O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


-BOB. TUPROQ EKSPEDITSIYASINI TASHKIL QILISH


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

  
3-BOB. TUPROQ EKSPEDITSIYASINI TASHKIL QILISH 
 
3.1. Ekspeditsiyaning maqsadiga qarab uni jihozlash 
Dalada tuproq izlanishlarini o‘tkazish uchun tuproq, agrotuproq, tuproq-
meliorativ partiyalari yoki otryadlar tuzilidi. Ularning struktura tuzilishi va 
shtatlari qo‘yilgan maqsadga, ish hajmiga bajarilish vaqtiga hamda tuproq 
izlanishlari qaysi tuproq hududida olib borilishiga qarab belgilanadi. 
Tuproq partiyasining taxminiy tarkibi 
Partiya guruhi boshlig‘i (katatuproqshunos)..............................1 
Tuproqshunoslar.....................................................................3-5 
Agronom.....................................................................................1 
Yer tuzuvchi................................................................................1 
Texnik tuproqshunos yoki amaliyotchi talabalar.....................3-5 
Texnik xaritashunos....................................................................1 
Kimyoviy analitik.....................................................................1-2 
Ishchilar .................................................................................6-10 
Katta hajmdagi ishlarni bajarish uchun bir necha tuproq partiyalari tuziladi 
va bu partiyalarning tarkibiga mutaxassis – meliorator (meliorativ va botqoqlarni 


30 
quritish ishlarini talab qiladigan yerlar katta maydonlarni egallaganda). Tuproq 
otryadi 6-7 ta tuproqshunosdan iborat: ulardan biri tuproq otryadi boshlig‘i, otryad 
tarkibida bitta agronom, texnik-tuproqshunos va boshqalar bo‘ladi (bajariladigan 
ishning xarakteri va hajmiga qarab). 
Tuproq partiyasi boshlig‘ining vazifasi: 
 1.Tuproq partiyasidagi tashkiliy va ilmiy ishlab chiqarish shuningdek, tuproqni 
dalada o‘rganish va xaritaga tushirish ishlariga rahbarlik qiladi va ishlarning o‘z 
vaqtida sifatli bajarilishiga javob beradi. 
2. Tuproq partiyasi boshlig‘i tuproqshunos ish rejasini tasdiqlaydi, tuproq 
partiyasidagi hamma mutaxassisilar ishini tashkil qilib turadi va tuproqni o‘rganish 
ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan har xil tashkiliy masalalarni viloyat, tuman, qishloq 
xo‘jalik tashkilotlari bilan kelishib hal qilib beradi. 
3. Tuproq otryadi va tuproqni fizik xossalarini o‘rganuvchi otryadning ishlari 
ustidan nazorat qilib turadi va ulardan ish qabul qilib oladi. 
4. Tuproq otryadlarining tuproq namunalarini tahlil qilish uchun tuzgan 
talabnomalarni tasdiqlaydi va umumiy talabnoma tuzadi.
5. Viloyat, tuman va xo‘jaliklarga topshiriladigan hamma ma’lumotlarga muallif
bo‘ladi.
6. Tuproq partiyasining bajargan ishlari to‘g‘risida hisobot tuzadi va kerakli 
hujjatlarning to‘la rasmiylashtiradi. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling