O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Elyuvial jinslar va elyuviy-tub


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

Elyuvial jinslar va elyuviy-tub jinslar nurash maxsulotlarining nurash 
qobig‘ida, o‘z joyida qolib to‘planishidan hosil bo‘ladi. 
Delyuvial jinslar yoki delyuviy deb, nurash mahsulotlarining yomg‘ir va 
erigan qor suvlari ta’sirida qiyaliklarning quyi qismlari va tog‘ yonbag‘irlariga 
keltirib, to‘planishidan hosil bo‘ladigan yotqiziqlarga aytiladi. 


23 
Allyuvial yotqiziqlar yoki allyuviy-doimiy oqar suvlar-daryolar faoliyati 
bilan bog‘liq yotqiziqlardir. Toshqinlar natijasida daryo sohillari va daryo 
bo‘ylarida ko‘p to‘planadi. 
Allyuvial yotqiziqlar qatlamli ekanligi va yaxshi saralanganligi bilan 
xarakterli. 
Allyuvial 
yotqiziqlar uchun 
mineral donachalarning 
yaxshi 
yumoloqlanganligi xarakterli. Ular qadimgi va hozirgi zamon allyuvial jinslarga 
ajratiladi. 
Allyuvial yotqiziqlar Amudaryo. Sirdaryo, Qashqadaryo, Zarafshon
Surxondaryo, Chirchiq, Oxangaron, Murg‘ob, Tejen daryolari vodiylarida, sohil va
deltalarida keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pgina gidromorf tuproqlarning ona jinsi 
hisoblanadi. 
Prolyuvial yotqiziqlar yoki prolyuviy -tog‘li o‘lkalarda bahorda erigan qor 
suvlari va vaqtincha kuchli jala yog‘in suvlari-sel oqimlari natijasida hosil bo‘ladi. 
Prolyuviy yaxshi saralanmagan yirik parchali aralash jinslardan iborat. 
Prolyuviy O‘rta Osiyoning tog‘ vodiylarida (Farg‘ona, Zarafshon) va shuningdek, 
tog‘ oldi baland tekisliklarda keng tarqalgan. 
Muzlik yotqiziqlari yoki morenlar- muzliklar keltirib aralash holda 
yotqizlgan gil, qum, qirrali va silliqlangan shag‘al toshlardan iborat jinslardir. 
Flyuvioglyasial yoki muzlik suvlari yotqiziqlari -muz suvlarining kuchli 
oqimi bilan bog‘liq. Bu oqimlar o‘z yo‘lida uchragan morenlar va boshqa xil 
yotqiziqlar (jumladan, tub jinslar)ni yuvib ketib yotqizgan bo‘ladi. Muzliklar 
atrofida asosan yumoloqlangan yirik shag‘al va yirik qum, qumloqlar to‘planadi. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling