O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
To‘rtinchi bosqichda tuproq xaritalash ishlari keng rivojlandi. Bu davrda
“Tuproq xaritasi”, “Tuproq - iqlim rayonlari xaritasi”, “O‘zbekiston atlasi”, “Ko‘rgazmali respublika tuproq xaritasi” va “Viloyat tuproq xaritalari” tuzildi. Hozirgi kunda tuproq xaritalarini, yerlarni baholash, erozion va boshqa turli xildagi xaritalarni tuzish va yangilanish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi yer kadastri, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Yer kadastr filiali tomonidan izlanishlar olib borimoqda. Har besh yilda tuproq xaritanomalari yangilab boriladi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asoslangan holda qisqacha xulosa qiladigan bo’lsak, qishloq xo’jaligida yer va suv resurslaridan, organik va mineral o’g’itlardan samarali foydalanish, tuproqlarning tarqalish qonuniyatlari to’g’risida ma’lumatga ega bo’lishda, tuproq unumdorligini oshirishda va undan samarali foydalanish yo’llarini o’rganishda tuproqni xaritasini tuzish faninig axamiyati katta ekanligini e’tirof etish lozim. 1- BOB. YER YUZIDA TUPROQLAR JOYLASHISHINING ASOSIY QONUNIYATLARI 1.1. Tuproq geografiyasi va topografiyasida qonun va qonuniyatlari Tuproq geog‘rofiyasi va topografiyasining asosiy qonunlarini V.V.Dokuchaev tomonidan kashf etilgan. V.V.Dokuchayev va boshqa tuproqshunos olimlarning fikricha, tuproq yer qobig‘ining ustki qatlami bo‘lib, tuproq hosil qiluvchi jinslar hamda havo va suv o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga tuproq hosil qiluvchi omillar - joyning yoshi, 14 iqlim, rel’ef, o‘simliklar dunyosi va inson faoliyati bilan bog‘liq omillar ta’sirida hosil bo‘lgan mahsulot deb qaraladi, uning asosiy xossasi - “unumdorlik” deb e’tirof etiladi. Shuning uchun ham yer, suv, olov (issiqlik va yorug‘lik) havo, o‘simlik va hayvonot dunyosining astronomik holatiga ko‘ra yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida gorizantal va vertikal zonallik bo‘yicha shimoldan janubga qarab, ma’lum bir qonuniyat bilan qutb o‘rta mintaqasidan ekvatorga tomon tarqalgan bo‘ladi. Tuproq hosil qiluvchi yotqiziqlar yer yuzida mintaqalar bo‘yicha parallel yoki uzluksiz ravishda joylashib tundra, qora, podzol, kashtan bo‘z tuproqlar yer yuzasida qat’iy qonuniyat bilan iqlim va o‘simlik qoplamiga binoan joylashgan bo‘ladi. Tuproq hosil bo‘lishida asosiy xususiyatlarining ahamiyati tuproqning yer yuzida joylashishini va bu qonuniyatlarni hisobga olgan holda tuproqshunos, tuproq - genetik ishlab chiqarish xususiyatlarini hamda uning tarqalish chegaralarini ilmiy asosda o‘rganish va natijada tuproq xaritasini chizishdan iborat. Tuproqni dalada o‘rganib xaritasini tuzishda tuproqshunos quyidagi tuproq geografiyasining asosiy qonuni yoki tuproqlarning yer yuzida joylashish qonuniyatlarini hisobga olishi lozim. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling