O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Tuproqlarning o‘xshashlik topografik qatorlar qonuniyati
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproqlarning introzonallik qonuni.
- Tuproqning kichik mintaqviylik qonuniyati
- Regional yoki mahalliy tuproq jo‘g‘rafik qonuniyati
Tuproqlarning o‘xshashlik topografik qatorlar qonuniyati. Bu qonuniyat
shundan iboratki, tuproqlar o‘xshashlik geogrofik va topografik qatorlarini hosil qiladi va har qaysi geogrofik kenglik tuproq mintaqachalariga o‘zining vertikal tuproq mintaqalari mos keladi. Bu qonuniyat S.A.Zaxarov tomonidan tavsiya etilgan. Tuproqlarning introzonallik qonuni. Mazkur konuniyat professor M.M.Filatov tomonidan kashf etilgan bo‘lib, bunda tuproq hosil qiluvchi omillarning yig‘indisi ta’sirida yoki birortaomillarning ta’siri iqlim omillaridan ustunlik qilsa tuproqlar o‘ziga xos bo‘lmagan mintaqada ham uchrashi mumkin, 19 ya’ni ichki mintaqaviylik xolatda dog‘larga o‘xshash yoki alohida kichik maydonchalar tarzida kuzatiladi. Masalan, sho‘rtoblar, karbonatli, chirindili tuproqlari yoki botqoq tuproqlar. Tuproqning kichik mintaqviylik qonuniyatiS.A.Zaxarovning fikricha, bu qonunyatga ko‘ra tuproklar rel’efning kichikroq pastliklarida o‘ziga xos ajoyib vertikal polasalar yoki mintaqalarnikidek joylashgan bo‘ladi, bu qonunyat ayniqsa yirik masshtabli xaritalar tuzganda o‘ziga xos qiziqish uyg‘otadi. Regional yoki mahalliy tuproq jo‘g‘rafik qonuniyati Tuproqlarning geogrofik joylashishini ko‘rib chiqqan paytlarimizda ularning gorizontal mintaqaviylik qonuniyatlaridan chetga chiqishini e’tirof etgan edik. Lekin qonuniyatdan bunday cheklanish ham o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi, balki ma’lum omillar asosida qonuniy holda shakllanadi. Tuproqlar geografiyasi va xaritagrafiyasi fanida bunday qonuniyatlar regional yoki mahalliy tuproq-geogrofik qonuniyatlari deb ataladi. Shulardan asosiylari tuproq provinsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlardir. Tuproq-iqlim fatsiya va provinsiyalari to‘g‘risidagi ta’limotlarni rivojlantirishda L.I.Prosolov va I.P.Gerasimovlarning xizmatlari juda kattadir. I.P.Gerasimov o‘zining “Sobiq Ittifoqning tekislik qismi tuproq, iqlim fatsiyalarihaqida” (1933) degan asarida tuproqlarning genetik tiplari orasidagi farqlarni fatsiya va provinsiyalarning bioiqlim tabiati nazaridan ko‘rsatib bergan. Uning ta’limotlari bo‘yicha bu farqlar iqlimning bir xil kontinental, qishning qattiqligi bir xil va atmosfera yog‘inining yil fasllari davomida bir xil emasligi bilan bog‘liqdir. Keyingi tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, har xil fatsiya tuproqlari ham ma’lum genetik tip ichida o‘zlarining gidrotermik rejimlari bilan keskin farq kiladi. Ular vegetatsiya davrining boshlanishida har xil chuqurlikda muzlaydilar, har xil tezlik bilan isiydilar va eriydilar yuqori qatlamlari har xil nam mintaqasiga hamda haroratga ega bo‘ladilar. Bularning hammasi katta agronomik ahamiyat kasb etib, hozirgi davrda turli xil provinsiya va fatsiyalarning tuproqlari mustaqil genetik tipcha sifatida qaraladi. Fatsiallik va provinsiallik hodisasida harorat, qor miqdori mintaqaning turli qismlarida keskin farq qiladigan tuproq mintaqalari keskin 20 namoyon bo‘ladi. Subtropik mintaqa meridianal kenglik bo‘ylab juda cho‘zilganligi boyis, uning shimoliy va janubiy qismlarining harorati bir-biridan ancha farq qiladi. Shuning uchun ham bu yerda provinsiallik yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shunday qilib, bioiqlim sharoitlarining joylari, kenglik va meridianal holati bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniy o‘zgarishi tuproq termik poyaslari, tuproq bioiqlim viloyati, tuproq mintaqasi va tuproq tipchalari, shuningdek fatsiya, tuproq provinsiya va tumanlarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Lekin tuproq provinsiya va tumanlari ichida tuproq qatlami ham bir xil bo‘lavermaydi. Bu hol asosan tuproq hosil qiluvchi jinslar va rel’efga bog‘liq bo‘ladi. Tuproqlarning bir xil bo‘lmagan shakllari, ularning kelib chiqishi, tarkibi va agronomik ahamiyati xaqidagi ta’limot tuproq qoplami strukturasi deb ataladi. Bu ta’limotning asosini elementar tuproq areali (ETA) xaqidagi tushuncha, ya’ni hududning uncha katta bo‘lmagan maydonida tuproq qoplami bir xil tuproq razryadini tashkil etadi. Tuproq qoplamining strukturasi bu ETAning qonuniy yig‘indisidir. Strukturaning harakterli parametrlari uning murakkabligi va kontrastligidir (qarama - qarshilik yoki aksi). Elementar tuproq areali rel’ef, jinslarning xossalari va ba’zi bir boshqa sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lib, har xil mikro-, mezo- va makrokombinatsiyalar hosil kiladilar va aniq tuproq qatlami strukturasini tashkil etadi. Kichik kombinatsiyalar mayda (bir necha o‘n metr atrofida) ETA almashinilishi bilan harakterlanadi. Bu jarayon asosan mikrorel’ef bilan bog‘liq. Mezokombinatsiyalar – nisbatan katta ETA va kichik kombinatsiyalarning almashinishi bilan xarakterlanib, odatda mezorel’ef yoki tuproq hosil qiluvchi jinslarning katta maydonda o‘rin almashinishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Kichik kombinatsiyalar – mezokombinatsiyalarning almashinishidan iborat bo‘lib, makrorel’ef bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu guruhlarning har birida keskin farq qiladigan va keskin farq qilmaydigan kombinatsiyalar farqlanadi. Tuproq strukturasi to‘g‘risidagi ta’limot – tuproqshunoslikning yangi bo‘limi bo‘lib, yer qurilish ishlarida katta ahamiyatga ega. Bu ta’limot S.S.Neustruev hamda V.M.Fridlandlar tomonidan rivojlantirilgan. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling