O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 199.43 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi199.43 Kb.
#1124753
Bog'liq
portal.guldu.uz-NITROBENZOL SINTEZI

O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O`RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI


GULISTОN DАVLАT UNIVЕRSITЕTI

ОRGАNIK KIMYO fаnidan
Labarotoriya ishi № 23

NITROBENZOL SINTEZI


laboratoriya ishi uchun uslubiy qo`llanma



GULISTОN- 2015
Laboratoratori ishi № 23
NITROBENZOL SINTEZI
Ishning maqsadi: Nitrobenzol sintezini amaliy o`rganish.
Identiv o`quv maqsadi:
1.Talaba nitrobenzol sintezini tushunib bajaradi.
2.Talaba nitrobenzol xossaarini biladi.
Kerakli asbob va reaktivlar: Mo`rili shkaf, 200ml yumaloq tubli kolba, havo sovutgichi, ajratgich voronka, Vyurs kolbasi, benzol, nitrat kislota, sul`fat kislota, natriy karbonat, kalsiy xlorid.
Ishni bajarilish tartibi: Tajriba mo`rili shkaf tagida olib boriladi. 200mlli 200ml yumaloq tubli kolbaga nitrat kislota va sul`fat kislota solinadi. Kolbaga havo sovutgichi o`rnatilib 2-3mldan benzol qo`shiladi.Temperaturani 500Cgacha ushlab turish uchun suv hammomiga tushiriladi.Ko`rsatilgan miqdordagi 18ml benzol qo`shilgach 600da 45min davomida qizdiriladi. Reaksiya davomida dinitrobenzol hosl bo`lmasligi uchun tempraturani bir me`yorda ushlash kerak.
Reaksion aralashma sovitilib ajratgich voronkaga quyiladi va kislotali qavat nitrobenzol qavatdan ajratiladi. Nitrobenzol oldin suv keyin soda eritmasi bilan karbonat angidrit gazi ajralguncha yuviladi.Nitrobenzolni suvli qismdan ajratib quritish uchun kalsiy xlorid bo`lgan havo sovutgichi bilan jihozlangan kolbaga quyiladi va sutsimon mahsulot hosil bo`lguncha suv hammomida qizdiriladi.
Quritilgan nitrobenzol kichikroq Vyurs kolbasida havo sovutgichi orqali haydaladi va uning 207-2110dagi fraksiyasini yig`ib olinadi.Haydashni ohirigacha olib borilsa nitrobenzol dinitrobenzolga aralashgan bo`lsa portlashi mumkin.
Nitrobenzolitning qaynash temperaturasi 210,90C
Miqdori 21gr atrofida
Ushbu laboraroriya ishi quyidagi 28-rasmda tasvirlangan qurilma yordamida amalga oshiriladi

28-rasm. Nitrobenzol sintez qilish qurilmasi


1-qaytarma sovitgich, 2-suv hammomi, 3-tubi yumaloq kolba, 4-gaz gorelkasi, 5-sintez qilinayotgan eritma, 7-ajratgich voronka, 8-voronka

Nazorat savollari.



  1. Nitrobenzol qaysi organik birikmalar sinfiga kiradi?

  2. Nitrobenzol yana qanday usullar bilan sintez qilinadi?

  3. Nitrobenzolning qanday xosalarini bilasiz?

FОYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR

1. Ахмедов К.Н., Йўлдошев Ҳ.Й. Органик кимё усуллари. Т.:


Университет». 1998, 2003й 1 ва2-қисм.
2. Sobirov Z. Organik kimyo. T.: Aloqachi. 2005 y. 396 b
3.Голодников Г.В. Практические работы по органическому синтезу
Издат.ЛГУ.Ленинград.1966.
4.О.С.Содиқов, А.Каримжонов Органик химиядан практикум
Т.:“Ўқитувчи”.1973.
5.Ю.К.Юрьев “Практические работы по органической химии” Издат.
МГУ. М.:1964.
6.С.И.Искандаров, А.А.Абдусаматов,Р.А.Шоймардонов Органик кимё
Т. “Ўқитувчи”1979.
7.Органик синтездан практикум рус тилидаги нашридан
С.Ю.Шомаҳмудова, Т.Х.Холдорова таржимаси
Т.:“Ўқитувчи”.1979
Download 199.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling