O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
1.2. Tuproq bilan tuproq hosil qiluvchi jinslarning doimiy aloqalari va
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tuproq paydo qiluvchi ona jinslar.
21 1.2. Tuproq bilan tuproq hosil qiluvchi jinslarning doimiy aloqalari va uning tuproqni dalada tekshirish va haritalashdagi roli. Mustaqil tabiiy jism-tuproq qattiq (mineral va organik zarrachalar), suyuq (tuproq eritmasi), gazsimon (tuproq havosi) va tirik jonivorlar (tuproq organizmlari)kabi bir-biri bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan turli qismlardan iborat ko‘p fazali dispers ( turli zarrachalarning to‘plamlaridan tashkil topgan) sistemadir. Tuproqning mineral qismi uning massasiga nisbatan 80-90 foizni tashkil etib, organogen (torfli)tuproqlarda esa 1-10 foiz atrofida bo‘ladi. Turli tog‘ jinslardagi mineral zarrachalar tuproq paydo bo‘lish jarayonlari natijasida tuproqqa o‘tib to‘planadi. Asosiy tuproq paydo qiluvchi ona jinslar. Turli omillar, jumladan o‘simlik va mikroorganizmlar ta’sirida mineral qismi o‘zgarib tuproqqa aylanayotgan g‘ovak holdagi tog‘ jinslariga tuproq paydo qiluvchi va ona jinslar deb ataladi. Ona jinslar tuproqning material asosi bo‘lib, tuproq paydo qiluvchi jinslarning mexanik, meneralogik va kimyoviy tarkibi va shuningdek fizik, kimyoviy , fizik-kimyoviy xossalari unda shakllanayotgan tuproqlarga bevosita ta’sir etadi. Bu tarkibiy qismlar va xossalar keyinchalik tuproq paydo qiluvchi omillar ta’sirida asta-sekin turli darajada o‘zgarib boradi. Tuproq ona jinslari o‘zining kelib chiqishi, tarkibi tuzilishi va xossalari bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Shuning uchun ham unda o‘sadigan o‘simliklar hamda mikroorganizmlarning rivojlanishi va nihoyat tuproqning paydo bo‘lishi uchun bir xil sharoit mavjud bo‘lmaydi. Tuproqning sifat ko‘rsatkichlari, jumladan potensial unumdorligi darajasi va agronomik qimmati ko‘pincha ona jinslar xarakteri bilan bevosita bog‘liq. Tuproq paydo qiluvchi jinslar yerning qattiq qobig‘ini va litosferani tashkil etuvchi turli tog‘ jinslardan hosil bo‘ladi. Barcha tog‘ jinslari kelib chiqishiga ko‘ra : magmatik, cho‘kindi va metamorfik gruppalarga ajratiladi. Hozirgi vaqtda magmatik va metamorfik jinslar yer yuzasi quriqlik qismiga juda kam chiqib turgan bo‘lib, ular qalin qavatli cho‘kindi jinslar bilan qoplangan. Turli tuproqlar Kaynazoy erasining oxirgi - to‘rtlamchi davr g‘ovak cho‘kindi 22 jinslaridan shakllangan. To‘rtlamchi davrga xos jinslar esa o‘zining g‘ovakligini yo‘qotib zich jinslarga aylangan. To‘rtlamchi davr cho‘kindi jinslari tub (magmatik va metamorfik) jinslarning nurashi va ular mahsulotlarining suv, shamol va muzliklar ta’sirida qayta yotqizilishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu jinslarning paydo bo‘lishi hozir ham davom etib kelmoqda. Cho‘kindi jinslar tub jinslardan farqlanib tuproq paydo bo‘lishi uchun qator qulay sharoitlarga, jumladan, g‘ovak qovushmasi, g‘ovakligi, suv o‘tkazuvchanligiga, nam saqlab turishi va singdirish qobilyatining yuqori bo‘lishi kabi xususiyatiga ega. Tuproqning ipaydo bo‘lishi tog‘ jinslarning nurashi va nurash mahsulotlarining olib ketilishi va qayta yotqizilishi bilan bog‘liq. Aytilganidek, to‘rtlamchi davr g‘ovak cho‘kindi jinslari asosiy tuproq paydo qiluvchi jinslar hisoblanadi. Ana shu jinslarda diyarli barcha hozirgi zamon tuproqlari shakllangan. Kelib chiqishi (genezis)ga va hosil bo‘lish sharoitlariga ko‘ra to‘rtlamchi davr cho‘kindilari turli tarkib, tuzilish, g‘ovakligi va har xil xossalari bilan xarakterlanadi. Bu o‘z navbatida tuproq paydo bo‘lish jarayonlarida va hosil bo‘ladigan tuproqlar unumdorligida aks etgan bo‘ladi. Barcha tuproq paydo qiluvchi yoki ona jinslar kelib chiqishiga ko‘ra quyidagi gruppalarga: elyuvial, delyuvial, elyuvial-delyuvial, kollyuvial, delyuvial- kollyuvial, solifyukatsion, delyuvial- solifyukatsion, allyuvial, ko‘l- allayuvial, prolyuvial, allayuvial-prolyuvial, muz yotqiziqlari, flyuvioglyasial, dengiz, eol, agro-irrigasi yotqiziqlari va lyoss jinslariga bo‘linadi. Bu jinslar o‘zinig tashqi ko‘rinishi, belgilari, tuzilishi va shuningdek kimyoviy minerologik va mexanik tarkibi bilan farqlanadi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling