O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

Ikkinchi bosqichda (1932 - 1951 yillar) tuproqlarni genetik - geogrofik 
nuqtai nazardan o‘rganish bo‘yicha izlanishlar boshlangan. Bunda Butun Ittifoq 
paxtachilik ilmiy tekshirish instituti (SoyuzNIXI) tomonidan, paxtachilik 
hududlarida tuproq qatlamini o‘rganish va tuproq - agroximiya xaritasini tuzishdan 
iborat tadqiqotlar amalga oshirildi. 1934-1936 yillarda N.V.Kimberg rahbarlik 
qilgan Qo‘qon guruhi, M.A.Pankov - Marg‘ilon, M.I.Parshakov - Namangan
G.P.Popov - Andijon, S.A.Shuvalov boshchiligidagi - G‘arbiy Farg‘ona guruhlari 
tomonidan tuproq xaritalari tuzildi. 
1937 – 1938 yillarda M.A.Pankov va Z.N.Antoshina tomonidan Chirchiq 
Elektroximiya kombinati hududida selga qarshi chora tadbirlarni loyhalash 
maqsadida birinchi marta batafsil tuproq erozion xaritasi tuzildi.
1947 yilda N.V.Bogdanov, B.V.Gorbunov, N.V.Kimberg, M.A.Pankov va 
S.A.Shuvalovlar tomonidan “O‘zbekiston tuproqlari” monografiyasining birinchi 
qismi bosilib chiqadi va tuproq tasnifiga yangiliklar kiritilib, Respublika tuproq 
xaritasi tuziladi. Mana shu olimlar (1946–1951 yillar) tomonidan ma’muriy 
viloyatlarning mayda masshtabli tuproq xaritasi to‘plami tayyorlangan. 
Uchinchi bosqichda (1947-1960 yillar) genetik — geogrofik izlanishlar 
davom etib, Qizilqumning Janubiy — Qarbiy Qarshi cho‘li, Amudaryo quyi oqimi 
va Turkiston bosh kanali hududlarida o‘rta va yirik masshtabda tashkil qilingan 


13 
umumiy ishlar olib borildi. Bu ishlarga A.F.Shelaev, B.V.Gorbunov, 
N.V.Kimberg, M.A.Pankov, S.N. Rijov rahbarlik qildilar. Shu davrda 
A.Z.Genusov, B.V.Gorbunov, N.V.Kimberg, V.I.Yesin tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasining o‘rta masshtabdagi tuproq xaritasi 1959 yilda o‘tkazilgan tuproq 
– iqlim rayonlashtirish asosida tuzildi. Bu xaritalarga B.V.Gorbunov va 
N.V.Kimberglar tomonidan tuproqning yangi tasnifi berilgan. 1961 yilda Toshkent 
viloyati tog‘ oldi lalmi yerlarining tuproq xaritasi tuziladi. (A.Z.Genusov, 
S.V.Kamaev, M.I.Kochubey, S.P.Suchkov, V.G. Popov). 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling