O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Bu qonuniyatlar quyidagilardan iborat


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

Bu qonuniyatlar quyidagilardan iborat: 

tuproqlarning 
geogrofik 
kenglik 
qonuniyati 
(V.V.Dokuchaev, 
N.M.Sibirsev); 
-tuproqlarning vertikal mintaqaviyligi qonuniyati (V.V.Dokuchaev); 
- tuproqlarning o‘xshashlik topografik qatorlar qonuniyati (S.A.Zaxarov); 
- tuproqlarning intermintaqaviylik qonuni (A.M.Sibirsev, M.M.Filatov); 
- tuproqlarning kichik mintaqaviylik qonuni (YA.M.Afanasev, V.S.Bogdan, 
G.N Vыsotskiy, S.A.Zaxarov); 
- tuproqlar tarqalishining regional yoki mahalliy tuproq geogrofik qonuniyati 
(A.I.Prosolov, I.P.Gerasimov). 
Tuproqlarning geografik kenglik bo‘yicha tarqalish qonuniyati. 
Tuproqlarning gorinzantal yoki kenglik bo‘yicha tarqalish qonuniyati 
haqidagi ma’lumot V.V.Dokuchaev va uning izdoshlari erishgan yutiqlarning eng 


15 
muhimlaridan hisoblanadi va bu qonuniyat tuproq hosil bo‘lishidagi Dokuchaev 
konsepsiyasidan bevosita kelib chiqadi. Chunki tuproq hosil qiluvchi omillar 
tekisliklarda geogrofik kenglik bo‘ylab cho‘zilgan mintaqaviylik qonuniga 
bo‘ysunganligidan, bu omillarning mahsuli bo‘lgan tuproqlar ham mintaqlar 
bo‘yicha tarqalgan. Shu bilan birga biologik iqlim mintaqalarining chegaralari 
ko‘pchilik hollarda tuproq mintaqalari chegaralariga to‘g‘ri keladi, lekin hamma 
vaqt ham bunday holat kuzatilmaydi, chunki tuproq tashkil topishida mintaqaviy 
omillar bilan birga mintaqaviy bo‘lmagan omillar ham ishtirok etadi. Biroq tuproq 
hosil qiluvchi omillar o‘z ta’sirlarining geogrofik ko‘lamiga ko‘ra ikki guruhga 
bo‘linadi. 
Birinchi guruhga keng geogrofik masshtabdagi quruqlikning ulkan 
hududlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar - iqlim, organizmlar va o‘lkaning yoshi 
kiradi. Tuproq tiplarining bir-biridan keskin farq qiladigan guruhlarining geogrofik 
joylashish qonuniyati ana shu qonunlarga bog‘liq. Tuproq hosil qiluvchi jinslar, 
rel’ef, mikroiqlim va odam faoliyati ikkinchi guruh omillariga kiradi. Bu omillar 
tuproq tipi ichidagi kichikroq taksanomik birliklar bo‘lib, ichki tipchalar, tuproq 
ayirmalarining paydo bo‘lishida rol o‘ynaydi. 
Yuqorida qayd qilinganidek, bu omillar va ularning ta’sirida hosil bo‘lgan 
tuproqlar ham geogrofik mintaqaviylik qonuniyatiga bo‘ysunadilar. 
Geogrofik kenglik mintaqalari materiklarning tekislik qismlariga xos bo‘lib, 
uning mohiyati shundan iboratki, eng ko‘p tarqalgan tuproq tiplari har xil 
kenglikda mintaqalar shaklida joylashib, shimoliy yarim sharda shimoldan janubga 
qarab iqlim o‘zgargan sari qonuniy ravishda biridan keyin ikkinchisi o‘rin oladi. 
Lekin 
tuproqlarning 
taraqqiyotiga 
rel’ef, o‘simlik va boshqalarning 
rivojlanishidagi ta’siridan geogrofik kenglik bo‘ylab mintaqlar hosil qilishi hamda 
joylanishi iqlim mintaqalariga qat’iy bog‘liq deb hisoblash to‘g‘ri emas. 
V.V.Dokuchayevning ta’kidlashicha, tuproqlarning gorinzontal kenglik bo‘yicha 
(geografik) tarqalishining mohiyati shundaki, yer yuzida asosiy tuproq tiplari har 
xil kenglikda hududlarga o‘xshash joylashgan shimolliy yarim sharda shimoldan 
ekvatorga qarab issiqlik va yorug‘likning oshib borishiga parallel ravishda biri 


16 
ikkinchisi bilan almashib boradi. V.V.Dokuchaev shimoliy yarim sharda quyidagi 
5 ta mintaqani ajratgan: 
1. Boreal yoki arktika mintaqasi. 
2. O‘rmon mintaqasi. 
3. Dasht qora tuproqli mintaqasi. 
4. Aeral mintaqasi. 
5. Loterit tuproq mintaqasi. 
V.V.Dokuchayevning fikricha, bu yuqorida keltirilgan 5 ta mintaqaning 
almashuvi shimoliy qutbdan ekvatorga qarab issiqlik va yorug‘likning oshib 
borishi bilan parallel ravishda o‘zgarib boradi. Bunga eng yaxshi ko‘rgazma 
sifatida misol qilib V.V.Dokuchaev tomonidan tuzilgan sxemani–shimoliy yarim 
sharning tuproq xaritasini va uning shogirdlari K.D.Glinka, A.I.Prasolov 
tomonidan tuzilgan dunyo xaritasini ko‘rsatish mumkin. Vaqtning o‘tishi bu sxema 
asosiy prinsiplarini saqlab qolgan holda o‘zgargan. Dokuchaevning 5 ta dunyo 
tuproq mintaqasidan faqat birinchi uchtasi hozirgi zamon tuproq xaritalarida 
to‘laligicha saqlanib qolgan. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling