O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


  1.2. Tuproq bilan tuproq hosil qiluvchi jinslarning doimiy aloqalari va


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

 


21 
1.2. Tuproq bilan tuproq hosil qiluvchi jinslarning doimiy aloqalari va 
uning tuproqni dalada tekshirish va haritalashdagi roli. 
Mustaqil tabiiy jism-tuproq qattiq (mineral va organik zarrachalar), suyuq 
(tuproq eritmasi), gazsimon (tuproq havosi) va tirik jonivorlar (tuproq 
organizmlari)kabi bir-biri bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan turli qismlardan iborat 
ko‘p fazali dispers ( turli zarrachalarning to‘plamlaridan tashkil topgan) sistemadir. 
Tuproqning mineral qismi uning massasiga nisbatan 80-90 foizni tashkil 
etib, organogen (torfli)tuproqlarda esa 1-10 foiz atrofida bo‘ladi. Turli tog‘
jinslardagi mineral zarrachalar tuproq paydo bo‘lish jarayonlari natijasida tuproqqa 
o‘tib to‘planadi. 
Asosiy tuproq paydo qiluvchi ona jinslar. Turli omillar, jumladan o‘simlik 
va mikroorganizmlar ta’sirida mineral qismi o‘zgarib tuproqqa aylanayotgan 
g‘ovak holdagi tog‘ jinslariga tuproq paydo qiluvchi va ona jinslar deb ataladi. 
Ona jinslar tuproqning material asosi bo‘lib, tuproq paydo qiluvchi 
jinslarning mexanik, meneralogik va kimyoviy tarkibi va shuningdek fizik, 
kimyoviy , fizik-kimyoviy xossalari unda shakllanayotgan tuproqlarga bevosita
ta’sir etadi. Bu tarkibiy qismlar va xossalar keyinchalik tuproq paydo qiluvchi 
omillar ta’sirida asta-sekin turli darajada o‘zgarib boradi. 
Tuproq ona jinslari o‘zining kelib chiqishi, tarkibi tuzilishi va xossalari bilan 
bir-biridan keskin farq qiladi. Shuning uchun ham unda o‘sadigan o‘simliklar
hamda mikroorganizmlarning rivojlanishi va nihoyat tuproqning paydo bo‘lishi 
uchun bir xil sharoit mavjud bo‘lmaydi. Tuproqning sifat ko‘rsatkichlari, 
jumladan potensial unumdorligi darajasi va agronomik qimmati ko‘pincha ona 
jinslar xarakteri bilan bevosita bog‘liq. Tuproq paydo qiluvchi jinslar yerning 
qattiq qobig‘ini va litosferani tashkil etuvchi turli tog‘ jinslardan hosil bo‘ladi. 
Barcha tog‘ jinslari kelib chiqishiga ko‘ra : magmatik, cho‘kindi va metamorfik
gruppalarga ajratiladi. 
Hozirgi vaqtda magmatik va metamorfik jinslar yer yuzasi quriqlik qismiga 
juda kam chiqib turgan bo‘lib, ular qalin qavatli cho‘kindi jinslar bilan qoplangan. 
Turli tuproqlar Kaynazoy erasining oxirgi - to‘rtlamchi davr g‘ovak cho‘kindi 


22 
jinslaridan shakllangan. To‘rtlamchi davrga xos jinslar esa o‘zining g‘ovakligini 
yo‘qotib zich jinslarga aylangan. 
To‘rtlamchi davr cho‘kindi jinslari tub (magmatik va metamorfik) 
jinslarning nurashi va ular mahsulotlarining suv, shamol va muzliklar ta’sirida 
qayta yotqizilishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu jinslarning paydo bo‘lishi hozir ham 
davom etib kelmoqda. Cho‘kindi jinslar tub jinslardan farqlanib tuproq paydo 
bo‘lishi uchun qator qulay sharoitlarga, jumladan, g‘ovak qovushmasi, g‘ovakligi, 
suv o‘tkazuvchanligiga, nam saqlab turishi va singdirish qobilyatining yuqori 
bo‘lishi kabi xususiyatiga ega. Tuproqning ipaydo bo‘lishi tog‘ jinslarning nurashi 
va nurash mahsulotlarining olib ketilishi va qayta yotqizilishi bilan bog‘liq. 
Aytilganidek, to‘rtlamchi davr g‘ovak cho‘kindi jinslari asosiy tuproq 
paydo qiluvchi jinslar hisoblanadi. Ana shu jinslarda diyarli barcha hozirgi zamon 
tuproqlari shakllangan. Kelib chiqishi (genezis)ga va hosil bo‘lish sharoitlariga 
ko‘ra to‘rtlamchi davr cho‘kindilari turli tarkib, tuzilish, g‘ovakligi va har xil 
xossalari bilan xarakterlanadi. Bu o‘z navbatida tuproq paydo bo‘lish jarayonlarida 
va hosil bo‘ladigan tuproqlar unumdorligida aks etgan bo‘ladi. 
Barcha tuproq paydo qiluvchi yoki ona jinslar kelib chiqishiga ko‘ra 
quyidagi gruppalarga: elyuvial, delyuvial, elyuvial-delyuvial, kollyuvial, 
delyuvial- kollyuvial, solifyukatsion, delyuvial- solifyukatsion, allyuvial, ko‘l-
allayuvial, prolyuvial, allayuvial-prolyuvial, muz yotqiziqlari, flyuvioglyasial, 
dengiz, eol, agro-irrigasi yotqiziqlari va lyoss jinslariga bo‘linadi. 
Bu jinslar o‘zinig tashqi ko‘rinishi, belgilari, tuzilishi va shuningdek 
kimyoviy minerologik va mexanik tarkibi bilan farqlanadi. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling