O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eol yotqiziqlar
- Lyoss va lyossimon yotqiziqlar
Dengiz yotqiziqlari. Bu jinslar qadimgi dengiz o‘rnida va to‘rtlamchi
davrda dengiz transgressiyasi va regressiyasi natijasida hosil bo‘lgan yotqiziqlardan iborat. Dengiz yotqiziqlari odatda qatlamli bo‘lishi, yaxshi saralanganligi va tuzlarni ko‘p saqlashi bilan xarakterlanadi. Eol yotqiziqlar- shamolning turli tog‘ jinslari zarrachalarni uchirib olib ketishi va yotqizishi natijasida hosil bo‘ladi. Shamol faoliyati, ayniqsa quruq iqlimli cho‘l zonasida kuchli bo‘lib qum barxanlari. Qum tepachalari, gryada qumlari va mo‘tadil iqlimli dengiz qirg‘oqlari 24 hamda daryo vodiylarida o‘ziga xos qum tepalari- dyunalar shaklidagi rel’eflar yuzaga keladi. Lyoss va lyossimon yotqiziqlar. Bularga lyuss va lyossimon qumoqlar kabi o‘ziga xos qator belgilari bilan ajralib turadigan to‘rtlamchi davr yotqiziqlari kiradi. Bu jinslar MDH-Evropa qismining janubiy va janubiy-sharqiy rayonlarida shimoliy Kavkaz va O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Lyoss va lyossli jinslarda tabiiy unumdorligi yuqori bo‘lgan bo‘z tuproqlar, qora, kashtan tuproqlar hosil bo‘ladi. O‘rta Osiyodagi to‘rtlamchi davr jinslari orasida agroirrigatsiya yotqiziqlari alohida o‘rin tutadi. Bu jinslarning hosil bo‘lishi sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan sharoitda insonlar faoliyati bilan bevosita bog‘liq. Qadimdan sug‘orilib kelinayotgan (Zarafshon va Farg‘ona vodiysi, Xorazm, Murg‘ob va Tejen) vohalarida sug‘orish suvidagi loyqalarning o‘tirishidan, go‘ng, paxsa devorlari kabilar solingan maydonlarda 2-3 metrgacha qalinlikdagi yotqiziqlar hosil bo‘lgan va ularda o‘ziga xos voha tuproqlari shakllangan. 2-BOB. DALA SHAROITIDA TUPROQLARNI O’RGANIB XARITAGA TUSHIRISHGA TAYYORGARLIK ISHLARINI TASHKIL QILISH. 2.1. Dala ishlarini o‘tkazishga tayyorgarlik Dala ishlariga tayyorgarlikning birinchi bosqichi quyidagilarni o‘z ichiga oladi. Dala ishlarining sifati va tartibi o‘tishi unga tayyorgarlikning yaxshi bo‘lishiga bog‘liq. Bu davrda quyidagi ishlar bajarlishi zarur. -Tuproqlarni xaritaga tushurishni lozim bo‘lgan hududning tuprog‘i va tuproq hosil bo‘lish jarayoni haqida ma’lumotlar yig‘ish. -Dala tadqiqot ishlarini olib borish uchun kartografik asosnoma tayyorlash. -Tuproqni xaritaga tushurish ishlarida qo‘llaniladigan uslubiy qo‘llanmalar va ko‘rsatmalar bilan tanishish, hudud tuproqlarining sistematik ro‘yxatini tuzish. -Dala sumkasini jihozlash. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling