O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

Dengiz yotqiziqlari. Bu jinslar qadimgi dengiz o‘rnida va to‘rtlamchi 
davrda dengiz transgressiyasi va regressiyasi natijasida hosil bo‘lgan 
yotqiziqlardan iborat. Dengiz yotqiziqlari odatda qatlamli bo‘lishi, yaxshi 
saralanganligi va tuzlarni ko‘p saqlashi bilan xarakterlanadi. 
Eol yotqiziqlar- shamolning turli tog‘ jinslari zarrachalarni uchirib olib 
ketishi va yotqizishi natijasida hosil bo‘ladi. 
Shamol faoliyati, ayniqsa quruq iqlimli cho‘l zonasida kuchli bo‘lib qum 
barxanlari. Qum tepachalari, gryada qumlari va mo‘tadil iqlimli dengiz qirg‘oqlari 


24 
hamda daryo vodiylarida o‘ziga xos qum tepalari- dyunalar shaklidagi rel’eflar 
yuzaga keladi. 
Lyoss va lyossimon yotqiziqlar. Bularga lyuss va lyossimon qumoqlar 
kabi o‘ziga xos qator belgilari bilan ajralib turadigan to‘rtlamchi davr yotqiziqlari 
kiradi. Bu jinslar MDH-Evropa qismining janubiy va janubiy-sharqiy rayonlarida 
shimoliy Kavkaz va O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Lyoss va lyossli jinslarda tabiiy 
unumdorligi yuqori bo‘lgan bo‘z tuproqlar, qora, kashtan tuproqlar hosil bo‘ladi. 
O‘rta Osiyodagi to‘rtlamchi davr jinslari orasida agroirrigatsiya yotqiziqlari 
alohida o‘rin tutadi. Bu jinslarning hosil bo‘lishi sug‘orilib dehqonchilik 
qilinadigan sharoitda insonlar faoliyati bilan bevosita bog‘liq. 
Qadimdan sug‘orilib kelinayotgan (Zarafshon va Farg‘ona vodiysi, Xorazm, 
Murg‘ob va Tejen) vohalarida sug‘orish suvidagi loyqalarning o‘tirishidan, go‘ng, 
paxsa devorlari kabilar solingan maydonlarda 2-3 metrgacha qalinlikdagi 
yotqiziqlar hosil bo‘lgan va ularda o‘ziga xos voha tuproqlari shakllangan. 
 
2-BOB. DALA SHAROITIDA TUPROQLARNI O’RGANIB XARITAGA 
TUSHIRISHGA TAYYORGARLIK ISHLARINI TASHKIL QILISH.
 
 
2.1. Dala ishlarini o‘tkazishga tayyorgarlik 
Dala ishlariga tayyorgarlikning birinchi bosqichi quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi. 
Dala ishlarining sifati va tartibi o‘tishi unga tayyorgarlikning yaxshi bo‘lishiga
bog‘liq. 
Bu davrda quyidagi ishlar bajarlishi zarur. 
-Tuproqlarni xaritaga tushurishni lozim bo‘lgan hududning tuprog‘i va tuproq
hosil bo‘lish jarayoni haqida ma’lumotlar yig‘ish. 
-Dala tadqiqot ishlarini olib borish uchun kartografik asosnoma tayyorlash. 
-Tuproqni xaritaga tushurish ishlarida qo‘llaniladigan uslubiy qo‘llanmalar va
ko‘rsatmalar bilan tanishish, hudud tuproqlarining sistematik ro‘yxatini tuzish. 
-Dala sumkasini jihozlash. 


25 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling