O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Eroziyalangan erlarning tashxis belgilari
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
Eroziyalangan erlarning tashxis belgilari
T-r. Yuvilganlik darajasi Diognostik belgilari A+V qatlam qalinligi,sm. V 2 qatlamchuqurligi, sm. 1 Yuvilmagan 70 21 2 Kuchsiz yuvilgan 50-70 21-31 3 O‘rtacha yuvilgan 30-50 31-51 4 Kuchli yuvilgan 30 51 5 Yuvib keltirilgan jinslar 75 75 Yuvilib yotqizilgan, loyqa bosgan tuproqlar eroziya mahsulotlarining yotqizilishi yo‘li bilan hosil bo‘lgan tuproqlardir. 130 Yotqizilgan materiallarining qalinligiga ko‘ra: kuchsiz yotqizilgan- yotqiziq qalinligi 20 sm gacha, o‘rtacha yotqizilgan-yotqiziq qalinligi 20- 50 sm dan katta vakuchli yotqizilgan-yotqiziq qalinligi 50 sm dan katta bo‘lgan guruhlarga bo‘linadi. Loyqa bosgan-yuvilib yotqizilgantuproqlarda loyqa mayin va gumus miqdori ko‘p bo‘lsa ularning unumdorligi yuqori, aksincha tuproqning chuqur qatlamlariga gumus miqdori kam (loy, qum, mayda shag‘al kabi) nurashga uchragan mahsulotlar yotqizilgan bo‘lsa, bunday tuproqlarning unumdorlik darajasi past bo‘ladi. Loyqa bosgan tuproqlarni aniqlashda yotqiziq (loyqa) qaysi maydonga yotqizilganligi va uning xossalari qanday bo‘lganligi ko‘rsatiladi. Shamol ta’sirida emirilgan (deflyasiyalangan) tuproqlarning eroziyalanganlk darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanadi: a ) kuchsiz eroziyalangan tuproqlar – kam qalinlikka ega bo‘lgan tuproqlar uchun A+V qatlamining qalinligi, yoki qalin tuproqlar uchun qatlam A ning qalinligi shu tuproqning eroziyalanmagan (etalon) tuproqga nisbatan 5 sm dan ko‘p bo‘lmagan holda kamayib ketadi, tuproq yuzasi 5 sm balandlikka ega bo‘lgan siyrak yotqizilmalar bilan qoplanadi, ekinlar tagidagi jo‘yaklar tekislanadi; ekilgan o‘simliklarining kurib qolishi 20 foiz dan oshmaydi; b ) o‘rtacha eroziyalangan tuproqlar – A+V qatlamining qalinligi yoki A qatlami 5-10 sm ga kamaygan (uchirib ketilgan), yuzasi 20 sm balandlikdagi tepachalar bilan qoplangan, ekinlar jo‘yaklari to‘liq tekislanib kettgan va shamol keltirilmalari to‘ldirilgan; ekinzorlarda o‘smliklarning qurib qolishi 20-50 % ni tashkil etadi; v) kuchli eroziyalangan tuproqlar – A+V qatlamining qalinligi yoki A qatlami 10- 20 sm ga va undan ortiqqa kamaygan, tuproq yuzasi ochilib qolgan, hamma erda shamol mahsulotlari 20 sm dan balandroq mayin qum tepachalari ko‘pincha haydov osti qatlami bo‘lgan yuza bilan navbatma-navbat joylashgan maydonlardan iborat bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling