27
xususiyatiga va tuziladigan tuproq xaritaning vazifasiga bog’liq xolda aloxida asbob -
uskunalar tanlab, tayyorlash shart
Tuproqlarni xaritaga tushirishda quyidagi asbob uskunalar qo’llaniladi:
- Kompas.
- Oddiy geologiya razvedka tizimidagi kompas.
- Brandis ekliometri yoki oddiy transportir qiyaliklarni nishabligining o’lchash
uchun.
- Kurvimetr xaritada masofani o’lchash uchun,
ayniqsa bu asbob yordamida
yo’llarni, qiyshiq-qing’ir yo’llarni, egri - bugri masofalarni o’lchash qulay;
- Vizer chizg’ich - xarita bilan ishlaganda yo’nalishni vizirlash va chiziz uchun,
tuproq kesmalarini biron joyga bog’lashni aniqlash uchun;
- Dala sirkuli xaritada masofani o’lchash uchun;
- Kompasli planshet lapkasi ko’z bilan chamalab xaritaga tushirish uchun;
har - xil binokl (durbin)
- Fotoapparat va rasmga tushirish uchun har - xil foto materiallar
- Tuproq kundaliklari etiketkalarni, xaritalarni, qalamlarni, xlorid kislotani, pichoq,
lupa, taxlanadigan metrni
va boshqa mayda narsalarni, tuproqni xaritaga tushirish
vaqtida kerakli narsalarni solib ko’tarib yurish uchun charmdan qilingan sumka.
-
Tuproq kesmalarini kovlash, parmalash va monolit olish maqsadlari uchun kerakli
asboblar: - belkuraklar, lomlar va kirkalar, tuproq burlari.
Amaliyotda har xil konstruktsiyadagi parmalardan foy dalanishga to’g’ri keladi.
Izmaylskiy, Malkov, Smertin, Rozatsov, Kachenskiy,
Negovelov va boshqa
parmalardan. Aytib o’tilgan parmalar o’zining qadr qimmatiga va kamchiliklariga
ega, Shuning uchun o’rganish
maqsadiga, tuproq - guruhlarini xarakteriga qarab u
yoki bu tuzilishdagi burlarni tanlash kerak. Parmalarni, pichoqlarii, belkurak, ketmon
va boshqa asbob uskunalarni qayrash uchun chegaralangan
sonda egovdan olish
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: