O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Tuproq otryadi boshlig‘ining vazifasi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Otryad tuproqshunosining vazifasi
- Otryad agronomining vazifasi.
Tuproq otryadi boshlig‘ining vazifasi:
1. Otryadidagi hamma bajarilgan ishlarga rahbarlik qiladi. Bu ishlarning o‘z vaqtida sifatli bajarilishigajavob beradi. Xo‘jaliklar hududining otryad a’zolari bilan birgalikda tuproq to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun (rekognossirovka) aylanib chiqadi. Tuproqshunoslar bajargan ishini tekshirib uni qabul qilib oladi. 2. Bevosita tuproq izlanishlarida ishtirok etadi. 3. Otryad tuproqshunoslari bilan birgalikda laboratoriyada bajariladigan tuproq analizi ishlarining rejasini tuzadi. 31 4. Kameral bosqichida xo‘jaliklar tuproq xaritalarini tuzish paytidagi ishlarni nazorat qilib turadi va tuproq xaritalariga tushuntirish xatlarini tuzishda ishtirok etadi. 5. O‘zining otryadida bajarilgan ishlarhaqida tuproq partiyasining boshlig‘iga yozma ravishda hisobot beradi. Otryad tuproqshunosining vazifasi: Tuproqshunos bevosita tayyorgarchilik, dala va kameral bosqichidagi har qanday ko‘rinishdagi ishlarda ishtirok etadi. Bevosita tuproqni dalada o‘rganib xaritaga tushirishda, tuproq namunalarini analizga tayyorlashga tuproq namunalarini tartibga soladi. Otryad boshlig‘i bilan birgalikda dala va laboratoriya ma’lumotlarini qayta ishlaydi hamda otryad boshlig‘i bilan partiya ish rejasini va tuproq analizlarini ishlab chiqarishga harajat-hisobotini (vedomost) tuzadi. Tuproqshunos kameral bosqichda dala va laboratoriyada to‘rejagan tuproq ma’lumotlarini qaytadan o‘rganib chiqib, tuproq xaritasini va kerakli xaritogrammalarni tuzadi va tuproq xaritasiga tushuntirish xatini yozadi. Otryad agronomining vazifasi. Agronom xo‘jaliklar hududlarini aylanib chiqish (rekognossirovka) paytida qatnashadi. Tuproqni agronomik nuqtai nazardan baholashda kerak bo‘lgan hamma ma’lumotlarni to‘playdi va tartibga soladi. Xo‘jalikning agronomiyaga oid tomonlarini o‘rganib chiqadi. Ekinlarni joylashtirishni, hosildorlikni, o‘g‘it solish me’yorlari, sug‘orish me’yorlari, madaniy o‘simliklar rivojlanish holati, yerlarning keyingi 3-5 yildagi tarixini, xo‘jalikda qo‘llanilayotgan agrotexnika va meliorativ tadbirlarni aniqlaydi. Ekinlarni joylashtirish xaritasini tuzadi, qisqacha agrotexnik va meliorativ tushuntirish xati yozadi. Tuproqshunos bilan birga tuproqlarning agronomik ishlab chiqarish guruhlarini va guruhchalarning xaritogrammalarini tuzib, tuproqlar unumdorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi va tuproqdan unumli foydalanish yo‘llarini belgilaydi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling