O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Tuproqlarning vertikal zonalik bo‘yicha tarqalish qonuniyati
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
Tuproqlarning vertikal zonalik bo‘yicha tarqalish qonuniyati.
Tuproqlarning vertikal yoki poyaslar qonuni bo‘yicha tarqalish qonuniyati ham birinchi marta V.V.Dokuchaev tomonidan qayd qilingan. Vertikal mintaqaviyliklik qonunining mohiyati shundaki, dengiz sathidan baland tog‘ cho‘qqilariga ko‘tarilgan sari tuproqlarning bir necha vertikal mintaqaviylik joylanishi kuzatiladi, ya’ni ekvatordan shimoliy qutbga qarab yurganda biri ikkinchisini almashtiradi. V.V.Dokuchaev Kavkaz tog‘larini o‘rganib, ularning tabiiy sharoitlari bilan tanishgach, shunday fikrga kelgan. «Kavkaz tog‘larida qora tuproqlarning borligini qayd qilish bilan birga, tog‘larning o‘ziga xos mahalliy o‘simlik va iqlim xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan qator vertikal tuproq mintaqalarining mavjudligini ham ko‘rish mumkin». Keyinchalik bu qonuniyat S.A.Zaxarov, L.I.Prasolov, S.S.Neustruev, I.P.Gerasimovlar tomonidan o‘rganildi va to‘ldirildi. Bu olimlar tog‘larda, tekisliklarga nisbatan bioiqlim sharoitlari va tuproqlarning 17 genetik tiplari xilma-xil bo‘lishligini aniqlaganlar. Masalan tog‘larda keng tarqalgan sovuq nam o‘tloqlarda, sovuq dasht va cho‘l landshaftlari tekisliklarda uchraydi. Umuman olganda tog‘ tuproq tiplarini ham tekisliklarda uchraydigan tuproqlarning ekologik-genetik guruhlariga kiritish mumkin. Har qanday tog‘ tizimi, o‘ziga xos bo‘lgan tuproqlarni vertikal mintaqaviylik strukturasi bilan farqlanadi. Tuproqlarning vertikal mintaqaviylik strukturasi quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi: 1. Tog‘li o‘lkalar tuproqlarining gorinzontal mintaqaviylik tizimida tutgan o‘rniga. 2. Tog‘larning balandligiga. 3. Tog‘li o‘lkalarning havo massasi harakatining asosiy yo‘nalishiga nisbatan tutgan o‘rniga. 4. Harorat almashinishining mavjudligiga birinchi ikkala omil ma’lum tuproq bioiqlim viloyatidagi tog‘ tizimida uchraydigan vertikal mintaqaning soni va ularning umumiy joylashish tarkibini belgilaydi. Uchunchi va to‘rtinchi omillar ayrim tog‘ tizimlarida tuproqlar vertikal mintaqaviyligi umumiy tizimidan chetga chiqishiga sabab bo‘ladi. Kam havo masasi yo‘lida joylashgan yon bag‘irlarida juda ko‘p atmosfera yog‘in to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik tog‘larda ana shu geomorfologik nuqtalarga dunyoda bo‘ladigan yog‘in-sochinning absolyut maksimumi to‘g‘ri keladi (Ximolay, SHimoliy And tog‘ tizimi). 18 Bu yerda tog‘ namli o‘rmon va tog‘-o‘tloqi tuproqlari keng tarqalgan. Tog‘larning doimiy shamol bo‘lib turadigan yon bag‘irlari juda quruq bo‘lib, bu erda vertikal tuproq mintaqalarining quruq iqlim spektrlari hosil bo‘ladi. Ularning tarkibida (ichida) tog‘ o‘rmon tuproqlari juda kam yoki umuman yo‘q bo‘lib, tog‘- cho‘l, tog‘-dasht va tog‘-o‘tloq-dasht tuproqlari keng tarqalgan. Shunday qilib tog‘li o‘lkalarda tuproqlarning hosil bo‘lishi va tarqalishida yon bag‘irlarining ekspozitsiyasi katta ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqlarning vertikal mintaqaviyligi O‘rta Osiyo va Kavkaz tog‘larida yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘rta Osiyo tog‘larida vertikal mintaqaviylik och tusli bo‘z tuproqlardan boshlanadi. Hozirgi zamon tuproq geografiyasi fanida bu narsa hech qanday shubxa tug‘dirmaydi. Lekin och tusli tipik bo‘z tuproqlar tog‘ tuproqlarimi yoki tekislik tuproqlarimi? degan muammo ba’zi bir tuproqshunos olimlar o‘rtasida tortishuvga sabab bo‘lmoqda. Hamma tog‘ tizimlarida tuproqlar vertikal mintaqaviylik qonuniyati bo‘yicha bir xil tarqaladi, degan fikr keyingi vaqtlarda o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida noto‘g‘ri ekanligi aniqlandi (S.A.Zaxarov, I.P.Gerasimov, S.S.Neustruev va boshqalar). Bunday normal, ya’ni tuproqlar tarqalishining qonuniyatga bo‘ysunmagan holati, tog‘larning nisbatan joylashish holatiga bog‘liq. Bu holat, ya’ni tog‘ tizimining boshqa tog‘lar bilan dengizdan to‘sib qo‘yilganilgi, dengiz qirg‘og‘ida yoki quruqlik markazida joylashganligi asosan tog‘ iqlimining namligiga ta’sir qiladi Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling