O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Tuproqni xaritaga tushirishda masshtabli xarita turlari


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

Tuproqni xaritaga tushirishda masshtabli xarita turlari. 
Tuproq xaritasi - ma’lum hudud tuproq koplamini aks ettiruvchi maxsus 
tasvirdir. U joylarda tuproqlarning tarqalishi xaqida kurgazmali ta’surot va ularni 
hududiy yotkizilishi asoslarini ochib beradi. Tuproq xaritalari masshtab bo‘yicha 
guruhlarga bo‘linadi: Umumlashgan tuproq xaritalari (M: 1:2500000 kichik); 
mayda masshtabli (1:300000 -1:100000); katta masshtabli (1:50000-10000) va 
mukammallashtirilgan (1:5000-1:200). Qishloq xo‘jaligida kuprok yirik va 
mukammal masshtabli xaritalar qo‘llaniladi, chunki ular unchalik katta bo‘lmagan 
hududlar; alohida xo‘jaliklar jumladan, fermer xo‘jalikdari, tajriba maydonlari, 
tajriba stansiyalari va boshqalarning tuproqlarini tasvirlaydi. 
Tuproq xaritasining masshtabi qanchalik katta bo‘lsa, tuproq qoplami 
shunchalik kichik, generalizatsiya darajasi kamroq bo‘ladi va mukammallashadi. 
Tuproq xaritalarini tuzishda xaritografik asos hisoblanadi: topografik 
xaritalar, aerofotosuratlar ma’lumotlari, kosmik fazoda suratga olish materiallari, 
yer tuzishning kontur rejalari. Topografik xaritalar aniq masshtabga ega bir xil 
belgilar tizimi kordinata turiga ega. 
Topografik xaritalarda rel’ef bir xil balandlik nuqtalarini birlashtiruvchi 
gorizontal chiziqlar bilan belgilanadi. Asosiy gorizontallar to‘g‘ri chiziq bilan, 
yordamchi gorizontal nuqtali chiziq bilan belgilanadi. 


34 
Nazorat gorizontallari balandlik belgilarga ega va uzluksiz yirik chiziqli 
qilib tushuriladi. Rasmlar asosida va topografik xaritadagi gorizontallarning o‘zaro 
joylanishida asosiy rel’ef shakllarini aniqlash mumkin. Rel’efning kesishgan 
balandligi deb, ikkita qo‘shni gorizontallarning balandlik belgisi ayirmasiga 
aytiladi. Qiyalik nishabligi deb gorizontal tekislikda burchak kiyaligiga aytiladi. 
Bu burchak qanchalik katta bo‘lsa, qiyalik shunchalik tik bo‘ladi. 
Profil chizmasi deb, tik kesmaning joylardagi tasviriga aytiladi. Profil 
quyidagi tartibda tuzilgan: 
1. Xaritada profil chiziqlarini o‘tkazish (AV); grafalarga bo‘lingan qog‘oz 
varaqni va gorizontal profil chizig‘i kesishgan joy chetini qisqa chiziqli qilib 
o‘tkazish (gorizontallarga chiqish); 
2. Qatorlarga bo‘lingan varaqning chap tomoniga gorizontal chiziqlarning 
balandligi yoziladi. Xaritadagi gorizontal balandlikka muvofiq, shartli qabul 
qilingan o‘zaro oraliq bu chiziqlarning kesishgan balandligidir. Hamma 
nuqtalardan (gorizontallarga chiqish) perpendikulyar ravishda to kesishguncha 
chizib tushiriladi va shunga muvofiq belgilangan parallel chiziqlar kesishgan 
nuqtalar belgilab olinadi. 
3. Kesishgan nuqtalarni birlashtirilsa, silliq egri chiziq hosil bo‘lib, bu joy 
profilining tasvirini ko‘rsatadi. Mazkur xaritada profil tuzilishi ko‘rsatilgan. 
Tuproqlarni xaritaga tushirishda tuziladigan tuproq xaritalarining maqsadi 
va masshtabiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi. 
1.Tuproqlarni batafsil masshtabli xaritaga tushirish. 
2.Tuproqlarni yirik masshtabli xaritaga tushirish. 
3.Tuproqlarni o‘rta masshtabli xaritaga tushirish. 
4.Tuproqlarni mayda masshtabli xaritaga tushirish. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling