O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
-BOB. TUPROQ EKSPEDITSIYASINI TASHKIL QILISH
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq partiyasining taxminiy tarkibi
- Tuproq partiyasi boshlig‘ining vazifasi
3-BOB. TUPROQ EKSPEDITSIYASINI TASHKIL QILISH 3.1. Ekspeditsiyaning maqsadiga qarab uni jihozlash Dalada tuproq izlanishlarini o‘tkazish uchun tuproq, agrotuproq, tuproq- meliorativ partiyalari yoki otryadlar tuzilidi. Ularning struktura tuzilishi va shtatlari qo‘yilgan maqsadga, ish hajmiga bajarilish vaqtiga hamda tuproq izlanishlari qaysi tuproq hududida olib borilishiga qarab belgilanadi. Tuproq partiyasining taxminiy tarkibi Partiya guruhi boshlig‘i (katatuproqshunos)..............................1 Tuproqshunoslar.....................................................................3-5 Agronom.....................................................................................1 Yer tuzuvchi................................................................................1 Texnik tuproqshunos yoki amaliyotchi talabalar.....................3-5 Texnik xaritashunos....................................................................1 Kimyoviy analitik.....................................................................1-2 Ishchilar .................................................................................6-10 Katta hajmdagi ishlarni bajarish uchun bir necha tuproq partiyalari tuziladi va bu partiyalarning tarkibiga mutaxassis – meliorator (meliorativ va botqoqlarni 30 quritish ishlarini talab qiladigan yerlar katta maydonlarni egallaganda). Tuproq otryadi 6-7 ta tuproqshunosdan iborat: ulardan biri tuproq otryadi boshlig‘i, otryad tarkibida bitta agronom, texnik-tuproqshunos va boshqalar bo‘ladi (bajariladigan ishning xarakteri va hajmiga qarab). Tuproq partiyasi boshlig‘ining vazifasi: 1.Tuproq partiyasidagi tashkiliy va ilmiy ishlab chiqarish shuningdek, tuproqni dalada o‘rganish va xaritaga tushirish ishlariga rahbarlik qiladi va ishlarning o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga javob beradi. 2. Tuproq partiyasi boshlig‘i tuproqshunos ish rejasini tasdiqlaydi, tuproq partiyasidagi hamma mutaxassisilar ishini tashkil qilib turadi va tuproqni o‘rganish ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan har xil tashkiliy masalalarni viloyat, tuman, qishloq xo‘jalik tashkilotlari bilan kelishib hal qilib beradi. 3. Tuproq otryadi va tuproqni fizik xossalarini o‘rganuvchi otryadning ishlari ustidan nazorat qilib turadi va ulardan ish qabul qilib oladi. 4. Tuproq otryadlarining tuproq namunalarini tahlil qilish uchun tuzgan talabnomalarni tasdiqlaydi va umumiy talabnoma tuzadi. 5. Viloyat, tuman va xo‘jaliklarga topshiriladigan hamma ma’lumotlarga muallif bo‘ladi. 6. Tuproq partiyasining bajargan ishlari to‘g‘risida hisobot tuzadi va kerakli hujjatlarning to‘la rasmiylashtiradi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling