Tuproqlarning agronomik ishlabchiqarish guruhlari va ularning tiplari
Tuproqlarning agronomik ishlab chiqarish guruhlari o‘rganilgan hudud
tuproqlarining genezisi, evalyusiyasi, relefi, geomorfologik-litologik tuzilishi
vagidrogeologik sharoiti, mexanik tarkibi, irrigatsion eroziya, agrokimyoviy va
agrofizikaviy xossalari-xususiyatlari, unimdorligi, tuproqning meliorativ holati
chuqur tahlili va laboratoriya-analitik ma’lumotlarga asoslangan holda tuproqdan
foydalanish uchun ishlab chiqilgan tavsiya va chora –tadbirlar bo‘yicha tuproq
ayirmalarini birlashtirish tushiniladi.
Tuproqlarni agroishlab chiqarish bo‘yicha guruhlash tuproq tadqiqotlarining
yirik masshtabli materiallarini umumlashtirish agronomik sharhlashning asosiy
shakli hisoblanadi.
Agroishlab chiqarish guruh tuproqlardan foydalanishni farq qilish, u yoki bu
tarkibda almashlab ekish, agrotexnika, o‘g‘it qo‘llash, meliorativ chora-tadbirlarni
rejaga solish, er solig‘i, ijara to‘lovi va boshqa erdan foydalanish tizimlarini,
xo‘jalikning yo‘nalishlarini va tkproq sharoitlaridan to‘la foydalangan holda
dehqonchilik tizimini tashkil etishni ochib berishi kerak.
Tuproqlarni agroishlab ishlab chiqarish bo‘yicha guruhlashning asosiy
mezonlari quyidagilar:
a) muayyan bir tuproq-iqlim mintaqasiga (baladlik va kenglik mintaqasi),
zonachasi, provinsiyasiga tegishliligi:
b) o‘xshashligi jihatidan tuproqning genetik yaqinliligi:
-tuproq qatlamining tashqi ko‘rinishi:
-tuproqhosil qiluvchi jins va tuproqlarning mexanik tarkibi:
-tuproqning asosiy fizik xossalari:
-kimyoviy, fizik-kimyoviy xossalari, oziqa moddalar miqdori va zahirasi,
v) tuproq konturlarining bir xillik darajasi:
g)tuproq tarqalgan hududning relefi:
116
9-BOB. JAMOA VA DAVLAT XO’JALIKLARI TUPROQ
Do'stlaringiz bilan baham: |