oshish riski; Qurilishni o‘z vaqtida tugamaslik riski; Ish va obʼekt sifatining pastligi riski; Konstruksion va tyexnik risklar; Ishlab chiqarish riski; Boshqaruv riski; Sotish riski; Moliyaviy risk; Mamlakat riski; Maʼmuriy risk; Huquqiy risk; Fors-major riski. Download 483.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling