O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


XARITAGRAMMALARINI TUZISH VA BEZATISH


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

XARITAGRAMMALARINI TUZISH VA BEZATISH. 
9.1 Tuproqning sho‘rlanish kartogrammasini tuzich. 
Sho‘rlangalik darajasi tuproqdagi zararli (zaharli) suvda oson eruvchan 
tuzlarning umumiy miqdorini ko‘rsatadi. Respublikada meliorativ holati yomon 
yerlarning ko‘p qismi tuproqning sho‘rlanishi bilan bog‘liq. Tuproqning 
sho‘rlanishi- asosan maydonlardan yer osti suvining oqib chiqib ketmasligi va ariq-
zovurlarning ishlamasligidan kelib chiqadi. 
Tuproqning sho‘rlanishi uning sho‘rlanish darajasi, tuzlar ximizmi, tuzli 
gorizontning joylashish chuqurligi,va yer osti suvining chuqurligibilan farqlanadi. 
Tuproqlarning sho‘rlanish katogrammasi yerdan foydalanish xududida 
sho‘rlangan tuproqlar anchagina tarqalgan (umumiy maydoni 10% dan kam 
bo‘lmaganda) yoki juda qimmatli mahsuldorlikka ega bo‘lgan sug‘oriladigan 
yerlar orasida sho‘rlangan maydonlar bo‘lganda tuziladi. 
Tuproqlarni dala kartasiga tushirishda, ayniqsa tekislash (planirovka) 
o‘tkazilgandan keyingi, melioratsiyalanadigan yerlarda namunalarni genetik tuproq 
qatlamlari bilan juda aniq bog‘liqlikda olish imkoniyatlari bo‘lmagan maydonlarda 
burg‘u bilan namuna olishga ruxsat etiladi. Bunda quyidagi chuqurliklardan 
namunalar olish bilan chegaralanish mumkin: 0-10, 10-30, 30-50, 50-100, 100-
150, 150-200sm va hakozo. Agar tuproq kesmalari yoki burg‘ulangan chuqurlar 
yordamida yer osti suvlar ochilsa, ularning tahlil uchun olmoq kerak. 
Sho‘rlangan tuproqlarning konturlarida bajarilgan asosiy kesmalarning 
umumiy sonidan 20% dan kam bo‘lmaganda to‘liq suvli so‘rim taxlillari, qolgan 
namunalarda qisqartirilgan suvli so‘rim tahlil o‘tkaziladi (NSO
3,
Sl, SO
4
va quruq 
qoldiq). Sodali va sul’fatli sho‘rlanishga ega bo‘lgan tumanlarda bulardan tashqari 
natriyni aniqlash albatta zarur. Xlorid-sulfatli va sul’fat-xloridli tuproq tipidagi
sho‘rlanish bo‘lganda qisqa suvli so‘rim o‘rniga tuzlar yig‘indisini aniqlash bilan 
chegaralanish mumkin. 
Sho‘rlangan tuproqlar tuzli qatlamning yuqori chegarasi joylashishi 
chuqurligiga qarab quyidagilarga bo‘linadi: 


117 
A) sho‘rxoklar va sho‘rxoklashgan-0-30 sm 
B) yuqori sho‘rxoksimon- 30-50 sm; 
V) sho‘rxoksimon-50-100 sm; 
G) chuqur sho‘rxoksimon-100-150 sm; 
D)chuqur sho‘rlangan 150-200sm. 
Sho‘rxoklarga tuproq profilni yuqori qatlami juda yuqori darajada sho‘rlangan 
tuproqlar kiradi. 
Sho‘rlangan tuproqlar tipi bo‘yicha (tuz tarkibini sifati bo‘yicha) asosan 
anionlarga qarab bo‘linadi. Sho‘rlangan tipini nomlashda anionlarning mg-ekv. 
Ko‘rsatkichlarining yig‘indisi 20% dan oshgan taqdirda, shu anionlar kiritiladi, 
nomida ustun turuvchi anion oxirida yoziladi. CO
3
anionining miqdori hisobga 
olinmaydi (agar tuproqlar sho‘rtoblashmagan bo‘lsa), chunki CO
3
umumiy 
ishqoriylik ko‘rsatkichiga kiradi. Agar suvli so‘rimda SO
4
va Cl ustun tursa (agar 
bir tuproq qatlamida bo‘lsaham) CO
3
ioni anionlar summasidan 20% dan kam 
bo‘lsa, lekin 100gr tuproqa 0,03 mg ekv. Bo‘lsa, sho‘rlanish ustun turuvchi 
ionlarga nisbatan qo‘shimcha sifatida “soddani hisobga olganda” deb aniqlanadi. 
HCO
3
ioniga nisbatan ham shunday qilinishi kerak, agar ularning miqdori suvli 
so‘rimda 100gr. Tuproqqa 1,4 mg-ekv dan osha, shuningdek HCO
3
ko‘p bo‘lsa 
Ca+Mg (mg-ekvda)dan u holda zaharli tuzlar miqdori hisoblanishi zarur va 
NSO
3
ning zaharlilik chegarasidan (0,8mg. ekv) oshig‘ini Na-Mg bilan 
bog‘langanligiga ishonch hosil qlish kerak. Ba’zan HCO

ning yuqori miqdori Mg
(HCO
3
)ning hisobiga bo‘lishi mumkin, u hlda sho‘rlanish tpi gdrokorbonat 
sifatida belgilanadi.. 
Tuproq sho‘rlanish tipi, ustun turadigan tuzlar tarkibi (ionlar miqdori) 
bo‘yicha aniqlanadi, sho‘rlangan tuproqlar uchun-0-30, 30-50, 50-100, 100-150, 
150-200 smli qatlamlarning sho‘rlanish tiplari va darajasi aniqlanishi zurur. Bunda
sodani uchrashi albatta ko‘rsatib o‘tilishi kerak. 
Tuproqlar sho‘rlanish darajasi bo‘yicha-kuchsiz, o‘rtacha, kuchli va juda 
kuchli sho‘rlangan guruhlarga bo‘linadi. Bu darajalar sho‘rlanish tipiga qarab ( -
jadval) aniqlanadi va tuzlarning o‘rtacha miqdori bo‘yicha belgilanadi, sho‘rlangan 


118 
tuproqlarda 0-30 smli yoki ildiz qatlamidagi tuzlar miqdori va zahiralarini alohida 
hisobga olish nihoyatda muhim. 
17-jadval 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling